O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

(Sh. Shomuhamedov tarjimasi)
Muqaddimadan so‘ng dostonni 
uch qismga
boMish 
mumkin.
Doston 
afsonaviy qism, qahramonlik eposi va tarixiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, 
qadim zamonlardan to arablar istilosiga qadar bo'lgan Eron tarixini qam- 
rab oladi. «Shohnoma»ning asosiy g ‘oyasi ona Vatanni jondan sevish- 
ga da’vat, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun mamlakatda birlik va 
yakdillikni targ‘ib qilishdan iboratdir. Bu asar, asosan, Eron va Turon 
xalqlari o‘rtasidagi kurash voqealariga bag‘ishlangani bilan emas, bal­
ki Qayumars, Hushang, Jamshid, Kovai ohangar, Zahhok kabi bir qator 
afsonaviy va tarixiy obrazlar orqali yer yuzida yaratilgan barcha narsa- 
lar insoniyat uchun ekanini, hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagi insonlaming 
manfaati uchun mas’ulligini aytmoqchi bo‘lgan edi. Shuningdek, hukm- 
dorlaming takabburligi, xalqqa o‘tkazgan zulmi oxir-oqibat mamlakat 
vayronagarchiligiga va toj-taxtning qulashiga sabab bo‘lishiga ishora 
qiladi. Jumladan, Qayumars afsonasiga e’tibor beraylik. Qayumars -
yer yuzidagi birinchi podshoh, u o‘ziga hashamatli saroy qurmadi, balki 
m an y ilin i 
tog‘ ichiga o ‘mashtirdi; serhasham, qimmatli liboslar kiymadi, 
balki yolbars terisini chopon qilib kiyardi. Ayni zamonda:
U boshlab insonni qildi parvarish,
Yangilandi kiyim-kechak va yemish...
Ne turli jondor bor olamda, bari 
Orom istab kelar Qayumars sari.
Odamlar egilib о‘par taxtini,
Barchasi shu taxtdan topar baxtini...
Keyingi voqealar Qayumarsning o‘g‘li Siyomak va nabirasi Hu­
shang bilan bog‘liq kechadi. Qayumars jamiki insoniyatga orom bergan 
bo‘lsa ham, yer yuzida hali yovuzlik bor edi. Yovuzlik timsoli dev Axri- 
man Siyomakni o‘ldiradi. Endi Qayumarsning qo‘shini lashakrboshisiz 
qoldi. 0 ‘g‘lining o‘limidan dunyo ko‘ziga tor ko‘ringan Qayumars bir yil 
aza tutdi. Bir yildan so‘ng Ollohdan shunday payg‘om keladi: «Endi sen 
dev Axraman to‘dasining kulini ko‘kka sovur, kimning dilida o‘ch olo- 
vi bo‘lsa, sen suv sepib o‘chir». Qayumars ham, yomonlaming boshiga 
yomonlik yog‘ilsin, deb ont ichdi. Qayumars nabirasiga - Siyomakning 
o‘g ‘li Xushangga lashkarga bosh bolib dev Axrimanga qarshi yurish 
qilishni maslahat berdi. Xushang va bobosi Qayumars jangga lashkami
148


ergashtirib, birga jo ‘nadilar. Xushang Axrimanni tutib, «tuproqqa uning 
boshini qordi». Shu voqeadan keyin Qayumarsning umri ham nihoyasiga 
yetdi. U o‘ttiz yil podshoh bo‘lgan edi.
Abu Rayhon Beruniy Qayumars afsonasini quyidagicha bayon qi­
ladi:
Tangri Axramanning ishi xususida hayron bo'lib, peshanasi terladi. 
U temi sidirib tashlagan edi, undan Qayumars paydo bo‘ldi. Tangri uni 
Axramanga qarshi yubordi, u Axramanni yengib minib oldi va lining 
ustida olamni aylantirishga tushdi. Nihoyat, Axraman Qayumarsdan 
eng yomon ko‘radigan va eng qo‘rqinchli narsasini so'radi. Qayumars 
unga jahannam darvozasiga yetganda qattiq qo'rqishini aytdi. Axraman 
jahannam darvozasiga yetgach, hiyla qilib o‘ynoqlay boshladi, oxiriyo 
Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi. Axraman uning ustiga chiqib oldi 
va Qayumarsdan: «Qaysi tomoningdan yeyishga boshlay?» deb so'radi. 
Qayumars o ‘zining aytganiga Axramanning muxolif bo‘lishini bilib: 
«Oyoq tomonimdan yeyishga boshlagin! Olam husnini bir muddat ko‘rib 
turay», - dedi. Axraman uni bosh tomonidan yeyishga boshlab, moyagiga 
va erlik urug‘i idishi turadigan joyga yetganda, undan ikki tomchi erlik 
suvi yerda tomdi-da, yerdan ikki tup rovoch ko‘karib chiqdi. Rovochlar 
o‘rtasidan Misho va Mishona tug‘ildi. Bu ikkisi eronliklar nazdida Odam 
va Havo o‘mida bo‘lib, ulami Malhiy va Malhiyona ham deydilar. Xo­
razm otashparastlari ulami Mard va Mardona deb ataydilar49.
Ko'rinib turibdiki, Qayumars haqidagi ikki afsona tamomila bir- 
biridan farq qiladi. Zotan, afsonalar turli joylarda har xil mazmun 
o‘zgarishlariga uchrashi tabiiy. Ammo har ikki afsonada ham Qayumars 
yer yuziga ezgulikni olib kelgan afsonaviy obrazdir.
«Shohnoma»dagi yorqin obrazlardan biri Jamshiddir. Jamshid yetti 
yuz yil hukmronlik qildi. Firdavsiy Jamshid qilgan xayrli ishlami mufas- 
sal bayon qilib, barcha yaxshilik amalga oshib, davlat barqaror, xalq bax- 
tiyor, hamma shod-xurram yashar edi, deb tasvirlaydi. Bir kuni Jamshid 
jamiki odamlami yig‘ib, ularga shunday dedi:
Jahonda hunar mendan boshlanadi,
Shohlik taxti mendan nomdomi ko‘rmagan,
Jahonni men yaxshilik bilan bezadim,
49Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. —Toshkent, Fan: 1968, 127- 
128-b.
149


Men qanday xohlagan bo‘lsam, shunday boylik paydo bo‘ldi.
Hamma narsani men yaratganman, bilingiz,
Meni dunyoni yaratuvchi deb tanish kerak.
Bu xitobga odamlar bir so‘z deya olmadi. Xalq g‘ala-g‘ovur qilib, 
har tomonga tarqalib ketdi. Shohning atrofidagi kishilar turli tomonga 
yoyilib ketdilar. 0 ‘zini Xudo deb faraz qilgan podshoh yo‘qlikka yuz 
tutdi. Jamshidning o‘zini Xudo deb e’lon qilgani uni manmanligi, o‘ziga 
behad bino qo‘yib yuborganligi tufayli kelib chiqqani ko'rsatiladi.50
Jamshid haqidagi afsona «Avesto»da ham bor. Tabariy, Beruniy, 
Navoiylar ham Jamshid to‘g‘risida mufassal ma’lumot berganlar.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish