O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Savol va topshiriqlar
1. Buddaviylik tarixi haqida qisqacha maTumot bering.
2. “Oltun yorug"’ asarining tuzilishi, yuzaga kelish tarixi haqida 
qisqacha so‘zlab bering.
3. Maxayana mazhabining ta’limoti nimalami o‘z ichiga oladi?
4. “Oltun yomg‘”da no'mning qanday turlari bor?
5. “Oltun yorug‘”da “Ku tau” afsonasida qanday masalalar 
ko‘tarilgan?
102


6. “Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” afsonasida-chi?
7. “Shahzoda va bars” afsonasida ilgari surilgan aqidani sharhlab 
bering.
8. “Oltun yorug‘” o ‘gitlari insoniyatni nimalarga da’vat qiladi?
9. “Oltun yorug‘”da “uch qimmatbaho xazina” qaysi ta’limotni 
qamrab oladi?
10. “Oltun yorug‘”da “uch zahar” qanday ta’limotni o‘z ichiga ola­
di?
11. “Oltun yorug‘”da qanday axloqiy-ta’limiy masalalar ilgari su- 
riladi?
12. “Oltun yorug‘”da komil insonga xos sifatlarga ta’rif bering.


Maytri smit (Moyto‘ra bilan uchrashuv)
Reja:
1. “Maytri smit” asari haqida umumiy ma’lumot.
2. Maytri smit”ning bag‘ishlov mundarijasi.
3. “Maytri smit”ning nusxalari va tarijmasi haqidagi bahslar.
4. “Maytri smit”ning tarjimoni haqida.
5. “Maytri smit” va xtinayana mazhabi.
6. “Maytri smit”ning “Yukunch” bo‘limi.
7. Bitrinchi pardaning mazmuni.
8. Ikkinchi pardaning mazmuni.
9. Uchinchi pardaning mazmuni.
Tayanch so‘z va iboralar: 
turkiy qavmlar, buddaviylik, pesa, dra­
ma, adabiy tur, uyg ‘ur-turk yozuvi, an 'anaviy obraz, turkiy afsonalar,
bag ‘ishlov.
1. 
“Maytri smit” asari haqida umumiy ma’lumot. 
Buddaviylikni 
turkiy qavmlar orasida targ'ib qilish, buddaviylik adabiyotini rivojlanti- 
rishning samarali yo‘llaridan biri turli janrdagi asarlami qadimgi turk- 
chaga taijima qilish edi. Shu maqsadda “Maytri smit” (“Moyto‘ra bilan 
uchrashuv”) dramatik dostoni o‘z davrida taijima qilindi. Bu asaming 
eski uyg‘ur-turk yozuvidagi qo‘lyozmasi 27 pardadan iborat bo‘lib, sah- 
nada ijro qilish uchun mo‘ljallangan asardir. Dramaning bosh qahramoni 
Tangri burxon va uning sodiq hamrohi hamda shogirdi Maytridir.
Maytri obrazi qadimgi turkiy afsonalarda bor. Jumladan, “Olamning 
paydo boTishi” haqidagi afsonada Moyto‘ra eng faol obrazlardan biri- 
dir36 “Maytri smit” 37 pardadan tashkil topgan katta hajmli sahna asari- 
dir. Buddaviylik yozma yodgorliklari orasida bu asar turkiy tildagi eng 
qadimgi yozma yodgorlik deb e’tirof etiladi. Bu dramatik doston shaklan 
mukammal, badiiy yetuk, obrazlari jonli, tili ravon. Dramada buddaviy­
lik oqimining najoktor shohi - kelajakdagi burxon Maytrining hayot tar- 
zi, faoliyati asosiy o‘rin egallaydi. Umuman, Maytri turkiy qavmlarga 
begona emasligi, an’anaviy obraz sifatida turkiy afsonalarda yashab kel- 
gani ma’lum bo‘ladi. Shu boisdan bu asaming qadimgi turkchaga tarjima
36Qarang: 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. Tuzuvchilar filol.f.d. N.Rahmonov, 
H.Boltaboev. 1-jild, Toshkent, «Fan» nashriyoti, 2003, 13-14-betlar.
104


qilingani ham tabiiy holatdir.
“Maytri smit” qo‘lyozmasining topilishi tarixi qiziq tasodif bilan 
bog'liq. Asaming mazkur qo‘lyozmasi Qumul nusxasi deb yuritiladi. 
Bu nusxa 1959-yili Xitoy Xalq Respublikasining Uyg‘ur avtonom res- 
publikasi Qumul tumanidan Qorg‘ayliq adiridan topilgan. Qo‘lyozmani 
Bahyor ismli bir chorvador mol boqib yurib topib olgan. Asaming 
qo‘lyozmasi kigizga o‘ralib, toshlar orasiga bostirib berkitib qo‘yilgan 
ekan.
Shu yili Qumul tumani mas’ullari uyg‘ur avtonom tumanidagi Shin- 
jon tarix muzeyiga bu qimmatli yozma manbani topshirdilar. Hozirda 
saqlanayotgan mazkur qo‘lyozma jami 293 varaqdan iborat. Varaqlar 
hajmi 47,5x21,7 santimetr hajmida. Qog‘ozi qoramtir sariq rangli, qa- 
lin. Har bir sahifaning ustida va ostida bo‘sh joylar qoldirilgan va in- 
gichka chiziqlar ustiga qora siyoh bilan chipdan o‘nga qarata tik shaklda 
eski uyg‘urcha xat chiroyli qilib yozilgan. Har bir sahifada 30-31- qator 
yozuv bor. Ba’zi bo‘limlaming boshiga voqyelik o ‘mini ko'rsatuvchi 
jumlalar qizil siyohda berilgan. Har bir varaqning old beti chap tarafiga 
kichikroq qilib qaysi bo‘limning nechanchi varag‘i ekanligi ham alohida 
yozilgan. Bundan tashqari, har bir sahifaning 7-qatoridan 10-qatorigacha 
bo'lgan oraliq o'rtasiga diametri 4-6 santimetr keladigan ingichka doira 
chizilgan va doiraning ichiga kitob haqidagi qisqa ma’lumot berilgan.
“Maytri smit”ning mazkur nusxasining 193 varag'i ichida 110 
varag'i yaxshi saqlangan, qolgan varaqlari zararlangan. Buning ustiga, 
ba’zi bo'limlaming boshi va oxiridagi varaqlari, shuningdek, bir qanc- 
ha bo'limlaming oraliqdagi varaqlari yo‘q. Yana 26, 27-bo ‘limlaming 
(ya’ni pardalaming) o‘mi ham yo‘q. Ba’zi bo'limlaming bir necha va­
raqlari qolgan. Shunga qaraganda, bu nusxa tosh ostida uzoq yillar yotib, 
ayrim varaqlari chirib ketmasidan avvalroq, ba’zi varaqlari yo'qolganga 
o'xshaydi.
“’’Maytri smit”ning Qumul nusxasi Kuchu uyg‘ur xonligi (milodiy 
9-13 asrlar)ning yuqori lavozimdagi amaldori Chu Tash Yigan tomoni­
dan xonlikning dastlabki yillarida ko'chirtirilgan.
“M aytri smit”ning bag‘ishlov mundarijasi. Asar 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish