99
yog‘ va boshqa organik aralashmalarni yonishi yuz beradi.
Shu bilan birga metall
qisman oksidlanadi va kuyadi. Quritgich mazut yoki tabiiy gaz bilan isitiladi. Turli
metall asosli qirindilarni yog‘sizlantirish liniyasining texnik xarakteristikasi
quyidagi 4.1-jadvalda keltirilgan.
4.1–jadval.
Turli metall asosli qirindilarni yog‘sizlantirish liniyasining texnik xarakteristikasi
Ko‘rsatgichlar
Alyuminiy asosli,
%
Bronza-latun
asosli, %
Dastlabki qirindi tarkibi: %:
suv
20 gacha
10-16
moylovchi-sovutuvchi suyuqlik
12-18
10-16
erkin temir
8 gacha
10 gacha
tuproq chiqindilari
6 gacha
4 gacha
Harorati:
0
S:
kuydirish
350-400
300-350
barabanga kirishdagi qirindilar
700 gacha
700 gacha
barabandan chiqishdagi qirindilar
200 gacha
200 gacha
ajralayotgan gazlar
200
200
Qirindilarni yog‘sizlantirishda va quritishda minimal oksidlanishni va 0,05 foizdan kam
tarkibli qoldiq yog‘larni hosil bo‘lishini Intal (Buyukbritaniya) qurilmasi ta’minlaydi. Bu
quril ma (4.2-rasm) uchta seksiyadan tashkil topgan barabanga ega;
birinchi seksiyada
yoqilg‘ini yoqish hisobiga qirindilar isitiladi, ikkinchisi issiqlik izolyasiyasiga (shamotli
qoplama) ega, uchinchisini qoplamasi yo‘q. Shunga mos holda,
qirindiga ishlov berish
jarayoni uchta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, qirindi 400-500
C
haroratgacha qizdirilganda, namlik bug‘lanadi va qisman yog‘ yonadi.
Ikkinchi zonada
quritish jarayoni tugallanadi va uchinchi bosqichda qabul qilgich tomondan kelgan havo
bilan qirindi sovitiladi.
100
Qirindilarni sovitishda havo qiziydi va ikkinchi qismga (bo‘lim) o‘tib, u erdagi yog‘ va
suv bug‘larini birinchi qismga olib o‘tadi. Bu erga yog‘ bug‘lari qisman yonadi,
aralashmani qolgan qismi oxirigacha yoqish kamerasida yonib ketadi. Qirindilarni
oksidlanishini oldini olish uchun barabanni birinchi qismida tiklanuvchi atmosfera
ushlab
turiladi.
4.2-rasm. Qirindilarni oksidlanishsiz kuydirish qurilmasi:
1-quritish va sovitish bo‘linmasi; 2-tishli gardish; 3-yuklash kamerasi; 4-kontaktli tasmalar;
5-oqizuvchi qabul navlari; 6-tayanch roliklari; 7-tirkovchi rolik; 8-uzatma; 9-tayanch
roliklari; 10
-bilvosita qizdirish kamerasi; 11-bilvosita qizdirish forsunkasi; 12, 18, 20-
birlamchi
havo
ventilyatorlari;
13-tebranma
oziqlantiruvchi;
14-tarelkasimon
oziqlantiruvchi; 15 -bunker; 16-sath indikatorlari; 17-yordamchi
gorelka ventilyatori; 19-
forsunka; 21 -oxirigacha yoqish kamerasi; 22-tutun chiqish trubasi; 23-gaz yoli; 24-
termoparalar; 25 -birinchi quritish seksiyasi; 26-qizdirish kamerasi.
Oxirigacha yoqish kamerasi silindrsimon va shamotli g‘isht bilan qoplangan. Bu
kamera birinchi zonaga gaz yo‘li bilan bog‘langan. Kamerada forsunka o‘rnatilgan va
750
S harorat ushlab turiladi, shu haroratda yog‘ bug‘lari butunlay yonadi.
Qurilmani me’yorida issiqlik ishlashiga - qirindidagi yog‘
va suv nisbati katta
ahamiyatga ega. Birinchi zonada yog‘ tarkibi kam bo‘lganda yog‘ bug‘lari kam hosil
101
bo‘ladi va yonish bo‘lmaydi; ish haroratini bir xilda ushlab turish uchun bilvosita qizitish
kamerasida yoqilg‘i yoqish zarur. Qirindi tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lsa, birinchi
qismda harorat me’yoridan o‘tib ketadi. Haroratni bir xilda ushlab turish uchun qirindidagi
yog‘-suv nisbati bir xilda ushlanadi, ya’ni barabanga uzatishdan oldin suv yoki yog‘ bilan
to‘yintiriladi. Intal quritgichlari barabanning o‘lchamlariga qarab 320-16800 kg/soat ishlab
chiqarishga unumdorligiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: