“Oltnn yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi.
Afsonalar “Oltun
yorug‘”ning badiiyatidan dalolat berib, Sharqdagi barcha diniy-falsafiy
asarlar singari, keng omma tomonidan badiiy asar sifatida ham qabul
qilingan. Asardagi “Ku tau” va “Shahzoda va Bars”, “Udaqatati tabib va
uning o‘g ‘li” haqidagi bir qator afsonalar, asarning hikoya qilinish usuli,
muloqot shakllarining o‘ziga xosligi “Oltun yorug‘”ni badiiy asar sifati
da e’tirof etishga imkon beradi. Bu afsonalar komillik yo‘l-yo‘riqlarini
ko‘rsatadi, shu yo‘lga da’vat etadi. Zotan, asaming boshidan-oxirigac-
92
ha ko‘tarilgan masalalar, aqidalar, g‘oyalar komillikka da’vat etadigan
omillardir. Har uchala afsonada ham buddaviylikning ilk bosqichidagi
komillikka erishish yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. “Ku tau afsonasi”da
Ku tau obrazi orqali jamiki insoniyatga manfaat keltiradigan ezgu ish -
“Oltun yorug‘” asarini ko‘chirtirish hatto jismoniy o‘lim va xastaliklar-
ning ham oldini oladigan bir omil sifatida talqin qilinadi.
Afsonada hikoya qilinishicha, no‘m keng tarqalmagan vaqtda Inc-
hyu nomli shaharda chang qabilasidan Ku tau degan bir odam shahar
begi edi. U shahar begi bo‘lib turganda, ko‘p jonzotlami qurbon qildi.
Vaqti kelib, qizining to‘y bo‘lganda, sigir, qo‘y, to‘ng‘iz, g‘oz, o‘rdak,
tovuq kabi ko‘plab jonzotlami so‘yib, katta ziyofat berdi. Oradan o‘n
kun o‘tmasdan o‘sha bek og'ir xastalikka yo‘liqib, gap-so‘zdan qolib,
tutqanoq kasaliga yo'liqdi va olamdan o‘tdi. 0 ‘lgandan keyin butun
a’zolari sovib, faqat yolg‘iz yuragi sirtida bir parcha eti sovimay qol
di. Buni ko‘rib, xonadonidagi odamlar qattiq yig‘i-sig‘i qilib murdani
ko‘mishga olib bormasdan, uch kunni o‘tkazdilar. To‘rtinchi kun tong
saharda ular kuyib-yonib turganlarida, o‘sha bek tirilib, o‘midan turib
keldi, yuqoriga o‘tirib, ovqat, ichimlik so‘radi. Bu ahvoldan bekning qa-
rindosh-urug‘lari, bir qancha odamlar vahimaga tushib, nariroq qoch-
dilar. Ulaming qochib borayotganini bek ko‘rib, ovoz berdi va shunday
dedi: “Qaytinglar, yaxshilarim, men tirilganimga sizlar nima uchun
darrov qochib ketyapsizlar? Qo‘rqmanglar, men endi sizlarga tirilishim
sababini aytib berayin, burxanlar no‘mining turlichaligini endi eshiting-
lar”. U shunday deya so‘zlab berdi: “Kasai bo‘lganimda, eng aw al men
ga to‘rtta shayton yaqin keldi. Bittasi yo‘g‘on qamchi tutgan, ikkinchisi
arqon tutgan, uchinchisi qop tutgan, to‘rtinchisi ko‘k to‘nli, ot mingan
bek ekan. Bu to‘rt iblis meni bir uy darvozasiga olib borganlaridan keyin,
o'sha ko‘k to‘nli bek otdan tushib, meni chaqirdi. Men u bekning oldiga
borganimda, u qo‘ynidan bir bitigni chiqarib, menga o‘qitdi. 0 ‘qisam,
bu bitigda o‘sha kungi bizning ziyofatda o‘ldirilgan sigir, qo‘y, to‘ng‘iz
kabi jonivorlaming so‘zi bitilgan ekan. Ulaming so‘zlari quyidagicha
ekan: “Biz, hamma hayvonlar, oldin insoniyat dunyosida qilgan yomon
qilmishlarimiz sababidan hayvonot olamida tug‘ilgan edik. Qarzimizni
to‘laydigan, burchimizni o‘taydigan yil, oy vaqt miqdorini tugatsak edi,
unda qiyofamizni o'zgartirib, insoniyat dunyosida tug‘iladigan bo‘lar
edik. Shunday qilib, hayvonot olamidan ayrilib, qutiladigan vaqtimiz,
kunimiz tugamasdan, Inchyu shahridagi chang qabilalik Ku tau degan
93
bek bizni o‘ldirdi. Shuning uchun hammamiz qaytadan yana hayvonot
dunyosida tug‘iladigan burchdan, azob-uqubatdan shikastlandik. Bun
day azob-uqubatdan shikastlangan zamonda bizning bu qayg‘ularimizni,
azob-uqubatlarimizni ochiqchasiga tushuntirib so‘zlab beradigan da-
rajada madorimiz yo‘q edi. Qanday qilib yana qarshilik qilishga, bar-
dosh berishga kuchimiz bo‘lsin?! Bu qayg‘umizni endi yaratgan Tangri
o‘ngarsin”, deb iltijo qildilar. Shuning uchun biz seni olib ketgani keldik.
Bu xabar bitigda bor”. Bu so‘zlami bitigdan men oxirigacha o‘qib bitir-
dim. Keyin o‘sha ko‘k to‘nli bek: “Ushlanglar uni!” deb baqirgan edi,
uchala iblis menga yaqin keldi, bittasi arqon bilan bo‘ynimni bo‘g‘di,
bittasi qopga meni soldi, bittasi yo‘g‘on qamchi bilan boshimga urdi,
ikkala qo'limni qayirib, Bopso‘qa tog‘i tomonga olib bordilar. Yo‘l
o‘rtasiga borganda, o‘sha meni olib borayotgan iblislar menga shunday
dedilar: “Ey inson, sen shuncha-shuncha hayvonlarni o'ldirding. 0 ‘sha
sen umrlariga zomin bo‘lganlar maktubi sababidan seni olib ketgani kel
dik. Sen buni bilishing kerak”, deb aytdilar. Bu so‘zni eshitib, men ularga
shunday dedim: “Ey yaxshilarim, tangrilarim! Agar men u paytda inson-
laming bu dunyolik ko‘zi o ‘ngida yomon ish qilganimni ko‘rib-bilgan
bo‘lsam, bular Yamaning3s-boyligidir. 0 ‘sha yomon ishlaming hozirgi-
day og‘ir natija va oqibatlarini bilmagan edim. Mendan boshqa qanc-
ha-qancha odamlar son-sanoqsiz jonzotlami o‘ldirganlarini ko‘rdim.
Ammo o‘sha kishilaming ochiq-oydin tushiga kirgan narsalarga yaxshi
e’tibor bermagan edim. Shuning uchun ikki orada yana hozirgiday tilim
bog‘lanib, o‘lim azobiga duchor bo‘ldim. Qanday amal-chorasini qil-
sam, qaytadan tirik jon bo‘la olaman? Bilmasdan yanglishib, xato qilib
yovuz qilmishim uchun o‘zim pushaymon bo‘lyapman, qattiq azob tort-
yapman. Endi nima qilayin?” deb so‘radim. Shu gaplami aytganimdan
keyin o‘sha iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson! Sen issiq jonini
olganlardan o‘ttizdan ortig‘i - bog‘langan, ushlangan jonzotlar qudratli
Erklig xonning-qarshisida dushmanlarcha ko‘zini chaqchaytirib, o‘sha
ko‘zlarini tikib, seni kutib turibdilar. U yerga borganingda, Erklig xon
juda qattiq qiynab o‘ldirilganlaming qattiq qonuni bo'yicha hukm qiladi,
35 Yama
sanskr. -
murdalar shohligining hukmdori, Y ama dastlab о ‘ ladigan deb tasaw ur qilingan
b o ‘lishi mumkin. “Rigveda”dagi Yama va uning egizak singlisi Yamiga bag'ishlangan madhiyaga
k o ‘ra, Yama “o'lganlardan birinchisi”dir. Shu tariqa u boshqalaming о ‘Iishi uchun yo‘I ochib
bergan. Buddaviylikdagi diniy-mifologik tasaw urlarga ko‘ra, jonzotlar o ‘lgandan keyin Yamaning
oldida hozir b o ‘lishlari lozim, o‘lgan mavjudotlaming jannatga loyiq yoki noloyiqligini Yama hal
qiladi.
94
u yerdagi og‘ir azoblardan qutulmagaysan”, deya so‘zladilar. Bu so'zni
eshitganimdan keyin men yanada qattiq qo‘rqdim, azoblarim ortdi. Ular
har tarafga alanglab, meni pastga tushirib, oldinga tortib, keyinga tortib,
urib-so‘kib, yana bekning huzuriga qattiq shoshiltirdilar. Shundan ke
yin men yana ularga yolvorib, shunday dedim: “Ey yaxshilarim, o‘ylab
qarasam, azoblarimdan aslo qutulmoqlik yo‘q. Endi sizlardan o ‘tinib
so‘rayman, yolvoraman: o‘zim o ‘ldirganlaming qo‘liga tushgach, ular
meni Erklig xon oldiga so‘roqqa olib borganlarida, men nima qilay?
Shuni menga aytinglar”, deb so‘ragan edim, ular menga shunday dedi-
lar: “Ey inson! Agar o‘sha o‘zing о‘ldirgan jonzotlar uchun ko‘nglingda
o‘kinch paydo bo‘lsa, qanday bo‘lmasin, ko‘nglingni pok qilgin. Dunyo
ning umid-ishonchi komil, dono Tangri tangrisi burxon qonun qilib ber
gan “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun bo‘lgan no‘m
podshohi” nomli no‘m bitigini tugal, to‘liq bitishga xohish uyg‘otishni
chin dildan istasang, bu azoblaringdan xalos bo‘lar eding”, dedilar. Bu
so‘zni eshitishim bilanoq, men birinchilaming birinchisi bo‘lib yetti toza
ko‘nglim bilan о‘sha jonzotlami o‘ldirgan yovuz qilmishim uchun tavba
qildim, dadillanib, yovuzlikni tashladim, toza sodiq ko‘ngil bilan turib,
so‘ngra “Oltin rangli, yorug1, yaltiroq, hamma narsadan ustun boigan
no‘m podshohi” nomli no‘m xazinani to‘liq, tugal bitishga ko‘nglimni
chog‘ladim.
Buddaviylik paydo bo‘lmasdan ilgarigi braxmanizm e’tiqodi va
udumlariga ko‘ra, xudolarga jonzotlar qurbonlik qilinavergan, bu davr
da hali buddaviylik aqidalari yaratilmagan va hayotga tatbiq qilinmagan
edi. Ku tay hali buddaviylik aqidalaridan bexabar, braxmanizm aqidalari
bo'yicha hayvonlar va parrandalami qurbon qilgani uchun, ular braxma-
nizmdan nirvonga yetisha olmagan. Shundan keyin Erlik xonga shiko
yat qilganlar. Ku tay maxayana mazhabiga asoslangan “Oltun yorug‘”ni
ko‘chirtirishga va targ‘ib qilishga va’da berishi bilanoq “o‘likdan tiril-
di”. Bu degani - Ku tay nirvonga yetishib, “qayta tug‘ildi” demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |