O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


Xalqaro hisob – kitoblarning vujudga



Download 7,09 Mb.
bet215/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

19.4. Xalqaro hisob – kitoblarning vujudga

kelishi va mohiyati
Xalqaro valyuta hisob – kitoblarning vujudga kelishi va rivojlanishining asosida mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar almashivuning mavjudligi, kapital aylanmasining vujudga kelishi va uning hajmini doimo ortib borishi yotadi. Xalqaro hisob – kitoblar xalqaro tashqi tovar va xizmatlar aylanmasini tashkil etish, tijorat va notijorat operatsiyalarni amalga oshirish, kreditlar berish va kapital xarakatida namoyon bo‘ladi.

Xalqaro hisob – kitoblar – turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar natijasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarni tartibga solish usullaridir. Mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy hajmi xorijiy valyutalarni ko‘chirish, ya’ni xalqaro hisob – kitoblar asosida amalga oshiriladi.

Xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy mamlakatlardagi bo‘limlari yoki xorijiy banklar bilan o‘rnatilgan vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik munosabatlari) foydalaniladi. Korrespondent munosabatlarda “loro” (xorijiy banklarning mahalliy banklardagi), “nostro” (mahalliy banklarning xorijiy banklardagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob – kitoblarda qo‘llaniladigan korrespondent hisobraqamlar ochilganda banklar o‘rtasida ushbu hisobraqamlar bo‘yicha hisob – kitoblarni amalga oshirish tartibi, komission to‘lovlarning miqdori, sarflangan mablag‘larni to‘ldirish yo‘llari va boshqa masalalarni bajarish haqida o‘zaro kelishuv tuziladi.

Banklar xalqaro hisob–kitoblarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish maqsadida likvidli valyutalarda zarur miqdordagi valyuta pozitsiyalarni taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e’tibor amalga oshiriladigan hisob–kitoblarni belgilangan muddat va miqdorda to‘lab berishga qaratiladi.

Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki, xalqaro hisob–kitoblarni amalga oshirayotgan banklar “nostro” hisobvaraqalari bo‘yicha tegishli valyutada daromad olish, shuningdek, ushbu mablag‘larni jahon ssuda kapitali bozorlarida valyutali aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.

Xalqaro hisob – kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi. Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning yetakchi mamlakatlari milliy valyutasi to‘lov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga qadar funt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trattallar) xalqaro hisob–kitoblar bo‘yicha operatsiyalarning 80 foizini bajardi.

Mamlakatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va ularning iqtisodiyotini rivojlanishida o‘zaro mutanosiblikning vujudga kelishi bois, angliya funt sterlingi xalqaro hisob–kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga, 1999 yilarning boshida esa 5 foizga tushib qoldi.

AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga yetdi, 2000 yillarning boshida yevro, yaponiya ienasi, shvesariya franki va boshqa yetakchi mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to‘lov vositasi sifatida foydalanila boshlandi, natijada AQSh dollarining xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan ayrim hisob – kitoblarda 1970 yildan SDR (spesialnыe prav zaimstvovaniya), 2000 yildan so‘ng yevro faol qo‘llanila boshlandi.

Xalqaro hisob – kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni to‘lov vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob – kitoblardan, balki xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standarti eng rivojlangan davrda ham xalqaro hisob–kitoblarda undan to‘lov balansining passiv qoldig‘ini to‘lashda foydalanildi. Oltin standartining bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullarni almashtirish to‘xtatilgandan so‘ng xalqaro majburiyatlarni oltinga to‘lash zaruriyati yo‘qoldi.

Biroq, ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy–iqtisodiy barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga nisbatan ishonchning yo‘qolishi natijasida xalqaro hisob – kitoblarda oltindan foydalanish hollari amaliyotdan ma’lum.

Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob–kitoblarning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi davrda (1950 – 1958 yillarda) ayrim ko‘p tomonlama hisob – kitoblar dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan to‘langan.

Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o‘zining to‘lov balansi barqarorligini ta’minlash maqsadida oltin zaxiralarini dunyoning yetakchi valyutalariga sotadi. Bu o‘z – o‘zidan ko‘rinib turibdiki, oltin xalqaro hisob – kitoblarda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etmasdan, oltin bozorlari orqali hisob – kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda.

Xalqaro hisob – kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar ta’sir etadi. Xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va qoidalari, shuningdek, moliya – kredit tizimining rivojlanganlik darajasi shular jumlasidandir.


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish