Mustaqil yechish uchun masalalar
60 sekund davomida moddaning konsentratsiyasi 0,12 mol/l ga o‘zgargan bo‘lsa, reaksiyaning tezligini aniqlang.
Muvozanat holatda turgan A+B=C+D sistemadagi moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari mos ravishda 5; 6; 5; 3 mol/l ni tashkil etadi. Shu sistemaning muvozanat doimiysini toping.
2PbS+3O2=2PbO+2SO2 reaksiyada 89,6 m3 SO2 gazini olish uchun necha kilogamm qo‘rg‘oshin sulfidi kuydirilishi kerak?
4Au+8NaCN+O2+2H2O=4Na[Au(CN)2]+4NaOH reaksiyada 197 g oltinni eritish uchun 15% li NaOH eritmasidan necha gramm sarflash kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |