Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

muammoli vaziyat
bilish taraqqiyotining 
turli bosqich va boʻgʻinlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud 
tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini oʻzgartirishning obyektiv 
zaruriyatidan iborat, deyish mumkin. 
Muammoni qoʻyish va hal etish 
Muammo
– javobi bevosita mavjud bilimda boʻlmagan va echish usuli 
noma‘lum boʻlgan savoldir. 
SHuning uchun ham muammoni qoʻyish va hal qilish mavjud 
bilimlarni qayta ishlash, ba‘zi hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga 
chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirib topishni taqozo etadi. 
Qanday muammolarni ilgari surish va muhokama qilish xususiyatini amaliy 
faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi. 


434 
Koʻlamiga koʻra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha davlat 
miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish mumkin. Bu 
muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni toʻgʻri 
qoʻyish va aniq bayon qilishdan iborat. Toʻgʻri qoʻyilgan savol muammoning 
yarim yechimi hisoblanadi. Muammoni toʻgʻri qoʻyish uchun muammoli 
vaziyatni aniq tasavvur qilishning oʻzi etarli emas. Har qanday muammoning 
yechimi ilmiy asoslangan boʻlishi kerak. Buning uchun muammoni hal 
qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan koʻra bilish muhim 
ahamiyatga ega.
Muammolarni qoʻyishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va 
qobiliyati muhim ahamiyatga ega boʻladi. Odatda, koʻp hollarda yangi 
muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy 
tajribaga ega va chuqur bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular 
ba‘zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy 
ma‘naviyatimizga yot gʻoyalarning yoshlar ongiga salbiy ta‘siri 
muammosining qoʻyilishi va tadqiq etilishi misolida koʻrish mumkin. 
Ma‘lumki, OAV, Internetdagi ayrim ma‘lumotlar endigina ma‘naviy olami 
shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqiqatni yolgʻon, uydirmadan farqlashga 
etarli boʻlmagan yoshlarda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy 
ta‘sir koʻrsatmoqda. YOsh avlod ma‘naviy olamining daxlsizligini asrash 
jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo faylasuflar, 
gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq etilmoqda. 
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yondashish 
mumkin boʻlganligi uchun ham hal qilinishi lozim boʻlgan vazifa turli xil 
muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‘zi muammolar asosiy 
vazifani ifoda qilsa, ba‘zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va 
Shuning uchun ham juz‘iy xususiyatga ega boʻladi. Koʻp hollarda bir-biri 
bilan bogʻlanib ketgan mana shunday juz‘iy muammolar hal qilingandan 
keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati 
vujudga keladi. 
Muammolarni toʻgʻri qoʻyish va bayon qilish ularni echishdan kam 
ahamiyatga ega emas. Muammoni toʻgʻri qoʻyish uchun uning ilmiy bilish 
taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan oʻrni va ahamiyatini toʻgʻri baholash, 
uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qoʻyilishi mumkin 
boʻlgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va toʻgʻrisini tanlab olishni 
bildiradi. Muammoni tanlash ma‘lum bir darajada tadqiqotning umumiy 
yoʻnalishi va xususiyatlarini belgilab beradi. 
Oxir-oqibatda 
qaysi 
muammoni 
qoʻyish 
amaliy 
faoliyatimiz 
ehtiyojlariga bogʻliq. CHunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning 
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari oʻrtasidagi ziddiyat 
yaqqol namoyon boʻladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda 
bilish oldiga konkret vazifalar qoʻyiladi. 


435 
Ilmiy muammo, odatda, ma‘lum bir nazariya doirasida vujudga keladi 
va uning yordamida hal qilinadi. Ba‘zi hollarda esa muammo mavjud 
nazariya‘ni oʻzgartirish va muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi. 
Muammoni echish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib boʻlmaydigan fakt va 
hodisalar aniqlanadi; 
b) muammoni hal qilish gʻoyalari va metodlarini tahlil qilib, ularga 
baho beriladi; 
v) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tekshirish 
yoʻllari belgilab olinadi; 
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan gʻoyalar 
oʻrtasidagi aloqaning xususiyatlari koʻrsatiladi. 
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni echishga 
kirisxiladi. 
Barcha muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha 
aytganda, muammoning mutlaq toʻla yechimini topish qiyin. CHunki 
oʻrganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib boʻlmaydi. 
Shuning uchun ham ilmiy izlanish davomida yangi muammolar vujudga 
kelishi mumkin boʻlib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo 
etadi.
Ba‘zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib 
boʻlmaydi. Masalan, rak kasalining sababini oʻrganish bilan bogʻliq muammo 
hozirgacha toʻla hal boʻlmagan. 
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan 
fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib 
boʻlmaslikni koʻrsatadi xolos, va shu tariqa echishning yangi vositalarini 
qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish 
davom etadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish