O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Besh olamdagi jonzotlar uchun о ‘z tanasining shu tariqa shodligi-



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Besh olamdagi jonzotlar uchun о ‘z tanasining shu tariqa shodligi-
ni, xursandchiligini, oziq-ovqatini, qu rol-yarog‘ini (ko'zda) tutmaydi-
lar, jonlarini, boshlarinifido qilib, hayotini berib, sabr qilib, chidaydilar.
Shu tariqa bo ‘distavlar bu singari (voqealar) bo ‘lishini biladilar, о ‘zlari
tinch, shod bo ‘ladigan sabablar orqali ham eng (qattiq) azoblam i tus-
hunib yetadilar. jon zot bezovtalansa, azoblansa, и tinchlikni, xursand-
chilikni istamaydi. (Ular) o'zlarining tanalarini fid o qilib, boshqalar
(esa bundan) ezgulik, xursandchilik topadigan b o ‘Isa, tanalarini, hayot-
larini ayamaydilar. Shunday qilib, bu taxlitda bo ‘disatvlar о 'zlarining
tinchligini, shodligini tilamaydilar, tanalarini, hayotlarini ayamaydilar,
shu bilan о ‘zidan yuqori turadiganlaming qo ‘rquv, azoblarini, о ‘zidan
quyidagilaming xo ‘rliklarini, yomon niyatli dushmanlarning azob-uqu-
batga solishini (va shunga o'xshash) ko'p (azoblaming) turlariga sabr
qiladilar, bardosh beradilar. Shudir о ‘zlarining tinchligini, xursandchi­
ligini istamasdan, tanalarini, jonlarini ayamaslikka ishonib, sabr qilmoq
fazilatiga erishmoq (degani)” (IV 14a).
Zervan, Xo‘rmuzd, ulaming atrofiga yig‘ilgan barcha tangrilar in- 
soniyatning xaloskori, muhofaza etuvchisi bo‘lish bilan birga, “oltun 
nur”ni - buddaviylik aqidalarini yoyuvchilardir. Bu nurga itoat etib, 
uning yo‘l-yo‘rig‘idan yuradigan yurtning xalqi, podshohi katta manfaat 
topadi. Ular faqat ruhiy madad olib qolmay, bu olamda insoniyat xotir- 
jamligi uchun zarur bo‘lgan ko‘p narsalarga erishadilar. “birinchidan, 
sog‘-salomat, xavf-xatarsiz bo‘ladi, ikkinchidan, umri uzun bo‘ladi, 
uchinchidan, lashkarining kuch-qudrati oshib ko‘payadi, dushmanla- 
ri bo‘lmaydi, to‘rtinchidan, el-ulus shod-xurram, to‘g‘ri, qonun-qoida 
bo‘yicha yashaydi” (III, 33 a,b).
99


Bu - va’da emas, balki amalga oshishi mumkin bo‘lgan haqiqat- 
dir. Qolaversa, haqiqat faqat shundan iborat emas. Burxonning o‘gitlari, 
Zervanga, Xo‘rmuzdga va tangrilar orqali bergan o‘giti yurtni, inson­
lami ma’naviy tomondan sog'lom qiladi, molparastlik illatidan xalos 
qiladi, illatlardan xalos bo‘lishning mahsuli sifatida insonlar bir-birlari- 
ga mehr-oqibatli bo‘ladilar. Hukmdorga o‘zining xalqi, atrofdagi dush- 
manlar ham sovg‘a-salom keltirib, do‘st tutinadigan bo‘ladilar, buning 
natijasi o‘laroq shon-shuhratga erishadilar, o'zligini namoyon qiladilar, 
hammaning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladilar. Podshohdan tortib xal- 
qigacha uzoq umr ko‘radilar, tinch-omon yashaydilar (111 35 a,b - 36
a,b).
Zervan, Xo‘rmuzd va to‘rt maxaranch tangrilari, xuddi ertak, epos 
qahramonlari singari, insoniyatni baxt-saodatga eltuvchi qudratli kuch 
bo‘lishlari bilan birga, ulaming dushmanlarini, ezgulikka qarshi kuchlar- 
ni tumtaraqay qochiradilar. Zotan, azaldan -yaratilish davridanberi Zer­
van bilan Xo‘rmuzdning vazifasi shunday bo‘lgan edi. “Xuastuanift”ning 
boshlanishidagi Xo‘rmuzd bilan Zervanga oid voqealar ham buning da­
lilidir. Ayni paytda ular insoniyat qalbidan joy olib, “bahodirlik, mer- 
ganlik, fazilat, mahorat, bilimni ulaming ko'ngillariga jo qilish“ uchun 
burxonga va’da beradilar. Bu fazilatlar faqat mhiy ma’noda emas, balki 
jisman inson qalbida jo bo'lishi lozim. Ellaming hukmdorlaridan tortib 
xalqigacha jismonan sog‘-salomat yashashining asosiy sharti - burxon 
bergan to‘g‘ri qonun-qoidalar, qonunlar tarkibidagi yorliqlardir. Insoni­
yat yo‘lidagi azob-uqubatlami bartaraf qilish, shuningdek, axloqni jami­
yatning sog‘lomligi uchun asosiy shart qilib qo‘yish, donolik, mushoha- 
da orqali ruhiy yetuklikka olib borishning pirovard maqsadi - nokomil 
bu olamni komillikka yetkalashdir. Inson hech qachon azob-uqubatdan, 
keksayishdan, xastalik va o‘limdan xoli bo‘la olmagan. Buning imkoni 
ham yo‘q, zotan, hayot shunday qurilgan. “Oltun yorug‘”ning yana bir 
maqsadi - insoniyat azobni tushunsin, uni bartaraf etish yo'lni anglasin.
“Oltin 
yorug‘”da 
buddaviylik 
falsafasi, 
yuqorida 
ко‘rib 
o‘tganimizday, axloqiy-ta’limiy qarashlar asosiga qurilgan. Umuman 
olganda, bu falsafa insoniyatni kamtarlikka, xokisorlikka undaydi, in­
sonlar mol-dunyoning o‘tkinchi, arzimas ekanini his qilishlariga un­
daydi, jonzotlarga, insonlarga bo‘lgan sevgisi bo‘yicha mol-dunyosini, 
issiq jonini azobga duchor qilishga da’vat qiladi. Ayniqsa, ustozlarga, 
ulug‘larga, ota-onaga hurmat asarda alohida o‘rin egallaydi. Bu axlo-
100


qiy muammolarga “Oltin yorug‘”da alohida e’tibor berilishi bejiz emas. 
Chunki insoniyat har doim gunoh qilishga moyil, “порок insonlar 
olami”da insonlaming qilmishlari ko'p.
Asarda uch qimmatbaho xazina tushunchasiga alohida e’tibor qara- 
tilgan. Bu uch xazina quyidagilardan iborat: 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish