Pnevmokokkli meningit
to‘satdan boshlanmay bir qadar sekinroq boshlanadi, lekin
intoksikatsiya kundan kunga kuchayib boradi. Kasallikning birinchi o‘chog‘i-
pnevmoniya, yiringli otit, traxeobronxit borligi aniqlanadi. To‘la bo‘lmagan meningial
sindrom bilan birga entsefalit belgilari ko‘rinadi. Bu xil meningit uzoq davom etadi va
kasallik vaqti-vaqti bilan zo‘riqib turadi. Ana shunday vaqtda orqa miya suyuqligi yiringli
bo‘lib pleotsitoz ko‘payadi (600-1.300 gacha yetadi). Oqsil miqdori ham ko‘payadi 6,5-
9,7%.
Do'stlaringiz bilan baham: |