Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Konstruktiv mantiq –
matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. 
U konstruktiv matematikaga asoslanish hamda intuitiv mantiq qoidalarini 
tanqidiy oʻrganish negizida paydo boʻlgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor 
toʻplam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo boʻldi. 
Konstruktiv mantiq real dunyoda mavjud boʻlmagan, lekin fikrda qurish 
mumkin boʻlgan obyektlarni, ularning oʻzaro mantiqiy bogʻlanishlarini 
tadqiq etadi.
Logitsizm – 
bu oqim ham Kantor toʻplam nazariyasidagi paradokslarni 
hal qilishga intilish asosida vujudga kelgan. Logitsizm noklassik mantiqning 
oʻziga xos tarmogʻi boʻlib, unda mantiq ilmi va matematikaning oʻzaro 
yaqinligiga alohida e‘tibor beriladi. Xususan, ba‘zi oʻrinlarda mantiqni 
matematikadan ustun qoʻyishga intilish, boshqa oʻrinlarda ularni 
tenglashtirish bitta fan deb hisoblash hollari mavjud. Uning tarafdorlari 
matematikani mantiq doirasiga toʻlaligicha kiritish mumkin, buning uchun 
xech qanday qoʻshimcha tushunchalar talab qilinmaydi, deb ta‘kidlaydilar. 
Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. 
Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta 
ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga 
ega. VA, umuman, matematika qadimdan mantiqan izchil fan deb 


370 
hisoblangan. Biroq, hozirda matematikani mantiq ilmi bilangina bogʻlash 
orqali fan sifatidagi maqomini oʻrnatish va tushuntirish mumkin emasligini 
koʻpchilik matematik va mantiqshunoslaryaxshi bilishadi.
Intuitsionistik mantiq 
ham matematikaning rivoji bilan uzviy bogʻliq 
ravishda shakllangan.Asoschisi gollandiyalik matematik va mantiqshunos 
L.Brauer boʻlib, u va uning tarafdorlari fikriga koʻraintuitsiya matematika va 
mantiqning asosida yotadi. Ularning ta‘kidlashicha, toʻplam nazariyasi bilan 
bogʻliq paradokslarning vujudga kelishi nafaqat Cheksiz lik abstraksiyasini 
qabul qilish bilan, balki klassik mantiqning qonunlari hamda muhokama 
yuritish usullariningyangi bilish vazifalarini hal etishdagi zaifligi bilan ham 
bogʻliq. 
Ana shunday yoʻnalishlardan biri 
formal mantiq
boʻlib, u toʻgʻri 
tafakkur shakllari va qonunlarini oʻrganadi.
Unda fikrning konkret 
mazmunidan chetlasxilgan holda e‘tibor fikr strukturasiga (shakliga) 
qaratiladi (―formal‖ soʻzi mazkur yoʻnalishda fikrning shakli, ya‘ni 
formasining tadqiq etilishini bildiradi). SHuningdek, formal mantiqda 
fikrning rivojlanishi maxsus oʻrganilmaydi. Unda bildirilgan fikr 
predmetning muayyan sharoitdagi qat‘iy holatini aks ettiradi deb hisoblanadi. 
Demak, formal mantiq fikrning strukturasi (shakli, tuzilishi) jihatidan toʻgʻri 
qurilishi bilan bogʻliq qonun-qoidalarni tadqiq etadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish