Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ana’logiya’ning chin boʻlish shartlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 Ana’logiya’ning chin boʻlish shartlari. 
Ana‘logiya‘ni turlarga 
ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e‘tibor beriladi. SHu jihatdan 
ana‘logiya‘ni 
qat’iy (aniq), qat’iy boʻlmagan, noaniq
va 
xato ana’logiya
ga 
ajrata‘miz.
Qat’iy 
ana’logiya’ni
ng 
oʻziga 
xos 
xususiyati 
shundaki, 
koʻchirilayotgan va oʻxshatilayotgan belgilar oʻrtasidagi aloqa zaruriy 
boʻladi. Aniq fanlardagi modellashtirishda fikr qat‘iy ana‘logiya shaklida 
yuritiladi. 
Qat’iy boʻlmagan ana’logiya
da oʻxshash boʻlgan va koʻchirilayotgan 
belgi oʻrtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega boʻladi. Ijtimoiy, 
tarixiy voqealarni oʻrganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari 


423 
olib borilganda fikr yuritish qat‘iy boʻlmagan ana‘logiya tarzida boʻladi. 
Ja‘loliddin Rumiyning quyidagi fikrlarini qat‘iy boʻlmagan ana‘logiyaga 
misol boʻladi: ―Umid va kutmoq insonning qanotidir. Qanotlar qanchalik 
baquvvat va sogʻlom boʻlsa, u shunchalik yuksakka ucha oladi. Umidsiz 
qolsa-chi, ta‘mballashadi, oʻzi xayr qilolmagani etmaganidek, bandalik 
vazifalarini ham ado etolmaydi.‖
1
Noaniq ana’logiyada 
xulosaning chinligini ham, yolgʻonligini ham 
aniqlab boʻlmaydi. Masalan: 
Xorijga ishlagani ketgan tanishlarim yaxshi yashayapti, koʻp pul 
topayapti, uyidagilariga pul yuborayapti. 
Men ham xorijga ishlagani borsam, yaxshi yashayman va koʻp pul 
topaman.
 
Demak, men ham uydagilarga koʻp pul yuboraman. 
Xulosaning noaniq boʻlishiga sabab, koʻchirilayotgan belgi (yaxshi 
yashash, koʻp pul topish) xorijga ishlagani boradiganlar uchun zaruriy emas. 
Xato ana’logiyada 
tasodifiy belgilar zaruriy, doimiy holat sifatida asos 
qilib olinadi. Masalan:
 
Avvalgi kuni bexosdan tuz toʻkilib ketgani uchun uyda janjal boʻldi. 
Hozir ham tuz toʻkilib ketdi. 
Demak, yana janjal boʻladi. 
Ana‘logiya boʻyicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini 
oshirish uchun, ya‘ni xulosaning chin boʻlish ehtimolini oshirish uchun 
ma‘lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Taqqoslanayotgan predmetlarning oʻxshash belgilari imkoni boricha 
koʻproq aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa 
chiqarish imkoni ortadi. 
2. Taqqoslanayotgan predmetlarning oʻxshash belgilari predmetlar 
uchun muhim belgilar boʻlishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga 
yaqinlashadi. 
3. Taqqoslanayotgan predmetlarning koʻchirilayotgan belgisi bilan 
boshqa belgilari zaruriy aloqada boʻlishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, 
aniq boʻlish shartlari bajarilgan boʻladi. 
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning koʻchirilayotgan belgisi bilan 
oʻxshash belgilari bir turda boʻlishi kerak. 
5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari miqdori 
kam boʻlishi va bu belgilar zaruriy, muhim boʻlmasligi shart. Agar 
predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, 
ana‘logiya‘ning xulosasi xato boʻladi. 
YUqoridagi qoidalarning buzilishi ana‘logiya usuli orqali chiqarilgan 
xulosaning xato boʻlishiga sabab boʻladi. 
1
Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичингдадирТ.: Янги аср авлоди. 2003.- 76-б. 


424 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish