saralab olish
va
qiyoslash
yo‘lidan ketadi va buni quyida
gicha izohlaydi: “...mendan so'ralgan narsaga yetkazuvchi vositalaming
eng muhimi -
qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, о ‘tmish avlodlar
to ‘g ‘risidagi xabarlarni bilishdir (ta ’kid bizniki
- N.R.j, chunki bular-
ning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ulaming rasmu rusum va qo-
idalaridan iboratdir. Aqliy [narsalardan] dalil keltirish, kuzatilgan [nar-
salarga] qiyos qilish yo‘li bilan u xabarlami bilib bo'lmaydi. Buni faqat
“kitob ahllari” (iudaizmga va xristianlikka, zardushtiylikka e’tiqod qi
luvchilar-N.R.) va turli din arboblariga, shu [e’tiqodlarga] amal qiluvchi
har bir maslak va ishonch egalariga ergashish, ulaming tushunchalarini
hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik kishilaming
tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga im
kon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ulaming isbot
uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilina
di. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi
156
yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng
kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib zo‘r mashaqqat cheksak ham,
o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz” (Beruniy. Yuqo
ridagi asar, 40-b.).
Darvoqe, Beruniy aytgan “yomon axloq”, “haqiqatni ko‘rishga im-
kon bermaydigan” narsalar nimalardan iborat? Bular, shubhasiz, inson-
ning o‘jar xulqi, kaltabinligi, faqat o‘z bilganlariga suyanib qolish, bosh-
qalarning fikr-qarashlari, ayniqsa, ishonchli manbalar7 mensimaslikdir.
Beruniy suyangan tamoyillardan biri manbadir. Beruniy bu о‘rinda
islom manbalari bilan birga, “kitob ahllari”ning, turli din arboblarining
so‘zlari, ular keltirgan rivoyatlaming ishonchliligini ta’kidlamoqda.
Chunki yozma manbalarda saqlangan rivoyatlar, qaysi diniy oqimga
mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, ishonchli. Jumladan, Beruniy yana
bir “kitob ahllari” - zardushtiylar davridan davom etib kelgan Mehijon
va Navro‘z bayramlari to‘g ‘risida so‘z yuritganda, bu bayramlar bilan
bog‘liq rivoyatlaming 0 ‘rta Osiyodan tashqarida - arablarda joriy eti-
lishiga oid qiziq rivoyatlami bayon qiladi. Har ikkala bayramni tarixda
podshohlar tomonidan o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlami Beruniy hiko
ya qilar ekan, bu tamoyilni hukmdorlar o‘zgartirishga ju r’at qilmaganlari
sababiga dalillar keltiradi. Bemniy hukmdorlar tilidan, azaldan davom
etib kelgan odatlami o‘zgartirish - xalqlaming o‘tmishdagi udumlariga
qarshi borishdir, deydi. Bu haqdagi rivoyatlar orqali Bemniy hamma
xalqlar yaratgan udumlar, inonchlar muqaddas va ulami hurmat qilish
zarur ekanini uqtiradi. Beruniy bu haqdagi rivoyatlami ishonchli manba-
lardan keltiradi. Mana, bir misol:
Abu Bakr as-Suliy51 “Varaqlar kitobi”da bayon etishicha va Ham
za ibn al-Hasan al-Isfahoniyning52 Navro‘z va Mehrgonga (Mehrjon
demoqchi - N.R.) tegishli she’rlar haqidagi risolasida tavsif etilishicha,
bu tarixning barpo etilish sababi mana bunday bo‘lgan: Al-Mutavakkil53
o‘zining saydgohlaridan birini aylanib yurganda, hali yetilmagan va
o‘rib olinmagan ekinzorga ko‘zi tushdi va “Ubaydulloh ibn Yahyo54
xalqdan xiroj yig‘ishni boshlash uchun mendan mxsat so‘rayapti; ko‘rib
turibmanki, [hali] ekinlar ko‘karib yotibdi. Odamlar xirojni qayoqdan
51 Abu Bakr Muhammad as-Suliy (946-yili vafot etgan) - mashhur arab tarixchisi.
52 Hamza al-Isfaxoniy - tarixchi va filolog (961 yoki 976-yili vafot etgan).
53 Al-Mutavakkil — Abbosiylar xalifasi (847-861-yillar).
54Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqon - al-Mutavakkilning vaziri.
157
olib beradi?” dedi. Unga: “Bu odamlarga zarar keltirdi, ular [xirojni vaq-
tidan oldin to‘lash uchun] qarz olmoqdalar, vatanlarini tashlab ketyap-
tilar, shikoyat va dodu faryodlari ko‘payib ketdi”, deb javob berishdi.
Al-Mutavakkil: “Bu narsa mening davrimda paydo bo‘ldimi yoki ilgari-
dan shunday bo‘lganmi?” deb so‘ragandi: “Yo‘q, balki Eron podshohlari
Navro‘z vaqtida xiroj talab qilishni joriy etib, arab podshohlariga yo‘l
ko‘rsatdilar. Ana shunga asoslanib bizda ham talab qilinadi”, deb javob
berishdi. Al-Mutavakkil mubadni55 chaqirib, unga: “Bu to‘g‘rida gap
ko‘paydi, men eronliklar rasmu rusumidan nariga o‘tolmayman. Ular
ehsonli, xalqparvar bo‘la turib, qanday qilib fuqarodan [bevaqt] xiroj
olishga boshladilar? Nima uchun g‘alla va ekinlar yetilmagan shunday
vaqtda xiroj talab etishga ruxsat berganlar?” dedi. Shunda mubad: “Ular
talabni Navro‘z vaqtida boshlasalar ham, xiroj g‘allalar yetilgan vaqt
da kelar edi”, deb javob berdi. Al-Mutavakkil: “Bu qanday bo‘lar edi?”
deb so‘radi. Shu vaqt mubad unga eron yillarining holini, miqdorini va
qo‘shimchaga ehtiyojini bayon etdi. Keyin voqeani tushuntirib, eronliklar
yillariga qo‘shimcha qo‘shar edilar, islom [dini kirib] kelgach, bu bekor
qilindi va bu xalqqa zarar keltirdi. Dehqonlar Hishom ibn Abdulmalik
zamonida Xolid al-Qasriy56 huzuriga yig‘ilib, bu voqeani bayon etdilar
va undan Navro‘zni bir oy keyinga surishni so‘radilar. Xolid qabul etma-
di va bu haqda Hishomga xat yozib, xatida: “Bu ish Xudoyi Taoloning
“Nasiy - [keyinga surish] kofirlikni orttirishdir”, degan so‘zidan sanal-
masa deb qo'rqaman”, deb xabar berdi. Ar-Rashid davri kelgach, odam
lar Yahyo ibn Xolid ibn Barmaq57 huzuriga yig‘ilishib, undan Navro‘zni
ikki oy keyinga surishni so‘radilar. Yahyo shunday qilmoqchi bo‘ldi,
lekin dushmanlari bu haqda gap ko‘tarib: “U majusiylikka yopishyapti”,
dedilar. Yahyo o‘z qaroridan qaytdi va ish [eski] holicha qoldi (Beruniy.
Yuqoridagi asar, 67-68-b.).
Keltirilgan rivoyat islom dinining 0 ‘rta Osiyoda ilk yoyila boshla-
gan davriga va hukmdorlar bu o‘lkadagi azaliy bayramlarning mohiya-
tini anglab olishga intilgan davrlarni aks ettiradi. Bu rivoyatni Beruniy
55 Mubad - otashparastlar hukmroni, kohin, faylasuf va donishmandi.
56 Xolid ibn Abdulloh al-Qasriy - ummaviylar xalifasi Hishom (724-743) davrida xalifotning
k o ‘zga ko'rm gan kishilaridan biri.
57 Y ah’yo ibn Xolid ibn Barmaq - abbosiy xonadoni vazirlaridan biri. Abu Ja’far al-Mansuming
xalifalik davri va o‘z otasining hayotligida Ozarbayjon hokimi b o ‘lib, xalifa al-Mahdiy zamonida
vazir bo ‘lgan. 187\802-803-yili qamoqxonada vafot etgan.
158
birlamchi manbadan - milodiy IX asrga oid tarixiy asardan olgan (asar
muallifi Abu Bakr as-Suliy 946-yili vafot etgan). Xo‘sh, bu rivoyatni
qaysi davrga oid deb qaraymiz? XI asrga oid rivoyat deb qarash ke
rak. Chunki Beruniy birlamchi manbadan olgan bo'lsa ham, XI asrdagi
- G‘aznaviylar davridagi tarixiy voqealarga aniqlik kiritish uchun qadim
zamonlarda paydo bo‘lgan rivoyatdan foydalangan.
Beruniy bu kabi tarixiy rivoyatlami keltirar ekan, hujjatlilik, tarixiy
voqealarga urg‘u berish asosiy o‘rin egallaydi. Agar diqqat bilan e’tibor
berilsa, yil hisobi munosabati bilan keltirilgan bu rivoyatlarda ma’lum
bir izchillik ko‘zga tashlanadi. Bemniy rivoyatlami asariga olib kirishda,
ulardan hujjat sifatida foydalanishda shunday yo‘l tutadiki, rivoyatlar-
ning hududi, davri o‘z-o‘zidan guruhlarga bo‘linib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |