Yacheykali gazobeton va ko`pikbeton tayyorlashning innovatsion texnologiyalari
Yacheykali betonlarni ishlab chiqarishda hozirgi vaqtda avtoklav
jarayonisiz ishlab chiqariladigan ko’pikbetonlarga ko’proq ahamiyat berilmoqda,
chunki ishlab chiqarishni tashkiliy afzalliklari mavjud: kam kapital xarajatlar
talab qilinishi, energiyasamarador texnologiya va avtoklav jarayoni
qo’llanilmasligi. Bundan tashqari, transport xarajatlarining kamligi gazbetonni
ishlab chiqaruvchi katta quvvatli zavodlar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni
narxini va raqobatbardoshligini pasaytirishga olib keladi. Bu holat kam quvvatli
zavodlarda va qurilish maydonchalarida avtoklavda qotmaydigan
ko‘pikbetonning ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan yanada samarador ekanligini
ko’rsatadi.
Shu bilan birga, termofizik parametrlari eng samarali o'rtacha zichligi past
bo’lgan ko’pikbetonni ishlab chiqarish, barqaror yacheykali tuzilishi va yuqori
mustahkamliligini ta'minlashning murakkabligi tufayli muammoli hisoblanadi.
Ma’lumki, doimiy zichlikdagi mustahkamlikni oshirishga faqat
ko'pikbeton matritsasining mustahkamligini oshirish orqali erishish mumkin,
xususan, bog'lovchilarning faolligini oshirish, suvning qattiqligining nisbatlarini
kamaytirish, kimyoviy modifikatorlar yordamida, bog’lovchi moddalarning
mexanik kimyoviy faollashuvi va h.k. Ushbu metodlardan foydalanish texnologik
jarayonini sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin, shuning uchun ularni
amalga oshirish texnik va iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.
Sifatli ko‘pikbeton olish usullaridan biri, bu qotish jarayonini
tezlashtiruvchi qo’shimchalarni va tez qotuvchi bog’lovchi moddalarni
qo’llashdir. Yuqoridagi texnologik usullardan foydalanish katta miqdordagi
xarajatlarni talab qilmaydi.
Ko‘pikbeton xossalarini me’yorlashtirish
Mamlakatimizda ko‘pikbetonlarning xossalarini me’yorlashtirish
O’z DSt 712-96 (GOST 25485 – 89) "Yacheykali betonlar. Texnik shartlar"
talablariga muvofiq amalga oshiriladi [2]. Mavjud bo'lgan standartlarni va texnik
shartlarni, yacheykali betondan tayyorlangan mahsulotlarni loyihalash va texnologik hujjatlarni qayta ko'rib chiqishda, shuningdek, ularni ishlab
chiqarishda ushbu standartning talablariga rioya qilinishi kerak.
Ko’pikbeton g’ovak betonlar sinfiga kiradi. Ko’pikbetonlar tarkibidagi
g’ovaklarning o’rtacha o’lchamlari 0,6-0,8 mm dan 2-2,2 mm gacha bo’ladi.
Issiqlik izolyatsion g’ovak betonlarda umumiy xajmiy g’ovaklik
75-90% ni, issiqlik izolyatsion konstruktiv betonlarda esa 40-60%ni tashkil qiladi.
G’ovak betonlarning xajmiy og’irligi keng chegaralarda: 300 dan 1200
kg/m3 gacha bo’lishi mumkin. Qurilish meyyorlari va qoidalari bo’yicha issiqlik
izolyatsion betonlarga xajmiy og’irligi 500 kg/m3
gacha bo’lgan va
300,350,400,450 va 500 markaga ga g’ovak betonlar kiradi.
Issiqlik izolyatsion konstruktiv g’ovak betonlar oddiy issiqlik
izolyatsion g’ovak betonlardan xajmiy og’irligining qiymati bilan
farqlanadi.Ularning xajmiy og’irligi 600 dan 1200 kg/m3
gacha bo’ladi. G’ovak
betonlarning mustaxkamlik ko’rsatkichi uning xajmiy og’irligi bilan
xarakterlanadi.
Betonlar siqilishga bo’lgan mustahkamligi bo’yicha quyidagi aniq sinflarda
xarakterlanadi B0,5; B1; B1,5; B2; B2.5; B3.5; B5; B7.5;B10; B12,5; B15.
O‘rtacha zichlik nuqtai nazaridan, quyidagi betonlarning quruq holatdagi
markalari belgilanadi: D300; D350; D400; D500; D600; D700; D800; D900;
D1000; D1100; D1200. O‘zgaruvchan muzlash va erishga mo‘ljallangan beton
konstruktsiyalar uchun sovuqqa chidamliligi bo’yicha quyidagi aniq
ko’rsatkichlar belgilanadi va nazorat qilinadi: F15; F25; F35; F50; F75; F100.
Beton markasining sovuqqa chidamliligi konstruktsiyaning ekspluatatsiya rejimi
va qurilish maydonlarida tashqi havoning qishki haroratiga qarab tanlanadi.
Ko‘pikbeton ishlab chiqarish texnologiyasi va uning tuzilishi
Ilk marta ko’pikbeton olish texnologiyasi shved arxitektori A.Erikson
tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib [48], u ushbu ixtirosini 1924 yilda halqaro
patent bilan himoya qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |