Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafaning yangi sohalari
. Falsafiy bilimning tuzilishi oʻzgarmas, 
uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan 
muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham 
oʻzgarishlar yuz beradi. Darhaqiqat, oʻzini oqlamagan gʻoyalar, yoʻnalishlar 
va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda ogʻir ahvolda, 
ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa 
oʻzining birinchi ma‘nosida – «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga 
etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida 
shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud boʻladi. 
Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari - tabiat falsafasi, 
huquq, fan, tarix, siyosat, san‘at, din, texnika falsafasi, tanatologiya, 
gerontologiya va boshqalar ham tasdiqlaydi (ba‘zan ular mustaqil falsafiy 
fanlar maqomiga da‘vogarlik qiladi). Oʻtgan asrning soʻnggi oʻn yilliklarida 
tadqiqotning yana bir yangi va oʻta muhim sohasi – globallashuv va u yuzaga 
keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo boʻldiki, uni oʻrganish ham 
foydadan xoli boʻlmaydi.
Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy gʻoyalar inqirozga uchragan yoki 
oʻzining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi 
oʻrni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa ba‘zan ularning 
nazariy va amaliy ahamiyati yoʻqolishiga olib keladi. Masalan, flogiston 
nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va oʻz 
ahamiyatini yoʻqotib, tarix mulkiga aylangan boshqa koʻpgina gʻoyalar bilan 
shunday boʻlgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga oʻxshash hodisa 
yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa oʻlyapti deb hisoblaydiganlar 
ham yoʻq emas.
Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari. Falsafani 
oʻta siyosiylashtirish ma‘lum ma‘noda zararlidir. Chunki sobiq sovet tuzumi 
davrida ayni falsafiy bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan 
chegaralash oqibatida falsafa siyqalashdi, uning asl mazmuniga putur 
etkazildi. Shuningdek, falsafaning barcha vaqtlarda va har qanday sharoitda 
oʻz ahamiyatini saqlab qolishi mumkin boʻlgan, qolgan barcha masalalarni 
istisno etadigan birdan-bir toʻgʻri asosiy masalasi bormi? Bizningcha, mazkur 
uzil-kesil ta‘rif kontekstida bunday masala mavjud emas. Birinchidan, ayni 
holda tarixiy davrni ham, falsafiy bilimning plyuralistik tabiatini ham hisobga 
olish talab etiladi. Ikkinchidan, qandaydir bitta muammoni faqat u yoki bu 
muayyan vazifani yechish maqsadida murakkab masalalarni sxemalashtirish, 
ataylab soddalashtirish toʻgʻrisida soʻz yuritilayotganini tushungan holda, 
ma‘lum darajada shartlilik bilan mutlaqlashtirish mumkin. Masalan, 
falsafaning «borliq» va «substansiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan asosiy 
kategoriyalari haqida soʻz yuritar va muayyan faylasuflarning ularga boʻlgan 
munosabatini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy 
masalasi»ni uzil-kesil echish tarafdorlari ilgari surgan mantiqqa muvofiq, 


41 
barcha faylasuflarni ma‘lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar 
va dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada 
ayniqsa koʻp muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat 
qilinayotgan yoki falsafa tarixini, u yoki bu falsafiy gʻoyalar, yoʻnalishlar, 
oqimlarning vorisiyligini yaxshiroq tushunish vazifasi qoʻyilayotgan boʻlsa, 
bunday ajratish mutlaqo oʻrinlidir.
Shuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki 
masalaning yangicha talqinini taklif qilishi mumkin boʻlgan boshqacha 
yondashuvlar paydo boʻlishi va mavjudligiga yoʻlni berkitmaslik uchun har 
qanday sxemalashtirish cheklangan xususiyatga ega boʻlishini unutmaslik 
kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtayi nazardan, gʻayritabiiy yoki 
mutlaqo kutilmagan tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardda esa 
avvalgi qarashlar nuqtayi nazaridan erishish mumkin boʻlmagan kashfiyotlar 
olingan hollarga tarixda misollar bisyor. Masalan, geotsentrik qarashlar 
oʻrnini geliotsentrik qarashlar egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo 
boʻlishi, Rim klubiga taqdim etilgan «Oʻsish chegaralari» ma‘ruzasi va 
hokazolar koʻpchilik uchun tabiiy, oʻz-oʻzidan ravshan boʻlib tuyulgan 
narsalarga nisbatan noan‘anaviy, gʻayritabiiy yondashuv mahsulidir. Mazkur 
misollar falsafada «qat‘iy», uzil-kesil ta‘riflarga nisbatan ancha ehtiyotkorlik 
bilan 
yondashish 
lozim, 
zero 
bu 
ba‘zan 
yanglishishlarning 
mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – turgʻunlik va dogmatizmga olib 
keladi, degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan 
berilgan javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. 
Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq 
insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u oʻzini 
qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini 
aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta 
muvaffaq boʻladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan 
ta‘limotning koʻp sonli tarafdorlarini tilga olib oʻtish oʻrinli boʻladi. Ikkinchi 
yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu 
yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini toʻla 
(yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblashdi. Bunday 
qarashlar ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari 
qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli boʻlib, 
faylasuflar orasida munozaralarga sabab boʻlib keladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish