Tekshirish usullari.
Bemorga to‘g‘risiga turgan bolg‘acha yoki vrach
barmog‘iga qarash so‘raladi. Bunda ko‘z yorig‘ining kengligiga, ularning bir xilligiga,
yuqori qovoq holatiga, ko‘z olmasida ekzoftalm yoki enoftalm borligiga, qorachiqning
shakli va o‘lchamiga e‘tibor qaratiladi.
Qorachiq reflekslarini tekshirish.
1.
Qorachiqning yorug‘likka to‘g‘ri refleksi.
Bemor vrach to‘g‘risiga
o‘tiradi va kafti bilan bir ko‘zini yopadi, keyin tezda kaftini oladi. Normada qorachiq
tezda torayishi kerak.
2.
Qorachiqning yorug‘likka hamkor refleksi.
Bemor vrach to‘g‘risiga
o‘tiradi va kafti bilan bir ko‘zini yopadi, keyin tezda kaftini oladi. Normada qorachiq
ikkinchi ko‘zda ham torayadi.
3.
Qorachiqning konvergensiyaga javob refleksi.
Ko‘zga sekinlik bilan
yaqinlashtirilayotgan biror bir predmetga nigohni fiksatsiya qilganda qorachiq torayadi,
predmet uzoqlashtirilganda qorachiq kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |