48
tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kiribkelishi, o‘quv predmetlaridagi
integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi
shaxsni har tomonlama kamol
topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari
sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish,
shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda
maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida
ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil
etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy
fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning
davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili
5 chorakka bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki
va tushdan keyingiqismlarga
bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa
predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda
matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi,
jismoniy tarbiya
predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha
amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro
mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln.kishini tashkil
qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600ta
litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21%
mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan,
lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln
kishini
tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir.Davlat hududida 7
mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat
byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga
tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi.
Maktabgacha ta’lim.
Fransiya ta‘lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya
tashkil etadi. Bu maktabning ta‘limiy vazifasi: boshlang‘ich maktabga tayyorlash,
bolalarni o‘zini namoyon qilishga o‘rgatish. Bu bosqichni ―”Onalar maktabi
”
deb
ham yuritiladi. Maktabgacha ta‘lim majburiy emas. Unga 2 yoshdan qabul qilinadi,
yoshiga qarab eng
kichik guruh, kichik guruh, o‘rta guruh va katta guruhlarga
bo‘linadi. 3 yoshdan ―Onalar maktabiga borishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: