Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafaning asosiy masalalari
. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy 
nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, 
shuningdek, hayotning ma‘nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» 
falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta‘limotlarda u yoki bu tarzda 
mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi 
davrga mansubligidan qat‘i nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha 
muhokama qilinishining guvohi boʻlishimiz mumkin. Darhaqiqat, ong, 
tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan oʻzaro nisbati 
masalalariga oʻz munosabatini bildirmagan yoki, oʻz mulohazalari va 
xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol oʻz vaqtida 
olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni ta‘riflashiga turtki bergan 
boʻlib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi.
Birinchi jihat moddiylik va ideallikning oʻzaro nisbatiga tegishli. Savol 
shunday qoʻyiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, 
«Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi 
falsafaning buyuk asosiy masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bogʻliq boʻlib, quyidagicha 
ta‘riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz 
haqiqiy dunyo haqidagi oʻz tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni 
toʻgʻri aks ettirishga qodirmizmi?».Bu masalada materialistlar va 
idealistlarning qarashlari ziddiyatli harakterga egadir. 


35 
U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob 
berishiga qarab, dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, 
deb hisoblovchilar materialistlar va dunyo zamirida materiyadan oldin paydo 
boʻlgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni 
himoya qiluvchi idealistlarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – obyektiv va subyektiv idealizm 
farqlanadi. Obyektiv idealistlar - qandaydir nomoddiy va inson ongiga 
bogʻliq boʻlmagan (ya‘ni obyektiv mavjud boʻlgan) narsalar va hodisalarni ( 
Xudo,dunyoviy aql, gʻoya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb 
e‘tirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, 
G.Gegel, 

N.Berdyaev 
kabi 
mutafakkirlar 
obyektiv 
idealizm 
namoyandalaridir. Subyektiv idealistlar - dunyo faqat individual (subyektiv) 
ong mahsuidir deb hisoblaydilar. J.Berkli, D.Yum, I.G.Fixte subyektiv 
idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
Falsafa tarixida materialistik yoʻnalishlar va oqimlar ham anchaginadir. 
Sodda mateializm materiyani yaratish va yoʻq qilish mumkin emasligi 
haqidagi ta‘limotdir. Sodda materializm vakillari :qadimgi xitoy faylasuflari 
– Lao szi, Yan Chju; 
• qadimgi hind faylasuflari – lokayata yoʻnalishi namoyandalari; 
• qadimgi davrning mashhur faylasuflari – Geraklit, Empedokl, 
Demokrit, Epikur va boshqalar.
• qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardoʻsht Sepitoma kabilardir. 
Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan Yangi davrda 
mexanistik materializm (P.Golbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa,keng 
tarqaldi.
XVIII–XIX asrlarda falsafiy materializmning yoʻnalishlari: 
- antropologik materializm (L.Feyerbax); 
- vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott); 
- dialektik materializm (K.Marks, F.Engels) shakllandi.
Biroq,shuni ham ta‘kidlab oʻtish lozimki, mazkur qora materialistlar 
yoki idealistlar deb nomlanuvchi u yoki bu faylasuflar bunday farqlashga 
asossiz sxemalashtirish va soddalashtirish deb qarab, 
oʻzini bu 
yoʻnalishlarning birortasiga ham mansub deb hisoblamasligi mumkin. 
Bunday qarashlar shu bilan izohlanadiki, toʻgʻridan-toʻgʻri va uzil-kesil 
tarzda, bu muammoni tushunishga nisbatan boshqacha yondashuvlarni 
e‘tiborga olmasdan ta‘riflangan «falsafaning asosiy masalasi» muqarrar 
tarzda barcha faylasuflarni ikki katta qarama-qarshi lagerga – materialistlar 
va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim koʻrinishi sifatida faqat 
moddiy va ma‘naviy substansiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi 
dualistlarnigina (masalan, R.Dekart) farqlaydi.
Ammo falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga koʻra eng 
muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli 


36 
aksariyat faylasuflar substansiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza 
yuritar ekan, mazkur masalaning qoʻyilishini «falsafaning asosiy masalasi» 
bilan bogʻlashga moyil emas. Masalan; 
ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo 
nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bogʻlangan. Oʻsha davrda bu savol 
eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
Oʻrta asrlar sxolastikasi nuqtayi nazaridan «falsafaning asosiy 
masalasi» quyidagicha ta‘riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday 
qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, 
xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala boʻlib qolmoqda. Ibn 
Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud 
narsalarni kelib chiqishi, targʻiboti oʻzaro munosabati, biridan-ikkinchisiga 
oʻtishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab 
tamoyillarini asos qilib olishdan iborat
1

Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor boʻlib, u «Inson 
nima?» degan savolni mohiyat e‘tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb 
hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma‘naviy 
erkinlikka mansub boʻlib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat 
mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi 
mavjudotning oʻz-oʻzidan yaratish»
2
natijasidir. 
Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ oʻzi uchun oʻzi hal 
qilishi lozim boʻlgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy 
masala sifatida e‘tirof etiladi, zero, mazkur yoʻnalish namoyandalarining 
fikriga koʻra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa oʻz ma‘nosini 
yoʻqotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu ta‘biri bilan aytganda: 
―Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning 
asosiy masalasiga javob topish demakdir‖
3
. Masalan, pragmatizm asosiy 
e‘tiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu 
yoʻnalish vakillarining fikriga koʻra, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan 
shugʻullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim.
Falsafaning strukturasi. Dunyoni bilish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala, 
«inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u oʻzining haqiqiy 
dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni toʻgʻri aks ettirishga qodirmi», 
degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini oʻzida 
ifodalaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi 
predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil 
munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi 
hisoblanadi: 
1
Ибн Сино. Донишнаме. – М: 1957, с.7. 
2
Кант И. Соч. Т.6, - М: Наука, 1997. С.351.
3
Камю А. Всемирная энциклопедия. Философия. – М.: Современные тетради, 2001. С. 344. 


37 
• ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; 
• gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga koʻra – epistemologiya) – 
bilish nazariyasi; 
• ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta‘limot; 
• etika – axloq haqidagi ta‘limot; 
• estetika; 
• mantiq; 
• aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta‘limot; 
• falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta‘limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini 
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni 
sifatida tanlash (masalan, dunyoga uygʻunlik, goʻzallik, mutanosiblik nuqtayi 
nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) 
belgilaydi. Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtayi 
nazaridan yondashish bilish nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi.
«Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtayi nazaridan 
yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar 
oʻzagini axloqiy me‘yorlar tashkil qilishi etika sohasida namoyon boʻladi.
Shunday qilib, falsafaning asosiy masalasi falsafaning strukturasida 
namoyon boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, uning asosiy masalasi xususida 
mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga 
turli xil javoblar olamiz. Vaqt oʻtishi bilan bu javoblar oʻz dalillar tizimi, 
metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yoʻnalishlarga aylanadi. 
Masalan, borliqda eng avvalo faqat fan doirasida aniqlanishi va til tizimida 
belgilar yordamida ifodalanishi mumkin boʻlgan aloqalar va qonuniyatlarni 
koʻrish maxsus yoʻnalish – pozitivizm, aniqroq aytganda, uning oxirgi 
bosqichi – analitik falsafa nuqtayi nazari bilan muvofiq keladi. Bu erda borliq 
nima degan masala u yoki bu bilimlarni toʻgʻri ifodalash muammosiga, til 
tahliliga borib taqaladi. Analitik falsafa doirasida «lingvistik burilish» amalga 
oshirilgan va til falsafasi butun falsafaning asosi sifatida qabul qilingan.
Pozitivizm falsafani konkret fanlarga qarama-qarshi qoʻyadi va ilmiy 
bilimni dunyoni oʻzlashtirishning birdan-bir ijobiy shakli deb e‘tirof etadi. 
Metafizika falsafaning sinonimi sifatida eng avvalo til mantiqiy me‘yorlari 
nuqtayi nazaridan mazmundan xoli deb e‘lon qilinadi. Neopozitivistlar 
fikriga koʻra, falsafaning hayot mazmuni, cheklilik va cheksizlik, borliqning 
birinchi asoslari, universumning atributivligi kabi azaliy muammolari soxta 
tushunchalar sanalgan atamalar yordamida shakllantiriladi, zero ularga 
berilgan ta‘riflarni tekshirish mumkin emas.
Ayni shu darajada fan falsafasi ham amal qiladi va ilmiy bilish faoliyati 
muammolarini tadqiq etadi. Avvaliga unda ilmiy faoliyatni muayyan 
metodologik tamoyillar va normativ-mantiqiy ideallar bilan muvofiq holatga 
keltirish, aniqroq aytganda fanni fizika tili negizida unifikatsiya qilish 


38 
vazifasi qoʻyilgan edi. U fizikalizmga qarab moʻljal olardi. Keyinchalik 
bilishning ijtimoiy-madaniy omillariga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. 
Bilish jarayoniga normativ yondashuvning imkoniyatlari tor ekanligi 
namoyon boʻlganidan soʻng ilmiy bilish faoliyati me‘yorlarining relyativligi 
gʻoyasi tugʻildi. Fan falsafasiga ijtimoiy-madaniy bilim (sotsiologiya, 
psixologiya, lingvistika, antropologiya va kulturologiya) natijalari va 
metodlari kirib kela boshladi.
Borliq nima?, Bu savolga javob izlar ekan, falsafa borliqni eng avvalo 
inson mavjudligi dunyosi sifatida qayd etuvchi nuqtayi nazarda toʻxtaydi. Bu 
oʻziga xos tushunchalar apparatiga ega boʻlgan ekzistensial falsafa vujudga 
kelganini anglatadi. Ikkinchi jahon urushidan, insoniyat sivilizatsiyasida yuz 
bergan tub oʻzgarishlardan soʻng borliq insoniyat koʻz oʻngida metafizik 
dahshat, qoʻrquv, tashvish, zerikish va hatto behuzurlik tarzida namoyon 
boʻladi. Ekzistensial falsafa ikki yoʻnalishda – ham diniy, ham ateistik falsafa 
sifatida rivojlanadi. Diniy ekzistensial falsafa borliqni e‘tiqod sifatida 
tushunadi, e‘tiqodni va ayni paytda uning inson borligʻi ufqida paydo 
boʻlishini «haqiqiy mavjudlik»ka erishish usuli deb e‘lon qiladi. Ateistik 
ekzistensializmda esa butunlay boshqacha kayfiyat hukm suradi. Ta‘riflarda 
koʻp sonli ziddiyatlar mavjudligi tufayli Xudoning borligi inkor etiladi. 
Mustaqil va anonim tarzda oʻz-oʻzida mavjud boʻlgan borliq ongga ega 
boʻlishi mumkin emas, u insonga nisbatan rahmsizdir, bu esa amalda Xudo 
yoʻqligini anglatadi, degan xulosaga kelinadi.
Borliq hayot fenomeni sifatida, materiya va ruhning ajralishidan oldin 
yuz bergan yaxlit organik jarayon sifatida talqin qilinganda hayot falsafasi 
paydo boʻladi. Bu erda birlamchi hayot voqeligi oʻzini turli xil koʻrinishlarda 
namoyon etadi. Nitshening volyuntarizmida u «hokimiyatga intilish» sifatida 
namoyon boʻladi. Bergson tasavvurida hayot kosmik yuksalish boʻlib, uning 
mohiyati ong va oʻta yuksak ong bilan belgilanadi. Diltey va Zimmel hayotni 
madaniy-tarixiy xususiyatga ega boʻlgan kechinmalar oqimi sifatida 
tavsiflaydi. Biroq taklif qilingan talqinlarning barchasida hayot ijodiy 
shakllanish jarayoni sifatida namoyon boʻladi. 
Harakat, eng avvalo – oqilona unumli harakat sifatida tushunilgan 
borliq AQSHda keng tarqalgan pragmatizm sohasiga olib kiradi. Ushbu 
falsafiy konsepsiyaga koʻra har qanday harakat kelajakka qaratilgandir. 
Amerikalik faylasuf Ch.Pirs (1839–1914)ning: «Narsa gʻoyasi uning hissiy 
oqibatlari gʻoyasidir», degan tezisi pragmatizmning manifesti sifatida 
qaralishi mumkin. Haqiqat u yoki bu gʻoya‘ning samaraliligi va ish 
qobiliyati, uning maqsadga erishish uchun foydaliligi demakdir.
Borliqqa intuitiv tarzda anglab etiladigan sir sifatida yondashuv, 
intuitivizm deb nomlanadi. Intuitsiya intellektga qarama-qarshi turadi va 
predmetning mohiyatiga biron-bir manfaatni koʻzlamasdan, xolisona nazar 


39 
tashlashni, subyekt va obyekt oʻrtasidagi masofani qisqartirishni nazarda 
tutadi. Intuitivizmda bilim kechinma tarzida amal qiladi.
Borliq vaziyatlardan tarkib topsa va ularni talqin qilish usuli birinchi 
darajali ahamiyat kasb etsa, demak, bu erda gap germenevtika haqida boradi. 
Uning doirasida tushunuvchi talqin qilish borliqni gavdalantirishning asosiy 
modusi hisoblanadi. Biror narsani tushunish uchun uni tushuntirish kerak, 
tushuntirish uchun esa – tushunish zarur.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng 
muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno boʻlish – 
koʻrsatilgan boʻlimlarni sinchiklab oʻrganish, bunda ularga yaxlit bir 
butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardida biz 
falsafaning oʻziga xos tili, oʻz yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, 
jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni oʻzida 
aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga 
kelganining guvohi boʻlamiz. Bunda falsafadagi har bir boʻlim yoki yoʻnalish 
ham oʻz tushunchalar apparatiga, ya‘ni bilimning faqat shu sohasiga xos 
boʻlgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga 
egadir.
Falsafada koʻrib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim 
sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular 
bilan uygʻunlashadi va ularni toʻldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va 
uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va oʻzgarishlar haqidagi 
falsafiy ta‘limot – dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Obyektiv sabablarga koʻra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli 
darajada rivojlandi va vaqt oʻtishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. 
Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish 
shakllari, qonunlari va usullarini oʻrganadigan fan - mantiqni; ma‘naviyat va 
axloq haqidagi ta‘limot – etikani; goʻzallik qonunlariga muvofiq ijodning 
mohiyati va shakllari haqidagi fan – estetikani kiritish mumkin.
Shu ma‘noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sa‘zovordir, zero u, 
mohiyat e‘tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. aynii 
vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning 
vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy gʻoyalar evolyusiyasi 
va xususiyatini turli faylasuflar, yoʻnalishlar, oqimlarning ta‘limotlarida 
qanday tavsiflangani nuqtayi nazaridan oʻrganadi. Falsafa tarixi fanida 
falsafiy ta‘limotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni 
tahlil qilishga, daliliy material, biografik ma‘lumotlar yigʻishga alohida 
e‘tibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va 
teranlashtirishga, oʻz falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani 
oʻrganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari 
bilan, albatta, tanishishni nazarda tutadi.


40 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish