Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. 
Shakllanish, oʻzgarish va rivojlanish tushunchalari. 
Asrlar mobaynida insoniyat ongida oʻzgarish, rivojlanish, taraqqiyot 
yoki turgʻunlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. 
Dastlab bu gʻoya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, 
shakllanishi haqidagi tasavvur koʻrinishida uygʻongan. Insonlar ongida 
tarixiy jarayonda hosil boʻlgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion oʻzgarishlar, 
jamiyat rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar 
turmush tarziga ta‘siridan olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar 
haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma 
narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma‘lum muddat oʻtgach «oʻzining 
dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va 
yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo 
yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u 
boʻlgan, bor, boʻladi va u mangu alangalanib va soʻnib turuvchi olovdan 
iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari 
borliqning doimiy ravishda harakat, oʻzgarish va rivojlanishda boʻlish 
gʻoyasini talqin qiluvchi ta‘limotlar yaratdilar.
Sharq falsafasida ham zardushtiylikning abadiylik va cheksizlikni targʻib 
qiluvchi dualistik ta‘limoti borliqning atributi boʻlmish abadiy va toʻxtovsiz 
harakat gʻoyasini targʻib qiladi. Hindiston va Yaqin Sharq, Markaziy 
Osiyoning qadimgi an‘analarini davom ettirgan Ilk oʻrta asr Sharq falsafasi 
Islom teologiyasiga borliqning makon, zamon va harakatda abadiyligi va 
cheksizligi gʻoyasini olib kirdi. Bu fikrlar rivojlanishini oʻtmishdan kelajakka 
qarab yoʻnalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim 
gʻoyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va oʻzgarish yotadi. Harakat – 
bu ham bir oʻzgarishdir. Agar harakatni umuman oʻzgarish, ya‘ni har qanday 
oʻzgarish ma‘nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi oʻzgarishdir. 
Rivojlanish jarayonida obyektni tashkil etuvchi barcha elementlar 
1
On the peculiarities of oral history // History Workshop Journal. Oxford, England. #12, Spring, 1981, 96-107. 


252 
oʻzgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-
biriga aloqador holda, kompleks va yaxlit holda oʻzgaradi. 
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit oʻzgarishi natijasida bir 
miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa oʻzgargan miqdoriy va sifatiy holatga 
oʻtadi. Shu tariqa oʻzgarish sistemaning yaxlit oʻzgarib ketishiga (boshqa 
sistemaga aylanishiga) sababchi boʻladi, ya‘ni rivojlanish – bu holatlarning 
aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning oʻtishi nuqtayi nazaridan 
izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon oʻtgan zamonning 
aylangan holati va kelgusi zamonning aylanadigan holati, kelajak esa hali 
aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik aylangan holat 
rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi 
oʻzining yoʻnalishiga egadir. Sistema paydo boʻlishda, yangilanishda, 
goʻllab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va ha‘lokat holatida 
boʻlishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir boʻladi. 
Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha 
soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari 
yoʻnaladi. Bu esa, rivojlanish – yoʻnalishga ega boʻlgan oʻzgarishdir, degan 
xulosani beradi. 
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq 
sistemaning oʻzi boʻlishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u 
bilan yonma-yon yashayotgan boshqa qoʻshni sistemalar bilan oʻzaro 
aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi oʻzgarishlarga 
uchraydi. Bu oʻzgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va 
tashqi 
aloqalarning) 
kuchayishiga 
(progressiv 
rivojlanishda) 
yoki 
susa‘yishiga (regressiv rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi 
aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan sistema har tomonlama oʻzgarishga 
uchraydi. Bunday xilma-xil oʻzgarishlar esa orqaga qaytmaslik xususiyatiga 
egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib 
chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi oʻzgarishlarning bunday 
xususiyatlardan kelib chiqib rivojlanishga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish