O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Nahj ul-farodis”da xalifa Usmonga oid hikoyatlar



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Nahj ul-farodis”da xalifa Usmonga oid hikoyatlar. 
Asarda xali­
fa Usmonning o'limi lavhasi ham nihoyatda ta’sirli.
“Abu Qalaba aytur: Shomdin Madinaga keldim. Usmon raznu sha- 
hid bo'lmishdin so'ng Madina ichida yurar erkan, bir mahallada ko'rar
266


man xalayiqlar yig‘ilishib tururlar. Bu xalayiq ichida bir kimarsa cha- 
qirur. Men taqi keldim, baqar man bir kimarsa yotur, yekki ko‘zi, elgi 
tirsagidin yo‘q taqi yekki adag‘i tizidin yo‘q taqi ham qulaqi sag‘ir. Bu 
‘ kimarsa faryod qilur kim: Men dunyaning badbaxti bo‘ldum taqi axirat- 
f ning ham badbaxti bo‘ldum taqi abadiy tamuqlug1 bo‘ldum tep chaqirur. 
Men aytim: “Sen kim bo‘lur san?” tedim ersa, o‘l kimarsa aytdikim: Men 
0 ‘smanni o‘lturganlar chiqmishdin so‘ng yevinga kirdim. Baqar men 
0 ‘sman qanqa bulg‘aship yatur erdi, valekin hanuz jani bar erdi; taqi 
xatuni Naila 0 ‘sman uzaringa baqip turur erdi. Ani bir urdum ersa, o‘l 
yig‘ladi, 0 ‘sman taqi yig‘ladi taqi manga qarg‘adi taqi aydi: Haq Taala 
I ekki ko‘zungni alsun taqi ekki qulaqingni alsun taqi ekki elgingni alsun 
I taqi ekki adaqingni alsun taqi seni abadiy tamug‘lug‘ qilsun tep qarg‘adi.
Evumka bardim taqi kecha yattim. Tushumda bir kimarsa keldi taqi ekki 
I ko‘zumni chiqardi taqi ekki qulaqimni chiqardi taqi ekki elgimni kesdi 
taqi ekki adag‘imni kesti ersa qoptum, baqarman, ekki ko‘zum taqi ekki 
qulaqim yo‘q taqi ekki elgim yo‘q taqi ekki adaqim yo‘q. 0 ‘smanning 
qarg‘ishi manga jumlasi yetti. Emdi tamug‘ o‘ti qalip turur, har ayna ol 
taqi kelgusi turur, aning qarg‘ishi bo‘lg‘usi turur, tep chaqiru yatur. Men 
aydim: Halakatlik bo‘lsun sanga mundin artuqraq kerak, aning teg xali- 
fani, Payg‘ambaming kudagusini o‘lturdung, tedim taqi aning qatindin 
yiraq kettim, tedi” (96-bet).

Amir ul-mo‘minin Usmondan so‘ng xalifalik taxtiga o‘tirgan Ali 
| obrazi va u bilan bog‘liq muhim voqealarga Mahmud Ali to‘xtalar ekan, 
u bilan bog‘liq voqealami Imom Muslim Nishoburiyning “Sahih” nomli 
kitobidan hadis keltirish bilan boshlaydi. Hadisda Muhammad a.s. o‘zini 
Muso payg‘ambar bilan, Alini Horun bilan qiyoslaydi, ya’ni Xorun Mu- 
soning vaziri bo‘lgani kabi, Alini o‘zining vaziri deb e’tirof etadi. Bu 
e ’tirofni dalillash uchun Mahmud Ali Enas ibn Malikning quyidagi hi- 
koyasini keltiradi.
Bir kuni Payg‘ambar a.s. xizmatida edim, Payg‘ambar alayhissa- 
lomga bir qush etini keltirdilar. Payg‘ambar a.s.aytdi: “Ey Bor Xudoyo, 
xaloyiq orasida shunday bir zot borki, u Sening huzuringda to‘g‘ri, su- 
yukli bo‘Isa, o‘sha zotni mening huzurimda hozir qilginki, men mana shu 
qush etini o‘sha zoti bilan birga tanovul qilayin”. Payg‘ambar a.s.duosini 
tugatishi bilanoq bir zot eshikka kelib, kirish uchun izn so‘radi. Men
267


o‘mimdan turib, eshikni ochdim. Ne ko'z bilan ko‘rayinki, Ali ibn Abu 
Tolib eshik oldida turardi. U uyga kirib, qush etini Payg'ambar a.s. bilan 
birga tanovul qildi.
Bu hikoyatda xalifa Ali, hadisda aytilganday, Payg'ambaming eng 
yaxshi ko'rgan hamrohi ekani bayon qilinsa, Suxayl ibn Saidning hiko- 
yasida Ali qudratli pahlavonlar singari jasoratli, qo'rqmas, bahodir lash­
karboshi sifatida hech kim ololmagan Xaybar qal’asini bir ham la bilan 
olgani hikoya qilinadi, xalifa Alining xatti-harakatlari xuddi xalq og'zaki 
ijodidagi yakka qahramonlik motivlarini eslatadi, Ali epos qahramonlari 
singari qahramon kitobxon ko‘zi oldida gavdalanadi: “Bir hamla qildi 
taqi quw at qildi erdi, hisor qapug'ini yiqti taqi jumla cherig hisor ichin- 
ga kirdilar taqi juhudlami halok qildilar taqi Haybar elini oldilar” (98- 
bet). Alining yuqoridagiday eposlardagi yakka qahramonga xos sifatlari 
Abu Rafining hikoyasi orqali ham dalillanadi.
Xalifa Ali - jasoratli, dushmanlarga ayovsiz, farzandlariga esa meh­
ribon ota. U hatto vafotidan keyin ham birinchi naavbatda, inson sifatida, 
qolaversa, shijoatli va qahramon amirul-mo‘minin sifatida ulug'lanadi. 
Alining vafotidan keyin ham ulug'langaniga oid ikki rivoyatni Mahmud 
Ali keltirar ekan, o‘z davridan keyin ham xalq orasida ulug‘ bir zot si­
fatida e’tirof etilishga loyiq inson sifatida talqin qilinganini ko'rsatadi.
Rivoyatlarga ko‘ra, Ali o‘g‘illari Hasan bilan Husaynga shunday 
vasiyat qiladi: “Mening dushmanlarim ko‘p. Men kofirlaming va dush- 
manlarimning o‘n ming bahodirini o'ldirdim, ulaming avlodlari ham 
menga dushmandirlar. Agar meni oshkora dafn qilsangizlar, dushmanlar 
meni qidiradilar. Men vafot etganimdan keyin, tun yarmida hamma ha- 
loyiq uyquga ketgandan so‘ng, bir tuyaga yuklab, Kufadan olib chiqing- 
lar. Ikki yig'och yo‘l yursangizlar, sahroda Izzi degan bir tepalik bor, 
o'sha tepani qazisangizlar, u yerda bir tosh lavha chiqadi. Lavha yuzasi- 
ga bu yerda Odam alayhissalom va Nuh payg'ambar yotgan yerlaridir, 
deb yozilgan. Men o'sha ikki payg'ambar yoniga dafn qilsangizlar”, deb 
vasiyat qiladi. Hasan bilan Husayn otalari vasiyatini bajo qildilar, hech 
kimsaga o'sha joyni aytmadilar. Oradan ancha vaqt o'tgach, Ja’far So- 
diq xizmatkori bilan u yerga borib ziyorat qilganda, xizmatkori so'radi: 
“Ey payg'ambarzoda, bu kimning ziyoratgohiki, siz uzoq joydan kelib, 
bu joyni ziyorat qilgani keldingiz?” Jafar Sodiq aytdi: “Ey xizmatkori 
Bilgin, ogoh bo'lginki, bu joy amr ul-mo'minin Ali ibn Abu Tolibning
268


qabridir. Dushmanlardan qo‘rqib, shu paytgacha hech kimga aytmagan 
edik. Endi dushmanlaming birontasi qolmadi. Endi istagimiz shuki, Haq 
Taoloning amri bilan bu qabmi ziyorat qilishni mo‘minlar orasida osh- 
kora qilsak”.
Xalifa Ali obrazining bu tarzda talqin qilinishi shubhasiz, xalq orasi­
da ham uning to‘g‘risida rivoyatlar keng tarqalganiga bir ishoradir. Odat- 
da, inson o‘zi bilmagan, ammo bilishga qiziqqan narsalar to‘g‘risidako‘p 
mulohazalar qiladi, rivoyatlar paydo boMadi va h. Xalifa Ali to‘g‘risida 
turli manbalarda qoldirilgan rivoyatlar shundan dalolat beradi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish