Klinikasi.
Inkubatsion davri 5-10 kun davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanib, bemor
eti uvishib, kaltiraydi. Harorati 39-40 gradusgacha ko‘tariladi. Boshi qattiq og‘riydi,
ketma-ket qayt qiladi. Intoksikatsiya tez kuchayib borib, bemor hadeb bezovtalanaveradi.
Ba‘zi bemorlarda, ayniqsa, bolalarda tutqanoq tutadi. Isitma turli shaklda bo‘lib, 2- 3
kundan to 7-14 kungacha, gohida 20-25 kungacha cho‘ziladi. Ishtaha bug‘iladi, birinchi
kunlaridan badanda gemorragik toshma paydo bo‘ladi. Ba'zan badan terisida (каsallikning
og‘ir shaklida) mayda toshmalardan tashqari 0,5-1 sm kattalikdagi qontalashlar ko‘zga
tashlanadi. Bunday gemorragiya belgilari sklera, kon'yuktiva, tanglay, burun shilliq
pardasida ham uchraydi. Bemor bezovtalanib, alahlaydi, uni uyquga tortaveradi, lekin
uxlay olmaydi. Bemorning yuzi, ko‘zi qizargan u quyosh yoki elektr nuriga qaray
olmaydi. Kasallikning 2-3 kuni uchuq toshadi, jigar va taloq ozgina kattalashadi.
Меningeal simptomlar paydo bo‘ladi: ensa mushaklari tortishib, qisqarib turadi. Kernig
va Bruzdinskiy simptomlari yaqqol aniqlanadi. Bolalar boshini orqasiga tashlagan holda
yotadi, katta yoshdagi bemorlar esa boshi orqaga tashlangan, oyoqlari qorniga tortilgan
holda bo‘ladi. Talvasa kattalarga qaraganda bolalarda ko‘proq bo‘ladi. Agar bemor bolani
qo‘ltiq ostidan ko‘tarib olsa, uning oyoqlari korniga tortilgan holatda bo‘ladi.
Bosh miya nervlarining zararlanishiga oid simptomlar paydo bo‘ladi: anizokariya,
konvergensiya va akkomodatsiyaning buzilishi, ko‘zning g‘ilay tortishi. Bulardan
tashqari, oyoq-qo‘llarning falaji, yarim falaj alomatlari uchraydi, Rossolimo, Babinskiy
simptomlari aniqlanadi.
Davosi
.
Davoni bemorga antibiotiklar, xususan, penitsillin buyurishdan boshlanadi. Bir
kunda 2.000.000 ED/kg hisobidan penitsillin m/o yuborib turiladi. 3 yoshgacha bo‘lgan
bolalarga penitsillin 300.000 ED/kg hisobidan buyuriladi. bemorning ahvoli juda og‘ir
bo‘lsa, penitsillin dozasi oshirilib, 1.000.000 ED/kg gacha yetkaziladi. Penitsillin
gematoensefalik tusiqdan juda qiyinchilik bilan o‘tadi, ya'ni qondan bosh miyaga kam
o‘tadi. Shu sabadan meningitda penitsillin katta dozalarda yuboriladi.
Penitsillinning natriyli tuzini venaga yuborish ham mumkin. Bir kecha-kunduzda
2000000-12000000ED dozada tomchilash yo‘li bilan venaga yuboriladi. Penitsillinning
katta dozasi m/o yuborilganda, uni orqa miya kanaliga yuborish zarurati yo‘qoladi.
Davolash jarayonida penitsillin dozasini kamaytirish mumkin emas, aks holda meningit
alomatlari darrov zo‘rayadi. Penitsillin bilan davolash harorat tushib, meningial
simptomlar yo‘qolguncha davom ettiriladi. Davo boshlanganidan 5-6 kun o‘tgach
bemorga endolyumbal punksiya qilinadi. Agar likvorda pleotsitoz kamayib, 1ml dagi
hujayralar soni 100 dan kam va ular asosan, limfotsitlardan iborat bo‘lsa, davolash natija
bergan bo‘ladi. Demak, penitsillin yuborishni to‘xtatish mumkin. Agar bemor organizmi
penitsillinga nisbatan sezuvchan bo‘lsa, u hоldа tetratsiklin yoki levomitsetin ishlatiladi.
Tetratsiklin m/o kuniga 25 mg/kg hisobidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |