52
Musiqa darslarida o‘quvchilarga badiiy so‘zlash, kuylash, raqsga tushish
o‘rgatadi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf kursida o‘quvchi eng ommalashgan
musiqa asboblaridan birini chala oladigan bo‘lmog‘i kerak.Tasviriy san‘atda esa
qiyish-yopishtirish,
modellar yasash, surat solish, rang tanlash masalalari asosiy
o‘rinni egallaydi.
Sport ham ta‘limning shu jabhasiga kirib, bolalar bunda yugurish, sakrash,
emaklash, turli shakllarda yurish kabi mashqlarni bajaradilar. Sport mashg‘ulotlari
va musobaqalari jarayonida bolalarni o‘zini idora eta olishi, bir-birini qo‘llab-
quvvatlashi, do‘stlik va hamjihatlilikni tarbiyalashga asosiy e‘tibor qaratiladi.
Shunday qilib, fransuz maktablarining maktabgacha va boshlang‘ich
ta‘lim bosqichida savodxonlikka, o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga
mustahkam
zamin yaratiladi, o‘quvchining o‘z kuchi, qobiliyati va imkoniyatiga
ishonch tarbiyalanadi. Bu bosqich maktabda o‘quvchining dastlabki bosqichda
qanday holda qabul qilib olinishidan qat‘iy nazar, uni maktab hayotida bosh rolni
o‘ynashga muvaffaq bo‘lishidan iboratdir.
O‘quvchilarni maktabning yuqori bosqichlariga puxta tayyorlab berishda
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas‘uliyati (javobgarligi ham deyish mumkin)
nihoyatda yuqori. Bu mas‘uliyatni ―Ta‘lim haqidagi davlat Qonunida alohida
ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘quvchilar bilan individual ishlash, ularni rag‘batlantirish,
shaxsiy
qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta‘limda uzluksizlik va vorislikni
ta‘minlab berish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarigaqo‘yilgan bosh talabdir.
Boshlang‘ich maktabda dars jadvali va kun tartibini to‘g‘ri, odilona
tuzishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta‘lim
vazirligi ―o‘quvchi tabeli joriy etgan. Bu tabel orqali maktab va uning pedagogik
jamoasi, hamda xodimlari ota - onalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib turadilar.
Ta‘limni turli sikllar orqali amalga oshirish fransuz ta‘lim tizimiga keyingi
yillarda kirib kelgan yangilik, deb baholash mumkin. Aynan ta‘limdagi
sikllashtirish, unga vorislik,
uzluksizlik, bolalar individual qobiliyatlarini butun
boshlang‘ich ta‘lim jarayonida ta‘minlab beruvchi omildir.Bundan tashqari ta‘limni
53
sikllashtirish o‘qituvchi faoliyatiga keng erkinlik beradi, uning pedagogik
mas‘uliyatini oshiradi.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir
so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bolalar bilimiga mas‘ul ekan, uning uslub tanlashiga,
mustaqil harakat qilishiga to‘la erkinlik ham beriladi.
O‘quvchilarga boshlang‘ich maktabning dastlabki uch sinfida bir
o‘qituvchi dars beradi. Uning nomzodini pedagogik va ota - onalar jamoasi
aniqlaydi. Bolalarni yosh xususiyatiga qarab bilim berish tamoyili mavjud.Lekin u
yoki bu sababga ko‘ra o‘quvchilarning sinfdan-sinfga ko‘chmay qolish hollari tez-
tez uchrab turishi tufayli ularning yosh jihatdan farqlari ham turlicha bo‘lib qolishi
mumkin.
1990 yildagi
hukumat qaroriga muvofiq, maktabgacha va boshlang‘ich
ta‘limga modullashtirish, bolalarning bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab
tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berildi. Bunday dars
jadvallari bir yilga, yarim yilga, choraklar bo‘yicha
alohida-alohida tuzilishi
mumkin. So‘nggi yillarda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga puxta bilim berish, ota
- onalar tomonidan esa o‘z farzandiga yetarli sharoit yaratish, ularning
bilimolishlariga mas‘uliyat bilan qarash ifodalangan bitimlar tuzish odat tusiga kirib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: