Nazorat savollari 1. Tashhis markazlarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalaringiz qanday?
3. Rahbardagi pedagogik qobiliyatlarni qanday aniqlash mumkin?
10-Mavzu: Talaba va o‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxis etish. Reja: 1. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligi ko‘rsatkichlari va mezonlari 2. Psixologik va pedagogik maslahat iborasini eshitganingizda fikringizga qanday so`zlar, iboralar keladi. 3. Psixologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar munozarasi. 4. Psixologik va pedagogik maslahat ishlarining mazmuni, bosqichlari asosiy qoidalari. Mashg`ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o`quv didaktik tarqatma materiallar 1. Psixologik va pedagogik maslahat iboralarini eshitganingizda fikringizga qanday so`zlar, iboralar keladi? degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi. Bunda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo`llaymiz. Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni echishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab,ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og`zaki shakllari mavjud. Aqliy hujum‖ ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
2. Psixologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar munozarasini «3x4» pedagogic texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4 ta kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh uchun bir varaq qog`oz olinib, psixologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart-sharoitlari haqidagi fikrlar haqida 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar yozilgan qog`ozni (soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan to`ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir qog`ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo`lgach, guruhlar bu fikrlarni tahlil etib, guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Psixologik va pedagogik maslahat ishlarining mazmuni, bosqichlari asosiy qoidalarini muhokama etish uchun kichik guruhlarda ishlash metodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo`linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, ushbu masalalar bo`yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.
1–guruh uchun tarqatma material.