O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 395,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi395,73 Kb.
#260928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

sa shart mayli qo‘shimchasi -gan (- kan) sifatdosh yasovchisiga almashtiriladi 

hamda shaxs-son ma’nosini bildiruvchi tuslovchi tashlanadi. Shu holatda sodda 

gap kesimlilik belgisini yo‘qotadi va yaxlit leksema ma’nosini bildiruvchi so‘z 

ma’nosiga tenglashtiriladi. Bunday transformatsiyalash jarayonida tashlanadigan 



kim olmoshi, -sa shart mayli shakllari va shaxs-son ma’nolari transformant 

deyiladi. Bu jarayonda orttiriluvchi -gan sifatdosh yasovchisi va bosh kelishik 

shakli transformator deb ataladi. Shunday holatda ma’lum shakllarni tashlash va 

Ergash gap 

Bosh gap 

orttirish natijasida hosil bo‘lgan tuzilma transforma deb yuritiladi. Erta bahordan 



dalaga chiqib ter to‘kkan shakli transformaga teng. 

  

Hosil qilingan transformani shu holatda bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish 



olmoshi o‘rniga qo‘yamiz va qo‘shma gap sodda gapga aylanadi, shu jarayonda 

bosh va ergash gapni bog'lovchi vosita -ki yordamchisi ham tushiriladi: Erta 



bahordan dalaga chiqib ter to‘kkan kuzda mehnatining rohatini ko‘radi. Bu gap 

tarkibida sifatdosh yasovchisi otlashgan holda qo‘llanilgan. Lekin ba’zan 

otlashmagan holda ham qo‘llanilishi mumkin: Erta bahordan dalaga chiqib ter 

to‘kkan odam kuzda mehnatining rohatini ko‘radi tarzida. Ushbu gapda shaxs 

ma’nosini bildiruvchi so‘z – odam kiritilgan.Sodda gapda ham qo‘shma gap orqali 

ifodalangan mazmun mavjud bo‘ladi, lekin uslubiy hamda boshqa qo‘shimcha 

ma’nolar (ta’kid, alohidalash) yo‘qoldi. 



  

Kimki rostgo‘y bo‘lsa, и el orasida qadr topadi gapini transformatsiyalash 

jarayonida ham xuddi shunday holatlarga duch kelamiz. Bu qo‘shma gapda kimki 



rostgo‘y bo‘lsa gapi ergash gap, и el orasida qadr topadi gapi bosh gap 

hisoblanadi. Ushbu ergash gapli qo‘shma gap qolipi ham yuqoridagicha 

ifodalanadi: 

  

Avval ergash gapni birikma shakliga keltirib olishimiz zarur. Ergash gap 



tarkibidagi kimki ega bo‘lagi tashlanadi va bog‘lama tarkibidagi -sa shart mayli 

shakli -gan o‘tgan zamon sifatdoshiga almashtiriladi va mazmunan ifodalangan 

tuslovchi tashlanadi. Hosil qilingan transformani bosh kelishik shaklida bosh gap 

egasi - и ning o‘rniga qo‘yamiz, o‘z-o‘zidan bosh va ergash gapni bog‘lovchi 

vosita -ki ham tushiriladi, sifatdosh shakli otlashgan holatda qo‘llaniladi. Mana shu 

holatda ega ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga transformatsiya qilinadi: 

Ergash gap 

Bosh gap 



Rostgo‘y bo‘lgan (kishi) el orasida qadr topadi. 

  

Yuqorida ikki havola bo‘lakli ega ergash gapning sodda gapga 



transformatsiyalanishini kuzatdik. Endi bir havola bo‘lakli ega ergash gapning 

transformatsiya qilinishi haqida fikr yuritamiz. Shunisi qiziqki, uyquda ham miya 



o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. Shu narsa aniqki, tarixni yaxshi bilmagan odam 

oxiroqibatda qul sifatida kип kechiradi. Ushbu qo‘shma gaplarda bosh gap oldin, 


ergash gap keyin kelgan. Bu gaplarning qoliplari esa quyidagicha ifodalanadi. 

  

Birinchi gapda yuqoridagi transformatsiyalanish jarayonida bo‘lgani kabi 



ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi (havola bo‘lak) - shunisi 

bo‘lagi o‘rniga qo‘yish zarur. Buning uchun ergash gap kesimi tarkibidagi 

tuslovchi tashlanadi, zamon qo‘shimchasi harakat nomi (otdosh) yasovchisi 

maslik ka almashtiriladi. Otdosh (harakat nomi) shaklining bo‘lishsizlik shakli 

ishlatilishiga sabab kesim bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalamoqda, shuning uchun 

ham harakat nomi shaklining bo‘lishsiz shaklidan foydalaniladi. Lekin bu gapni 

faqatgina tashqi transformatsiyalash orqali, ya’ni kesim tarkibinigina o‘zgartirish 

bilan uni sintaktik bo‘lak tarzida qo‘llab bo‘lmaydi. Tashqi-ichki 

transformatsiyalash qoidalaridan kelib chiqib ega bo‘lak - miya tarkibida ham 

sintaktik o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Egani qaratqichli aniqlovchi holiga 

keltirishimiz uchun -ning qaratqich kelishigini qo‘shamiz, o‘z navbatida, kesim 

tarkibiga ham tuslovchi shaxs-soniga mos ravishda egalik qo‘shimchasi -i (III 

shaxs-birlik) qo‘shiladi. Shu tarzda quyidagicha transforma hosil qilinadi: Uyquda 




Download 395,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish