Oppengeym refleksi.
Katta boldir suyagining yuqori qirrasidan bosh barmoq bilan bosib turib,
barmoq pastga qarab yurgizilsa, bosh barmoq bukilib, qolgan barmoqlar yelpig‘ichday
yoziladi.
Gordon refleksi.
Boldir mushaklari siqilganda, bosh barmoq yuqoriga bukilib, qolgan
barmoqlar yelpig‘ichday yoziladi.
Sheffer refleksi.
Axill payi siqilganda, bosh barmoq yuqoriga bukilib, qolgan barmoqlar
yelpig‘ichday yoziladi.
Bukuvchi patologik reflekslar
Rossolimo refleksi.
Tekshiruvchi qo‘l barmoqlarining uchi bilan bemor kafti 2-5 barmoqlarini
pastdan yuqoriga qarab astagina turtadi, bunda barmoqlar bukilib, yana yoziladi.
Jukovskiy refleksi.
Bemor oyoq kaftining o‘rta qismiga nevrologik bolg‘acha bilan urilganda,
bunda barmoqlar bukilib, yana yoziladi.
Bexterev refleksi.
nevrologik bolg‘acha bilan oyoq panjasining tashqi yuzasiga urilganda,
bunda barmoqlar pastga bukilib, yana yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |