Kreditning sub’ektlari bo‘lib, kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar tushuniladi, ya’ni kreditor va kredit oluvchilar.
Kreditning ob’ekti bo‘lib esa kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklar hisoblanadi.
Kredit berishdan maqsad esa vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridan qo‘shimcha daromad olish (foiz shaklida) bo‘ladi, yoki ishlab chiqarish davrining uzluksizligini (tovar krediti olinganda) ta’minlashga bo‘lgan talabini qondirish hamda davlat budjetining vaqtinchalik kamomadini qoplashdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning amaliyotda qo‘llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti, bank krediti, iste’mol (ipoteka) kreditlari, tijorat krediti, xalqaro kredit mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |