11-savol.
Uch shoxli nerv nevralgiyasining sezuvchi va harakatlantiruvchi qismining
zararlanish belgilari.
Javob:
Sezuvchi qismining zararlanish belgilari:
Uch shoxli nerv zararlanganda
zararlangan shoxcha sohalarida og‘riqni sezish, harorat va taktil sezgilarning yo‘qolishi
(anesteziya), pasayishi (gipesteziya) yoki oshishi (giperesteziya) paydo bo‘lishi mumkin.
Uch tarmoqli nervning
substantio gelatinosa
sezgi yadrosi zararlanganda yuzning shu
tomondagi yarmida taktil sezgi saqlangan holda og‘riq va harorat sezgilari yo‘qoladi
(dissotsiatsiyalashgan sezgi o‘zgarishi). Uch tarmoqli nervning o‘zi yoki uning biror
tarmog‘i ta‘sirlansa bu nervning nevralgiyasi sodir bo‘ladi. Bunda ta‘sirlangan tarmoq
sohasida to‘satdan zo‘rayib boruvchi chidab bo‘lmaydigan og‘riq paydo bo‘ladi. Bunda
ko‘zdan yosh oqishi, yuzning qizarib ketishi, ba‘zan esa chaynov muskullarining tonik
qisqarishi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |