O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

saralab olish
va 
qiyoslash
yo‘lidan ketadi va buni quyida­
gicha izohlaydi: “...mendan so'ralgan narsaga yetkazuvchi vositalaming 
eng muhimi - 
qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, о ‘tmish avlodlar
to ‘g ‘risidagi xabarlarni bilishdir (ta ’kid bizniki
- N.R.j, chunki bular- 
ning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ulaming rasmu rusum va qo- 
idalaridan iboratdir. Aqliy [narsalardan] dalil keltirish, kuzatilgan [nar- 
salarga] qiyos qilish yo‘li bilan u xabarlami bilib bo'lmaydi. Buni faqat 
“kitob ahllari” (iudaizmga va xristianlikka, zardushtiylikka e’tiqod qi­
luvchilar-N.R.) va turli din arboblariga, shu [e’tiqodlarga] amal qiluvchi 
har bir maslak va ishonch egalariga ergashish, ulaming tushunchalarini 
hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik kishilaming 
tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga im­
kon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ulaming isbot 
uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilina­
di. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi
156


yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng 
kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib zo‘r mashaqqat cheksak ham, 
o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz” (Beruniy. Yuqo­
ridagi asar, 40-b.).
Darvoqe, Beruniy aytgan “yomon axloq”, “haqiqatni ko‘rishga im- 
kon bermaydigan” narsalar nimalardan iborat? Bular, shubhasiz, inson- 
ning o‘jar xulqi, kaltabinligi, faqat o‘z bilganlariga suyanib qolish, bosh- 
qalarning fikr-qarashlari, ayniqsa, ishonchli manbalar7 mensimaslikdir.
Beruniy suyangan tamoyillardan biri manbadir. Beruniy bu о‘rinda 
islom manbalari bilan birga, “kitob ahllari”ning, turli din arboblarining 
so‘zlari, ular keltirgan rivoyatlaming ishonchliligini ta’kidlamoqda. 
Chunki yozma manbalarda saqlangan rivoyatlar, qaysi diniy oqimga 
mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, ishonchli. Jumladan, Beruniy yana 
bir “kitob ahllari” - zardushtiylar davridan davom etib kelgan Mehijon 
va Navro‘z bayramlari to‘g ‘risida so‘z yuritganda, bu bayramlar bilan 
bog‘liq rivoyatlaming 0 ‘rta Osiyodan tashqarida - arablarda joriy eti- 
lishiga oid qiziq rivoyatlami bayon qiladi. Har ikkala bayramni tarixda 
podshohlar tomonidan o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlami Beruniy hiko­
ya qilar ekan, bu tamoyilni hukmdorlar o‘zgartirishga ju r’at qilmaganlari 
sababiga dalillar keltiradi. Bemniy hukmdorlar tilidan, azaldan davom 
etib kelgan odatlami o‘zgartirish - xalqlaming o‘tmishdagi udumlariga 
qarshi borishdir, deydi. Bu haqdagi rivoyatlar orqali Bemniy hamma 
xalqlar yaratgan udumlar, inonchlar muqaddas va ulami hurmat qilish 
zarur ekanini uqtiradi. Beruniy bu haqdagi rivoyatlami ishonchli manba- 
lardan keltiradi. Mana, bir misol:
Abu Bakr as-Suliy51 “Varaqlar kitobi”da bayon etishicha va Ham­
za ibn al-Hasan al-Isfahoniyning52 Navro‘z va Mehrgonga (Mehrjon 
demoqchi - N.R.) tegishli she’rlar haqidagi risolasida tavsif etilishicha, 
bu tarixning barpo etilish sababi mana bunday bo‘lgan: Al-Mutavakkil53 
o‘zining saydgohlaridan birini aylanib yurganda, hali yetilmagan va 
o‘rib olinmagan ekinzorga ko‘zi tushdi va “Ubaydulloh ibn Yahyo54 
xalqdan xiroj yig‘ishni boshlash uchun mendan mxsat so‘rayapti; ko‘rib 
turibmanki, [hali] ekinlar ko‘karib yotibdi. Odamlar xirojni qayoqdan
51 Abu Bakr Muhammad as-Suliy (946-yili vafot etgan) - mashhur arab tarixchisi.
52 Hamza al-Isfaxoniy - tarixchi va filolog (961 yoki 976-yili vafot etgan).
53 Al-Mutavakkil — Abbosiylar xalifasi (847-861-yillar).
54Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqon - al-Mutavakkilning vaziri.
157


olib beradi?” dedi. Unga: “Bu odamlarga zarar keltirdi, ular [xirojni vaq- 
tidan oldin to‘lash uchun] qarz olmoqdalar, vatanlarini tashlab ketyap- 
tilar, shikoyat va dodu faryodlari ko‘payib ketdi”, deb javob berishdi. 
Al-Mutavakkil: “Bu narsa mening davrimda paydo bo‘ldimi yoki ilgari- 
dan shunday bo‘lganmi?” deb so‘ragandi: “Yo‘q, balki Eron podshohlari 
Navro‘z vaqtida xiroj talab qilishni joriy etib, arab podshohlariga yo‘l 
ko‘rsatdilar. Ana shunga asoslanib bizda ham talab qilinadi”, deb javob 
berishdi. Al-Mutavakkil mubadni55 chaqirib, unga: “Bu to‘g‘rida gap 
ko‘paydi, men eronliklar rasmu rusumidan nariga o‘tolmayman. Ular 
ehsonli, xalqparvar bo‘la turib, qanday qilib fuqarodan [bevaqt] xiroj 
olishga boshladilar? Nima uchun g‘alla va ekinlar yetilmagan shunday 
vaqtda xiroj talab etishga ruxsat berganlar?” dedi. Shunda mubad: “Ular 
talabni Navro‘z vaqtida boshlasalar ham, xiroj g‘allalar yetilgan vaqt­
da kelar edi”, deb javob berdi. Al-Mutavakkil: “Bu qanday bo‘lar edi?” 
deb so‘radi. Shu vaqt mubad unga eron yillarining holini, miqdorini va 
qo‘shimchaga ehtiyojini bayon etdi. Keyin voqeani tushuntirib, eronliklar 
yillariga qo‘shimcha qo‘shar edilar, islom [dini kirib] kelgach, bu bekor 
qilindi va bu xalqqa zarar keltirdi. Dehqonlar Hishom ibn Abdulmalik 
zamonida Xolid al-Qasriy56 huzuriga yig‘ilib, bu voqeani bayon etdilar 
va undan Navro‘zni bir oy keyinga surishni so‘radilar. Xolid qabul etma- 
di va bu haqda Hishomga xat yozib, xatida: “Bu ish Xudoyi Taoloning 
“Nasiy - [keyinga surish] kofirlikni orttirishdir”, degan so‘zidan sanal- 
masa deb qo'rqaman”, deb xabar berdi. Ar-Rashid davri kelgach, odam­
lar Yahyo ibn Xolid ibn Barmaq57 huzuriga yig‘ilishib, undan Navro‘zni 
ikki oy keyinga surishni so‘radilar. Yahyo shunday qilmoqchi bo‘ldi, 
lekin dushmanlari bu haqda gap ko‘tarib: “U majusiylikka yopishyapti”, 
dedilar. Yahyo o‘z qaroridan qaytdi va ish [eski] holicha qoldi (Beruniy. 
Yuqoridagi asar, 67-68-b.).
Keltirilgan rivoyat islom dinining 0 ‘rta Osiyoda ilk yoyila boshla- 
gan davriga va hukmdorlar bu o‘lkadagi azaliy bayramlarning mohiya- 
tini anglab olishga intilgan davrlarni aks ettiradi. Bu rivoyatni Beruniy
55 Mubad - otashparastlar hukmroni, kohin, faylasuf va donishmandi.
56 Xolid ibn Abdulloh al-Qasriy - ummaviylar xalifasi Hishom (724-743) davrida xalifotning 
k o ‘zga ko'rm gan kishilaridan biri.
57 Y ah’yo ibn Xolid ibn Barmaq - abbosiy xonadoni vazirlaridan biri. Abu Ja’far al-Mansuming 
xalifalik davri va o‘z otasining hayotligida Ozarbayjon hokimi b o ‘lib, xalifa al-Mahdiy zamonida 
vazir bo ‘lgan. 187\802-803-yili qamoqxonada vafot etgan.
158


birlamchi manbadan - milodiy IX asrga oid tarixiy asardan olgan (asar 
muallifi Abu Bakr as-Suliy 946-yili vafot etgan). Xo‘sh, bu rivoyatni 
qaysi davrga oid deb qaraymiz? XI asrga oid rivoyat deb qarash ke­
rak. Chunki Beruniy birlamchi manbadan olgan bo'lsa ham, XI asrdagi
- G‘aznaviylar davridagi tarixiy voqealarga aniqlik kiritish uchun qadim 
zamonlarda paydo bo‘lgan rivoyatdan foydalangan.
Beruniy bu kabi tarixiy rivoyatlami keltirar ekan, hujjatlilik, tarixiy 
voqealarga urg‘u berish asosiy o‘rin egallaydi. Agar diqqat bilan e’tibor 
berilsa, yil hisobi munosabati bilan keltirilgan bu rivoyatlarda ma’lum 
bir izchillik ko‘zga tashlanadi. Bemniy rivoyatlami asariga olib kirishda, 
ulardan hujjat sifatida foydalanishda shunday yo‘l tutadiki, rivoyatlar- 
ning hududi, davri o‘z-o‘zidan guruhlarga bo‘linib qoladi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish