Psixodiagnostika nima?
«Psixodiagnostika» so`zining mohiyati «psixologik tashhis qo`yish» yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi.
Psixodiagnostika – amaliy jihatdan psixologning deyarli barchafaoliyat doiralarida, ya`ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korrektsion (to`g`rilash va rivojlantiruvchi) ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo`llaniladi. Ammo ko`pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo`ladi. Uning maqsadi – psixologik tashhis qo`yish, ya`ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi.
Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, differentsial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asoslanadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlarni o`rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo`l-yo`riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy-metodik ishlarning yo`nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobatsiyasi,talablar yo`riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o`tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma`lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.
Diagnostik faoliyat o`z maqsadiga ko`ra tashhis (diagnoz) yo`nalishining turli ko`rinishlariga ega bo`ladi. Qo`yilgan tashhis o`rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korrektsion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo`luvchi individual-psixologik,psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma`lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma`lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.__ faoliyat doiralarida, ya`ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korrektsion (to`g`rilash va rivojlantiruvchi) ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo`llaniladi. Ammo ko`pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo`ladi. Uning maqsadi – psixologik tashhis qo`yish, ya`ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi.
Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, differentsial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asoslanadi. Uning metodik usullariga esa,individual-psixologik xususiyatlarni o`rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo`l-yo`riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy-metodik ishlarning yo`nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobatsiyasi,talablar yo`riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o`tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma`lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.
Diagnostik faoliyat o`z maqsadiga ko`ra tashhis (diagnoz) yo`nalishining turli ko`rinishlariga ega bo`ladi. Qo`yilgan tashhis o`rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korrektsion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo`luvchi individual-psixologik,psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma`lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma`lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo`yishning 3 bosqichi farqlanadi:
Simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo`lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Etnologik dagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o`rni aniqlanadi.
Psixodiagnostika psixologiyaning ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari uning boshqa sohalarida keng qamrovda qo`llaniladi. Masalan,tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab
qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi.Ilmiy va amaliy psixodiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o`ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori
holatini aniqlash;
2. Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya`ni uning miqdoriy va
sifatiy ko`rsatkichlarda namoyon bo`lishi darajasini o`rganish;
3. Zarur bo`lgan holdagina shaxsning tashhis qilinayotgan xulq-
atvoridagi psixologik xususiyatlarini ochib berish;
4. O`rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini
taqqosiy ishlanmasini yaratish.Amaliy psixodiagnostikada sanab o`tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.
Demak, psixodiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Psixolog (tashhischi) 1 Matmuratova.N.B. Psixodiagnostika fanidan ma`ruzalar matni. - T., 2000y egallashi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o`zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e`tirof etilishiga sabab bo`ladi.Haqiqatan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |