Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


TUSHUNCHALARNI TA’RIFLASH VA BOʻLISH



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

TUSHUNCHALARNI TA’RIFLASH VA BOʻLISH
Ta’riflashning maqsadi, tuzilishi,turlari
Kundalik muloqat tili ba‘zi jihatlariga koʻra noaniq(masalan, xushovoz 
xonanda, yaxshi odam soʻzlari, ular ifoda etuvchi tushunchalari mazmuni 
noaniqligi shundaki, ular Qanday xususiyatlariga koʻra? Nima uchun?, degan 
savollarni tugʻdiradi. ). Ba‘zi mikroorganizmlarning hayvon yoki oʻsimlik 
ekani, ba‘zi kitoblarning qiziqarli yoki qiziqarli emasligini aniqlashning 
murakkabligi barchamizga ma‘lum.
Soʻzlarning noaniqligiga qoʻshimcha yana koʻp ma‘noligi ham qat‘iy 
tarzda toʻgʻri fikrlash yoʻlida xavf tugʻdiradi. Mushohada yuritishda, ayniqsa 
ilmiy bilishda bunday noaniqliklarni bartaraf etish yoki kamaytirishning 
mantiqiy vositalaridan biri tushunchani ta‘riflashdir.
Д
С
В А


381 
Ta’riflash
(yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib 
beradigan mantiqiy amaldir. Ta‘rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan 
tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim boʻlgan 
tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini 
ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq toʻgʻri tafakkur 
shakllari va qonunlarini oʻrganuvchi falsafiy fandir» degan ta‘rifda «Mantiq» 
aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta‘riflash 
bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) 
tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini koʻrsatadi; 2) 
tushunchani ifoda qiluvchi soʻzning (terminning) ma‘nosini ochib beradi; 3) 
termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoridagi vazifalardan qaysi birining 
hal qilinishiga qarab nominal va real ta‘riflar farq qilinadi.
Nominal ta‘riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar 
yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma‘nosi aniqlanadi. Masalan, 
«Mantiq grekcha «logos» soʻzidan olingan boʻlib, tushuncha, fikr, soʻz, 
qonuniyat kabi ma‘nolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal ta‘rif 
bergan boʻlamiz. «Til belgilarini oʻrganuvchi fan semiotikadir», degan ta‘rif 
ham nominal ta‘rifga misoldir.
Real ta‘rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – 
moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», real ta‘rifdir.
Real ta‘rif aniq va noaniq koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Aniq real 
ta‘rif predmetlarning muhim belgilarini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatib beradi. 
Noaniq real ta‘rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali 
ochib beriladi. Masalan, oʻqigan parchamizda notanish terminlar uchrab 
qolganda, uning ma‘nosini lugʻatdan foydalanmasdan, boshqa soʻzlarning 
ma‘nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta‘rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur 
belgisini koʻrsatish orqali ta‘riflash; 2) genetik ta‘rif.
YAqin jinsi va tur belgisini koʻrsatish orqali ta‘riflash real ta‘rifning 
eng koʻp ishlatiladigan turi boʻlib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. 
Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu 
tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda 
aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan 
farqi aniqlanadi, ya‘ni uning tur belgisi koʻrsatiladi. SHu tariqa mazkur 
tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning 
oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, 
deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u 
«soʻz» tushunchasidir. «Metafora soʻzdir» deyish bilan «soʻz» tushunchasi 
mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli 
ekanligini koʻrsata‘miz, ya‘ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil 
etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Koʻchirma ma‘noda ishlatilishi esa, 
metafora sifatida ishlatilayotgan soʻzning tur belgisi, ya‘ni individual belgisi 


382 
hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qoʻshib «Metafora koʻchirma 
ma‘noda ishlatiladigan soʻzdir», degan toʻla ta‘rif hosil qilamiz. SHu tariqa 
eng Qisqa yoʻl bilan, ya‘ni yaqin jinsi va tur belgisini koʻrsatish bilan 
tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish