Mustaqil yechish uchun masalalar
50 kg pirit (FeS2) yonishidan hosil bo‘lgan oltingugurt gazidan necha kg sulfat kislota tayyorlash mumkin? (M(FeS2)=120 g/mol, M(SO2)=64 g/mol)
Sig‘imi 60 litrli po‘latdan yasalgan avtoklavda 100 atmosfera bosim va 350 C temperaturada gazsimon kislorod bor. Avtoklavdagi kislorodning miqdorini (mol) va massasini (kg) aniqlang.
Hajmi 45 litr bo‘lgan po‘lat ballondagi sulfat angidrid gazi 400C haroratda va 300 kPa bosimda qanday massani egallaydi? (M(SO3)=80 g/mol; universal gaz doimiysi R=8,31)
100 kg ohaktosh parchlanishi natijasida hosil bo‘lgan kalsiy oksidi massasi (kg) va karbonat angidrid hajmini (m3) aniqlang. (1m3=1000 litr)
Do'stlaringiz bilan baham: |