Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;
– ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi.
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan. Pul paydo bo‘lgandan to hozirgi kunga qadar turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Xususan, ular natural, metall, qog‘oz, kredit, elektron va kripto pullardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |