Pedagogik diagnostika nima?
Sobiq SSSRda «pedagogik diagnostika» termini 50-60 yillarda A.S.Belkin tomonidan turli jurnallardagi maqolalarda kiritiladi.Pedagogik diagnostikaning atamalari va metodologiyasi uning 1979 yilda «Shaxslarning pedagogik qarovsizligi» nomli o`quv qo`llanmasida batafsil bayon qilindi.Tahlillar shuni ko`rsatadiki, 80 yillargacha, «Pedagogik diagnostika»atamasi asosan maqolalarda, turli tezislar yoki kam tirajli to`plamlarda uchraydigan, 80 yildan boshlab esa, shu vaqtgacha pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorlik sohasi sifatida shakllanib, rivojlanib kelayotgan,ko`pchilik alohida bilim va tajriba sohasi, deb qaramayotgan bu soha eng dolzarb sohalardan biriga aylanmoqda. Buning isboti sifatida quyidagi dalillarni keltirishimiz mumkin.1987 yilda A.I.Kochetov tahriri ostida «Maktabda pedagogic diagnostika», 1988 yilda N.K.Golubevning «Tarbiya jarayonini diagnostika va prognoz qilish» asarlari bosmadan chiqdi. 1990 yilda Toshkentda K.Z.Zaripovning «O`qituvchilar malakasini oshirishning uzluksiz tizimda pedagogik diagnostika», 1992 yilda ekaterinburgda e.A.Mixaylivichning «Pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari» mavzusidagi doktorlik ishlari himoya qilindi.Chet ellarda bu sohada olib borilgan va rus tiliga tarjima qilinib,o`zbek mutaxassislari ham tanishish imkoniyatiga ega bo`lgan ishlardanK.Ingenkampning 1991 yilda bosmadan chiqqan «Pedagogik diagnostika» (muallifning yozishicha pedagogik diagnostika atamasi u tomonidan 1968 y.taklif qilingan va kiritilgan) asarida ancha keng yoritilgan.
Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to`xtalib o`tamiz:
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish - bu yo`nalish shaxslarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob-axloqini,tarbiyalanganligini (tarbiyaviy ta`sirlarga berilishi)ni o`rganishdan iboratdir.
Tashkiliy-metodik diagnostika - pedagoglarning kvalifikatsiyasini,o`quv jarayonining uslubiy ta`minlanganlik darajasini baholashdir.
Didaktik diagnostika - pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (o`quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridantashqari). Shaxslarning og`zaki va yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarni, ularning sabablarini, o`quv faoliyatidagi salbiy o`zgarishlarni, shaxslarda o`quv mehnat malaka va ko`nikmalarning rivojlanganlik darajasini, ta`lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi.
Ijtimoiy-pedagogik diagnostika - shaxslarning pedagogic qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og`ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo`nalishdir.
Diagnostika pedagoglar tomonidan maktabdan, o`quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodi, xuquq sotsiologiyasi, dam olish sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya kabi sohalarda qo`llaniladigan metodikalar va ko`rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika - bu yo`nalish sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, shaxslar, pedagoglar, ota-onalar guruhlarini, shaxslarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, televizor, gazetalar va h.k.) ta`sirini, shaxslarning burch va xuquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o`rganishga yo`naltirilgandir.
3-guruh uchun tarqatma material.
Do'stlaringiz bilan baham: |