O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet71/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Jahon mamlakatlari milliy pul

birligining nomlari


Mamlakat


Milliy puli

Mamlakat


Milliy puli

Mamlakat


Milliy puli

Avstraliya

Dollar

Kanada

dollar

Ruminiya

leu

AQSh

Dollar

Qatar

riyal

Salvador

colon

Albaniya

lek

Keniya

shilling

Samoa

tala

Aljir

dinar

Kipr

pound

Saudiya Arabiston

riyal

Angola

kwanza

Qirg‘iziston

som

Senegal

frank

Argentina

peso

Qozog‘iston

tenge

Singapur

dollar

Armaniston

dram

Kongo

frank

Slovaniya

koruna

Afg‘onistan

afghani

Koreya

won

Sudan

pound

B.A.E

dirham

Kosta Rika

colon

Suriya

pound

Bangladesh

taka

Quvayt

dinar

Serra – Leon

leone

Baxrayn

dnar

Latviya

lats

Tojikiston

somoni

Belarussiya

rubel

Leviya

Omani

Tanzaniya

shilling

Bolgariya

lev

Litva

litas

Togo

frank

Boliviya

boliviano

Mavritaniya

ouguiya

Trinidad va Tobago

dollar

Bosnya va Gersogavena

marka

Makao

pataca

Turkiya

lira

Botsvana

pula

Makedoniya

denar

Uganda

shilling

Braziliya

real

Malayziya

ringgit

Ukraina

hryvnia

Burundi

frank

Mali

frank

Urugvay

peso

Buyuk Britaniya

sterling

Marokko

dirham

Filippin

peso

Vengriya

forint

Meksika

peso

Hindiston

rupee

Venesuela

bolivar

Misr

pound

Xitoy

yuan

Vetnam

dong

Mozambik

metical

Chad

frank

Gvatemala

quetzal

Moldoviya

lev

Chexiya

koruna

Gong Kong

dollar

Mongoliya

togrog

Chili

Peso

Grenada

dollar

Namibiya

dollar

Shvesariya

frank

Gruziya

lari

Nigeriya

frank

Shvesiya

krone

Daniya

krone

Niderlandiya

guilder

Shimoliy Afrika

rand

Dominika

peso

Nikaragua

cordoba

Shri Lanka

rupee

Yevropa Ittifoqi

euro

Norvegiya

krone

Ekvador

sucre

Jordan

dinar

Ozarbayjon

manat

Eron

rial

Zambiya

kwacha

Paragvay

guarani

Estoniya

kroon

Zimbabe

dollar

Pokiston

rupee

Efiopiya

birr

Indoneziya

rupiah

Polsha

zloty

Yamayka

dollar

Iroq

dinar

Panama

balboa

Yaman

rial

Isroil

sheqel

Rossiya

ruble

Yangi Zellandiya

dollar

Kamerun

frank

Ruanda

frank

Yaponiya

yen


Baho masshtabi – bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni, qog‘oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971 – 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog‘oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan bo‘ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan AQSh dollari, yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi. Mamlakatda baholar masshtabi milliy pul birligi va uning elementlari orqali o‘lchanadi. Masalan, O‘zbekistonda “So‘m” va 100 tiyin.

Pulning turlarimalakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va tangalar to‘lov vositasini bajaradi.

Banknota (bank biletlari) – bu qonuniy to‘lov vositalari hisoblanib, mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi.

Xazina biletlari – qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo‘lib, oltin va kumushga almashtirish mumkin bo‘lmagan. Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy etilgan bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul chiqarish huquqini o‘zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to‘liq Markaziy bank mas’ul ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini muomalaga chiqarmaydi. Agar bdyujet taqchilligini qoplash uchun mablag‘ zarur bo‘lsa ushbu mablag‘ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi.

Tanga – metall quymadan, mamlakatning qonuniy to‘lov vositasi sifatida turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar “maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo – sotiq ishlarida qaytimlarni berishda qo‘llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va sotib olish qobiliyati yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qimmatliklar bilan ta’minlanadi.

Pul muomalasini tartibga solishning usullari. Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.

Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Xususan:

a). Mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‘lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini bermaydi.

b). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, mamlakatda importning hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini rivojlanish, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi.



Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish