7. Qiymatning virtual – pul shakli. Qiymatning ushbu shakli “kriptovalyuta” – raqamli valyutalar ko‘rinishida bo‘lib, ularni vujudga kelishi (ishlab chiqishi, muomalaga kiritilishi) va nazorati markazlashmagan holda kriptografik (dasturiy ta’minot) metodlar yordamida amalga oshiriladi.
“Kriptovalyuta” termeni dastlab 2009 yillarda Satosi Nakamoto taxallusi ostida bir yoki bir guruh dasturchilar tomonidan “Bitkoyn” to‘lov tizimi paydo bo‘lgandan keyin foydalanila boshlangan. Qiymatning kriptovalyuta shakli dastlab konfidensial to‘lov vositasi sifatida Devida Choma kompaniyasi tomonidan 1990 yillardan DigiCash tizimida yaratilgan va foydalanilgan, 1988 yillarda kompaniya bankrotlikka uchragandan so‘ng uning amal qilish ham to‘xtagan12, (darslikning kripto – pullar bo‘limiga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |