Hidlov nervining zararlanish belgisi.
Bu belgilar orasida hidlov faoliyatining
pasayishi (giposmiya) yoki butunlay yo‘qolishi (anosmiya) ko‘proq uchraydi. Bu
o‘zgarishlar kalla suyagining old chuqurchasi o‘smalarida, kalla suyagi asosining
sinishida, bazal araxnoidit va burun shilliq pardasining turli xil kasalliklarida (atrofik
rinit, poliplar) uchraydi. Ba‘zan turli xil hidlarga sezuvchanlikning oshishi (giperosmiya),
hid bilishning aynishi (dizosmiya) yoki hidlov gallyutsinatsiyalari, hidni farqlashning
buzilishi (hidlov agnoziyasi) kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |