6. Qiymatning elektron – pul shakli. Qiymatning elektron – pul shakli keng qamrovli qiymat tushunchasi bo‘lib, banklarning hisob varaqlari va plastik kartochkalarda maxsus kompyuter tizimlarining dasturiy ta’minotlari (Globus8, NCI9, ASBT10, IABS11, Click, PayMe va boshqalar) yordamida saqlanadi va tegishli maqsad uchun o‘tkaziladi hamda boshqa zarur operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Qiymatning elektron – pul shaklini amal qilishi, saqlanishi va ulardan foydalanish jaryoni hukumatning tegishli qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |