(O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagiqism) Texnika vositalarini o’lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini "O’zstandart" agentligi belgilaydi. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagiqism) 8-modda.O’lchovlarni bajarish uslubiyotlari O’lchovlarni bajarish uslubiyotlari o’lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o’z ichiga olishi va o’lchov o’tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo’yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O’lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga