Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Abu Rayhon Beruniy 
(973–1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod 
etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta 
asardan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida 
yoshligidan riyoziyot va falakiyotni oʻrganib, 16-17 yoshlaridayoq 
Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan oʻlchagan. Oradan 30 yil 
oʻtgach, Beruniy yoshligida oʻzi oʻlchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, 
ular anchagina ishonchli boʻlganligini ta‘kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh 
tutilishini kuzatish bilan shugʻullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy 
Osiyoda birinchi bor Yer globusini yaratdi. Oʻzidan oldingi ajdodlar qoldirib 
ketgan koʻplab kitoblarni oʻrganadi va bizgacha etib kelgan, turli xalqlarning 
yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – ―Osorul boqiya‖ (―Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar‖)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, 
sugʻdiylar, xorzamiylar va boshqa koʻplab qabila va xalqlarning barcha 
davrlari, 
bayram 
hamda 
taqvimlari, 
shuningdek 
Sharqning 
turli 
mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi toʻla bayon etilgan. Bu asarda 
Beruniy oʻzini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, 
suryoniy va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon 
etdi
.
Uning tabiatni oʻrganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning 
oʻzaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun‘iy 
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa‘rida roʻy beradigan geotektonik 
siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda oʻzgarib turishi, Yer yuzida 
odamlarning turli-tuman qiyofasini ilmiy asoslovchi geografik determinizm 
ta‘limotini ilgari surgan. 
Beruniy barcha unsurlar, shuningdek, ogʻirroq 
unsurlarning boshqa unsurlardan oldin markazga intilishi toʻgʻrisida gapirib, 
―Hamma unsurlar markazga qarab intiladi, lekin vazminroqlari boshqa 


80 
unsurlardan oʻzib ketadi‖
1
, deb ta‘kidlaydi. Beruniy ―Hindiston‖ asarida 
unsurlarning yerga oddiy intilishi toʻgʻrisida emas, balki barcha 
ogʻirliklarning Yer markaziga tortilishi haqida fikr yuritadi. Beruniyning Ibn 
Sinoga bildirgan e‘tirozlarida muhitning ogʻirligini e‘tirof etishi bu fazo 
jismlari bilan Yer oʻrtasidagi tortilish kuchlari borligini tan oladigan fikrga 
yaqinlashganligini koʻrsatadi. 
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi toʻgʻrisidagi taxmini uning 
falsafiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Beruniy boshqa dunyo haqida fikr 
yuritar ekan, boshqa moddiy dunyo ehtimol bizning dunyomiz singari tabiiy 
xususiyatga ega boʻlib, ―harakat yoʻnalishlari esa, bizning dunyomizdagi 
harakat yoʻnalishlaridan farq qiladi‖, deydi
2
.
Buyuk tabiatshunos Beruniy oʻzining salaflari, xususan, Ahmad 
Fargʻoniy va Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini 
rivojlantirib, yanada chuqurlashtirdi. Uning aytishicha, ―Kuzatishning 
koʻpligi koʻrilgan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi‖. Beruniy 
oʻzining oʻgitida: ―Biliming shundayki, u yalangʻoch boʻlsang ham oʻzingda 
qoladi, uni hammomga kirganingdagi xoʻllik ham yoʻqota olmaydi‖, -deydi. 
Beruniy inson xotirasini ―Allohning tuhfasi‖, deb hisoblaydi. U ―tirishqoqlik 
va koʻp shugʻullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin‖
3
, -deydi.
Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqda tajribaga tayanuvchi 
fanlarning asoschilaridan boʻlgan Beruniy tabiat hodisalarini bilishdagi 
nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning ahamiyatini benihoya katta ekanligini 
uqtirib oʻtadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar haqiqatini bilishga taalluqli 
hamma masalalarni har taraflama oʻrganish zarurligini koʻrsatadi va bu bilan 
notoʻgʻri yoʻlga tushib qolishdan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. U shunday 
yozadi: 
―Xabar koʻz bilan koʻrgandek boʻlmaydi, degan kishining soʻzi juda 
toʻgʻridir. Chunki koʻrish koʻringan narsaning oʻzi bor paytida va oʻz joyida 
turganida qarovchi koʻzining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolgʻon-
yashiqlar qoʻshilmaganda, u koʻrishga nisbatan ortiqroq oʻrinda turgan boʻlar 
edi. Chunki koʻrish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa 
narsaning koʻringan payti va vaqtdan ilgari oʻtgan va keyin keladigan 
hollaridan darak beradi; ana Shuning uchun xabar mavjud narsalardan ham
kelajak narsalardan ham darak beraveradi. Yozish xabar turlarining biri 
boʻlib, uni boshqa turlardan koʻra afzalroq hisoblash mumkin; qalamning 
mangu yodgorliklari boʻlmaganda, xalqlarning tarixini qanday bilar edik?! 
Soʻngra, odatda boʻlgan hol haqida berilgan xabar bir xil emas, balki 
rost va yolgʻon boʻlishi mumkin‖
4
.
1
Шарипов А. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой.//Общественные науки в 
Узбекистане, –№ 5. 1965, –С.39. 
2
Ўша жойда.
3
Ўша жойда.
4
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд, –Т.: Фан, 1965. –Б.25.


81 
Kuzatish, koʻrish, tajribalar qilish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish, 
ma‘lumotlarni toʻplash, xalq ogʻzaki ijodi, yozma yodgorliklarni oʻrganish, 
barcha xabar, manba‘larga tanqidiy qarash haqiqatni aniqlash uchun ularni 
bir-biri bilan taqqoslab koʻrish, til qurilishini, yozuvlarni oʻrganish – bular 
hammasi oʻrta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy ilmiy 
usulining asosini tashkil etadi.
Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta‘sirida 
shakllangan. U modda va zamon, qonuniyat, zarurati va tasodifiyat, harakat 
va rivojlanish, ziddiyat sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta 
e‘tibor bergan. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim oʻrin tutadi. 
Beruniy fikricha bilishga boʻlgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, 
bu oʻziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini 
qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib bergan ma‘lumotlardan boshlanadi. Ular 
bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun oʻziga xos koʻmakchi va asos 
boʻlib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali 
belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari oʻrganiladi, ularning 
miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib 
boradi. Beruniy fikriga koʻra, inson qiyofasi tabiat ta‘sirining natijasidir. 
Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson Cheksiz sa‘y-harakatlar oqibatida 
tubdan oʻzgartirishi mumkin. Har bir kishi oʻz xulq-atvorining sohibidir. 
Jamiyat tadrijiy oʻzgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun 
gʻamxoʻrlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tugʻi ostida 
boshqarish mutafakkirning idealidir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish