Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
Empatik qobiliyatlar darajasini diagonostika qilish metodikasi (V.V. Boyko).
1. Sizda odamning fe`l-atvorini tushunish maqsadida uning yuziga tikilib qarash odati bormi?
a) ha, men doim odamlarga qiziqish bilan qarayman.
b) yo`q, bu men uchun qiziq emas.
2. Siz odamlar bilan doimiy muomalani talab qiladigan ishlarni yoqtirasizmi?
a) ha, faqat shunday ish quvonch keltirishi mumkin.
b) yo`q.
3. Sizningcha, fikr yuritishingiz nimasi bilan boshqalarnikidan farq qiladi?
a) intutsiyaning kuchi bilan.
b) mantiqiylik, izchilligi bilan.
4. O`zgalarning kulgisidan ta`sirlanasizmi?
a) ha.
b) meni befarq qoldiradi.
5. Yoqtirmagan odamingiz bilan samimiy gaplasha olasizmi?
a) ha, ko`pincha bu mening qo`limdan keladi.
b) yo`q, men bunday qilolmasdim.
6. Ko`pincha Sizga nisbatan adolatsizlik qilishayotganday bo`ladimi?
a) ha.
b) yo`q.
7. Notanish odamlar bilan tanishishni yoqtirasizmi?
a) ha.
b) yo`q.
8. Sizningcha, o`zgalar ichki dunyosiga qiziqish odobsizlikmi?
a) bu fikrga mutloq qo`shilaman.
b) yo`q, bunday emas.
9. Biror tashvish ustida turgan bo`lsangiz, uxlay olasizmi?
a) ha, menda shunday muammo bor.
b) nima bo`lsa ham yaxshi uxlay olaman.
10. Quyidagi holatlarda o`zingizni yaxshi ko`rsata olasizmi?
a) odamlar bilan til topish kerak bo`lganda.
b) o`zni qo`lga olib, bosiqlik qilish kerak bo`lganda.
11. Sizni maqtab, xushomad qilishayotganda, uyalasizmi?
a) ha, bunday vaziyatlarni yomon ko`raman.
b) yaxshiyamki, meni ham xaqli baholashdi, deyman.
12. O`z yutuqlaringizni boshqalarniki bilan qiyoslaysizmi?
a) mening o`z hayotiy mo`ljallarim bor.
b) bu meni ilhomlantiradi.
13. Har doim ham sizning boshqa odam haqidagi birinchi intuitivtaassurotingiz to`g`ri bo`lib chiqadimi?
a) ha, odatda shunday.
b) yo`q, ko`pincha adashaman.
14. Yaqinlaringiz, tanishlaringiz Sizni hissiyotga beriluvchan deb hisoblashadimi?
a) ha, ko`pincha shunday deb o`ylashadi.
b) yo`q.
15. Odam xato qilishi mumkin, deb hisoblaysizmi?
a) ha, hammamiz adashishimiz mumkin.
b) yo`q, doimo hushyor bo`lishimiz kerak.
16. Yaqin qo`shnilaringizning tarjimai hollarini bilasizmi?
a) ha, kim yoningda yashayotganligini bilish kerak.
b) buning menga qizig`i yo`q.
17. Siz o`z qobiliyatlaringizni o`zingiz uchun ishlata olasizmi?
a) afsuski, yo`q.
b) boshqacha bo`lishi mumkin emas.
18. Boshqalar bilan muomaladan Siz doimo xafa bo`lasizmi?
a) yo`q.
b) ha.
19. Mushkul ishni boshlashdan avval Sizni kutayotgan qiyinchiliklar to`g`risida o`ylaysizmi?
a) yo`q, har doim mushkul ishga kirishaveraman.
b) ha, har doim o`z imkoniyatlarimni sarhisob qilaman.
20. Tez-tez Sizni ko`chada to`xtatib, savol bilan murojaat qilishadimi?
a) ha, tez-tez.
b) yo`q, bundaylarni eslolmayman.
21. Qanday fil`mlarni sevasiz?
a) o`ylashga majbur qiladiganlarini.
b) harakatlar ko`p, dinamik syujetli.
22. Siz o`z umidlaringiz, xavotirlaringiz va tashvishlaringiz haqida ochiq ayta olasizmi?
a) ha, buning zararli, uyatli joyi yo`q.
b) yo`q, bu mening shaxsiy ishim, yashirish kerak.
23. Siz o`zingizni baxtli his qilgan paytlaringizda, hayotda
kimlargadir og`irroq bo`lishi mumkinligi haqida ham o`ylaysizmi?
a) menda bunday holat doimo bo`ladi.
b) ―Har kim ekkanini o`radi‖.
24. Sizni xafa qilishsa, uzoq vaqt qayg`urasizmi?
a) odatda, tez esdan chiqaraman.
b) anchagacha o`zimni yomon his qilaman.
25. Siz odatda o`z manfaatingiz yo`lida yaxshi inson bilan urishib qolishingizni sezsangiz:
a) anchagina yon beraman.
b) o`z manfaatimni himoya qilaveraman.
Qayta ishlash yo`li: har bir «a» javob uchun 1 balldan, «b» javob uchun 0 balldan yozib chiqing. Agar tekshiriluvchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |