O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

keksalik, azob-uqu-
bat
va 
o'lim
edi. To‘rtinchi marta saroydan tashqari chiqib, qashshoq 
rohibga duch keldi. Rohibning xotirjam va shod ekanini ko‘rib, zaminiy 
yovuzliklarga qarshi dori-darmonni topdi. Yarim tundan uyg‘onib, yoni- 
da 
yotgan malikalaming horg‘in tanasiga nazar tashladi va yana butun za- 
minning og‘ir yukini anglab yetdi. 0 ‘sha zohoti Siddaxartxa saroyni tark 
etib, 
saroyidan butunlay chiqib ketdi va zohidona hayot kechira boshladi, 
ismini Gautama deb o‘zgartirdi. Ikki muallim rahbarligida falsafani va 
yog texnikasini o‘rgandi, beshta shogirdi bilan o‘z tanasini azoblashni 
mashq 
qildi. yetti yil davomida u azob-uqubat bilan ter to‘kib, kohin 
hraxmanlaming muqaddas kitoblarini o‘qidi. Ammo maqsadga erishlo- 
may 
va bu singari riyozat chekishning behudaligini tushunib yetdi. Endi 
U guruch bilan oziqlana boshladi, Siddxartxaning zaiflashib borayotgani- 
dan 
xafa bo‘lgan shogirdlari uni tark etdilar. Shundan keyin Shakyamu- 
ni (Shakya shohligidan kelgan zohid) anjir daraxti ostiga o‘mashib oldi 
va 
“Menda “ong tiniqlashuvi” yuz bermaguncha joyimdan qimirlamay- 
man”, 
deb qaror qildi. U 0 ‘lim va Yovuzlik ilohi Maraning siquvlariga 
va 
tazyiqlariga bardosh berdi. Ertasiga tong payti Mara ustidan g‘alaba 
qilib, 
Buddaga aylandi va “to‘rt oliyjanob haqiqat”ni anglab yetdi. Shu 
tariqa u “to‘rt oliy haqiqat”ning sohibi bo‘ldi. Ilgari uni tark etib ketgan 
beshta shogirdiga Banoras shahrida ana shu haqiqatni va’z qila boshladi.
Buddaviylikda “to‘rt oliy haqiqat”. Birinchi oliy haqiqat shundan 
iboratki, hamma narsa Azobdir: tug‘ilish - azob, o‘lim - azob, xastalik
- azob, jamiki beqaror narsalar - azob. Ikkinchi haqiqat shuki, azob-
83


ning sababi shahvatdir. Uchinchisi - shahvatdan xalos bo‘lish azoblar- 
dan xalos bo'lishga olib boradi. To‘rtinchisi - haqiqat azoblardan xa­
los bo‘lishga olib boradigan sakkizta yo‘l yoki 0 ‘rta Yo‘lni ko‘rsatadi. 
Bular - Fikrlash, Tafakkur, Kalom, Faoliyat, Hayot tarzi, Tirishqoqlik, 
Diqqat-E’tibor, Mushohada. To‘rtala haqiqat Buddaning insoniyatga 
yo‘llagan chinakam maktubini aks ettiradi.
Budda Banoras shahrida birinchi marta va’z aytgandan keyin, yan­
gi imonga yuz burgan jamoat braxmanlar, shohlar va zohidlar hisobiga 
to‘lib boraverdi. Ongi tiniqlashganning - Buddaning fikricha, ulaming 
ko‘pchiligi ortiqcha edi, shuning uchun ibodatxonaga ayollar kirishiga 
ham ijozat berdi. Shu tariqa Buddaning jamoati mukammallashib bora­
verdi. E’tiqodi chinakam bo‘lmaganlami nazarda tutib, Qonunning inqi- 
rozga yuz tutishi haqida bashorat qildi. Bu 
darma
deyiladi.
Budda sakson yoshida vafot etgan. U o‘limi oldidan odamlarga 
shunday degan ekan: “Ey odamlar! Hamma yaratilgan narsalar buzilish- 
ga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha o‘sha narsalami qutqarishga 
intiling”. Buddaning bu o‘gitidan shu narsa anglashiladiki, buzilishga 
yoki aynishga mahkum bo‘lgan jonzotlar qayta tug‘ilganlaridan keyin, 
buzilish yoki aynish ulaming awalgi olamida qolib ketadi.
Buddaning yo‘li - “Men”ning hech narsaga aylanishi yo‘lidir, atrof 
olam hodisalarining hech narsaga aylanishidir. Budda qilgan va’zlarida 
shunday degan ekan: “Olam abadiy va olam abadiy emas, olamning ni- 
hoyasi bor va olamning nihoyasi yo‘q, ruh va tana birdir, ruh va tana bir 
emasdir, arxat (valiy) o‘limdan keyin yashaydi va arxat o‘limdan keyin 
yashamaydi, u mavjud va mavjud emas...” Rohiblardan biri buni tus- 
huntirib berishni Buddadan so‘raganda, u shunday javob olgan: “Bu qu­
yidagi hodisaga o‘xshaydi: zaharlangan o‘qdan yarador bo‘lgan odam­
ga do‘stlari va qarindosh-urug'lari tabibni olib kelishga shoshilganda, 
yarador odam shunday deyayotganday bo‘ladi: “Meni kim yaraladi -

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish