O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

161


QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Reja:
1. Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatdagi mada­
niy muhit.
2. “Qutadg‘u bilig” yaratilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
3. “Qutadg'u bilig”ning manbalari. Asaming tarqalishi.
4. Asaming nusxalari, o‘rganilishi.
5. “Qutadg‘u bilig”ning tuzilishi, janr xususiyatlari.
6. Asarda 0 ‘zg‘urmish obrazi.
Tayanch so£z va iboralar: 
Qoraxoniylar sulolasi, elikxon, ram­
ziy obazlar, adolat, davlat, aql, qanoat, nizomnoma, hikmat, qasida,
qo ‘lyozma, uyg ‘ur-turk yozuvi, arab yozuvi, Qohira nusxasi, Vena nus­
xasi, Namangan nusxasi, janr, nasriy muqaddima, she ’riy muqaddima,
hamd, sano, n a’t, qo ‘shiq, kantilen.
Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatda madaniy
muhit. 
Qoraxoniylar sulolasining nomi haqida XX asr tarixchilari keng 
tarqalgan ikki unvon - qora xoqon va elik xon unvonlaridan deb biladi- 
lar. Sulolaning paydo bo‘lish tarixi bor. Milodiy 840-yili Uyg‘ur xoqon- 
ligi (davlatning etnik tarkibi chigil qabilasidan edi) qorluqlar yabg'usi, 
Isfijob hukmdori Bilga kul tomonidan tor mor etilgandan keyin, o‘zini 
hukmdor deb e’lon qildi va xoqon unvonini oldi. Bilga Kulning Qora 
degan laqabi bor edi. Qoraxoniylar degan sulola nomi shu odamning la- 
qabi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ni 
yozib tugatgandan keyin, uni Koshg‘ar hukmdori Bug‘roxonga olib bo­
radi (Bug‘roxonning to‘liq ismi 
Tabg'ach Bug‘ro Qora xoqon Abu Ali
Hasan ibn Sulaymon Arslon Qora xoqon).
Shunday qilib, Qoraxoniylvr 
sulolasining birinchi hukmdori Bilga Kuldir.
Qoraxoniylar sulolasini boshlab bergan va to sulola tarqalib ketgun- 
ga qadar boshqargan hukmdorlar va ulaming nasl-nasabi quyidagicha:
840-893 - Bilga Kul “Qora” xon, uning o‘g‘illari Qodir Arslon xon 
(Arslon - chigil qabilasining totemi);
893-920 - Bazir Arslon xon;
893-940 - 0 ‘g‘ulcha Arslon xon; u hukmronlik qilgan davrda Mo- 
varounnahrga bosqinchilikni yana avj oldiradi. Bu davrda Movaroun-
162


nahrda Somoniylar sulolasi mustahkamlana boshlaydi.
892-907 - Amir Ismoil ibn Ahmad Somoniy amirlikni mustahkam- 
lashga kirishadi. Shu munosabat bilan yettisuvga yurish boshlaydi va 
Isfijob hamda Taroz shaharlarini bosib oladi. Har ikkala shahar uzoq qa- 
maldan so‘ng, taslim bo‘ladi va aholi majburiy ravishda islomni qabul 
qiladi. Chigillar shimolga - Issiq ko‘lga tomon, xoqonning poytaxti esa 
Bolasog‘un shahriga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Shu paytda yana qor- 
luqlar qabilasining birlashmasi - yag‘mo qabilasi shu hududda joylashib 
oladi. Yag‘mo qabilasini tibetlar o‘z hududidan siqib chiqargan edi. Shu 
paytdan boshlab har ikkala qabilaning o‘zaro yaqinlashuvi boshlanadi. 
Bu birlashuv natijasida har ikki qabila Qoraxoniylar sulolasining asosi 
bo‘lib qoldi. Qoraxoniylaming to‘liq hukmronligi X asming 40-yillarida 
qaror topdi.
920-955 - Qoraxoniylar sulolasida islomning qabul qilinishida So- 
tuq Bug‘roxonning (Bug‘ro - tuya degan ma’noni bildirib, yag‘mo qabi­
lasining totemi edi) xizmati katta. U yag‘mo qabilasining yabg‘usi edi. 
932-yili u islomni qabul qiladi va ismini musulmoncha Abdulkarim deb 
o'zgartiradi. Usmonli muarrixlaridan Munajjim boshining xabar beris- 
hicha, Sotuq islomni qabul qilgan birinchi turkiy edi. (940- yildan so‘ng 
Sotuq o ‘z otasini o‘ldirish uchun fatvo oladi. Chamasi, otasi islomni qa­
bul qilishni istamagan.) Otasi o‘limidan so‘ng Sotuq Koshg‘arda taxtga 
o'tiradi va “xoqon” unvonini oladi, hukmdor sifatida o‘z huquqlarini 
ommaga e’lon qiladi.
956-958 - Sotuq (Abdulkarim) Bug‘ro xonning o‘g‘li hamda vo- 
risi Muso ibn Abdulkarim Bug‘roxon hukmronligi davrida hoqonlikda 
islomlashtirish boshlandi. Hukmdorga 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish