murakkab ega vazifasini bajaradi va sodda gap tahlilida bir bo‘lak deb qaraladi.
qo‘shimchasiga) almashtiriladi. Ega ham o‘z navbatida qaratqich kelishigi shakliga
ega bo‘ladi. Shu tarzda ergash gap o‘z gaplik xususiyatini yo‘qotib, birikmaga
boshqa o‘zgarishlar yuqoridagi gaplarda bo‘lgan o‘zgarishlar kabi bo‘ladi.
Shunisi
muhimki, biz bugun kitob o‘qiyapmiz. Bu qo‘shma gapda
shunisi muhimki qismi
bosh gap, biz bugun kitob o‘qiyapmiz qismi ergash gap sanaladi. Ushbu gapni
transformatsiya qilish uchun ergash gap kesimi tarkibidagi hozirgi zamon
yasovchisi hozirgi zamon sifatdosh yasovchisi -yotgan shakliga, tuslovchi (I shaxs,
ko‘plik shakli) – miz mos ravishda nisbatlovchiga (egalik affiksiga) – imiz ga
almashtiriladi va ega (biz) ga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qo‘shiladi. Natijada
ergash gapdan quyidagi transforma vujudga keladi: bizning kitob o‘qiyotganimiz.
Hosil bo‘lgan transformani bosh gap tarkibidagi eganing o‘rniga qo‘yamiz
hamda ergash gap va bosh gapni bog'lovchi vosita
-ki tashlanadi. Quyidagi sodda
gap vujudga keladi: Bizning kitob о'qiyotganimiz muhim.
Ba’zan transformaga -lik shakl yasovchisi qo‘shilib ishlatilishi ham
kuzatiladi. U holda gap quyidagicha shaklda bo‘ladi:
Bizning kitob
o‘qiyotganligimiz muhim.
Biz yuqorida ko‘rgan misollarning hammasida bosh gapning egasi aniq
ko‘rinib turibdi, ya’ni shaklan ifodalangan. Lekin har
doim ham bosh gap
tarkibidagi ega bo‘lak shaklan ifodalanavermasligi mumkin. U holda bosh gap
tarkibidagi ega bo‘lak shaklan ifodalanmasa ham, mazmunan borligini hisobga
olish zarur. Shuning uchun ham eganing mazmunan ifodalanganligidan foydalanib
egani shaklan tiklab olamiz. Keyin yuqoridagi gaplarni transformatsiya
qilganimizdek bu gapni ham parchalaymiz (transformatsiyalaymiz). Bizga ayonki,
vatanini sevmagan odam boshqa hech narsani seva olmaydi. Bu gap ham ega
ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. Bu qo‘shma gap tarkibidagi bizga ayonki
qismi bosh gap, vatanini sevmagan odam boshqa hech narsani seva olmaydi qismi
ergash gap hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, bosh gap tarkibidagi ega shaklan
ifodalanmagan. Biz dastlab egani tiklab olishimiz zarur. Mazmunan bir havola
bo‘lakli qo‘shma gap bo‘lganligi uchun ham –shunisi ko‘rsatish olmoshini
kiritishimiz mumkin. Natijada bizga shunisi ayonki shaklidagi gap hosil bo‘ladi.
Keyingi qiladigan ishimiz ergash gap tarkibida sintaktik o‘zgarishlarni
amalga oshirishdir. Ergash gap kesimi tarkibidagi zamon hosil qiluvchi
qo‘shimchasi kesim bo‘lishsizlik ma’nosini anglatayotgani uchun ham harakat
nomining bo‘lishsizlik shakli -maslik ka almashtiriladi va tuslovchi nisbatlovchiga
almashtiriladi. Kesimga nisbatlovchi shakli qo‘shilganligi uchun ega ham qaratqich
kelishigi shaklini oladi. Chunki gap tarkibidagi ega va kesim bo‘lak doimo
moslashuv yo‘li bilan bog‘langanligi uchun ega ham kesimga mos ravishda
qaratqich kelishigini olishi shart. Bosh va ergash gapni o‘zaro bog‘lovchi vosita -ki
ham tashlanadi. Demak, ergash gap tarkibidagi tashlangan qismlar – zamon,
tuslovchi, bo‘lishsizlik shakllari hamda bosh gap tarkibidan tashlangan -ki
bog‘lovchi vositalari transformant hisoblansa, sintaktik bo‘lakni shakllantirish
uchun orttirilgan harakat nomi (otdosh shakli), nisbatlovchi (egalik shakli),
qaratqich kelishigi shakllari transformator hisoblanadi. Mana shu jarayonlar
natijasida hosil qilingan birlikka transforma deyiladi: vatanini sevmagan odamning
boshqa hech narsani seva olmasligi.
Hosil qilingan transformani bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga
qo‘yamiz. Shu tarzda qo‘shma gap sodda gapga aylantiriladi:
Bizga vatanini
sevmagan odamning boshqa hech narsani seva olmasligi ayon tarzida. Xulosa
qilib aytganda, ega ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gapga transformatsiya
qilinadi hamda qo‘shma gapda ifodalangan asosiy fikrga putur yetmaydi.
Faqatgina qo‘shma gap orqali ifodalangan uslubiy ma’no yo‘qoladi.
Qo‘shma gaplar ko‘proq kitobiy uslubga xos bo‘lib, so‘zlashuv nutqida
ishlatilishi
chegaralangan. Sodda gaplar esa uslubiy betaraf (neytral), ya’ni ma’lum uslub
doirasida chegaralanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: