Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

ma’naviy sohasi 
– 
bu ma‘naviy ishlab chiqarish jarayoni 
va natijalarining birligidir. Jamiyatning ma‘naviy hayoti uzviy bir-biriga 
bogʻliq jarayonlar tizimidan iborat. Bu tizimning asosiy elementlarini 
ma‘naviy ehtiyoj, ma‘naviy faoliyat, ma‘naviy oʻzlashtirish va ma‘naviy 
munosabatlardan tashkil topadi. Jamiyatning ma‘naviy hayoti ma‘naviy 
ehtiyojlarni qondirishga yoʻnaltirilgan. Ma‘naviy ehtiyoj deganda, ma‘naviy 
qadriyatlarni yaratish va oʻzlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi. 
Ma‘naviyat insonning shaxsiy manfaatlari va sodda ehtiyojlari 
doirasidan chiqa olishlik, individual maqsad va hayotiy intilishlarini milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar bilan oʻzaro uygʻunlikda anglash qobiliyatidir. 
Ma‘naviyatning har qanday koʻrinishlarida asosiy oʻrinni axloq egallaydi.
Ma‘naviyatga individual va ijtimoiy ong (jamiyat a‘zolarining ongi) 
kiradi. Ijtimoiy ong muayyan ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy ong 
darajalaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ong iqtisodiy, axloqiy, diniy, estetik, 
siyosiy, huquqiy, falsafiy, tarixiy, ekologik shakllarga boʻlinadi. SHu bilan 
birga, ular kundalik, ya‘ni ijtimoiy psixologiya va nazariy, ya‘ni
ideologiya darajasida namoyon boʻladi. Ommaviy ong jamiyat a‘zolarining 
kundalik hayotida roʻy berayotgan voqea va hodisalar ta‘sirida ijtimoiy 
psixologiyasidagi oʻzgarishlarni va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.
(
Ilova 
7.12). 


280 
Oʻz ma‘nosi va hajmiga koʻra ma‘naviyat rasionallik tushunchasiga 
nisbatan kengroqdir. Chunki, ma‘naviyat bilim olish bilan cheklanmasdan, 
bilim olishning ma‘nosi va maqsadlarini, uning qadriyaviy ahamiyatini 
anglab etishni ham aks ettiradi. Shu bilan birga, ma‘naviyat dunyoviy va 
diniy boʻlishi mumkin. Haqiqiy ma‘naviylikda dunyoviylik, ilmiylik va 
diniylik bir-birlariga qarama-qarshi qoʻyilmaydi, aksincha jamiyat ma‘naviy 
hayotining uch xil tomoni sifatida qaraladi. Bashariyat tarixidan ma‘lumki, 
ularning uygʻun holda rivojlanishi sivilizatsiya‘ning gullab-yashnagan 
davrlariga toʻgʻri keladi. Fan va texnika rivojlanib borishi bilan 
ma‘naviyatga, xususan, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining ma‘naviyatga 
(aniqrogʻi ma‘naviyatsizlik) ta‘siri, ommaviy madaniyatning kuchayishining 
salbiy jihatlariga e‘tibor kuchayib boradi.
Zamonaviy jamiyatning toʻlaqonli rivojlanishi nafaqat yuqori texnika 
va texnologiyalar asosiga qurilgan iqtisodiyotga, balki yuksak darajada qaror 
topgan ma‘naviyatga ham bogʻliq. Ma‘naviyatning oʻzagini esa haqiqiy, 
moʻtadil, siyosiylashmagan din, ha‘lol mehnat va ezgu amallarni e‘tirof 
etuvchi iymon- e‘tiqod tashkil etadi. Xususan, IX-XI asrlarda Markaziy 
Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqda diniy va dunyoviy ilmlarning nisbatan uygʻun 
holda rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy hayotning taraq-
qiyotiga olib kelgan. Shuningdek, Sohiibqiron Amir Temur hukmronlik 
davriga kelib, tasavvufning Markaziy Osiyoda keng tarqalgan nAQShbandiya 
tariqat‘ini: "Diling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin!" degan bosh gʻoyasi, 
ilm-fan, madaniyat va barcha bunyodkorlik ishlarining tag zaminini tashkil 
etgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng "Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar" toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi, Toshkent Islom 
universitetini, keyinroq Islom Akademiyasining tashkil etilishi, Toshkentda 
"Islom sivilizatsiyasi markazi"ning ochilishi, mamlakatimizda islom dini, 
ma‘naviyati va ma‘rifati rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan olimu ulamolar 
oʻtgan qadamjolarni qayta tiklanishi va ta‘mirlanishi kabi davlatimiz tomonidan 
amalga oshirilayotgan nihoyatda muhim sa‘y- harakatlar jamiyatimiz ma‘naviy 
hayotiga qaratilayotgan jiddiy e‘tiborning timsolidir. 
Shunday qilib, faqat fan-texnikani rivojlantirishga urgʻu berilishi 
texnokratizmga, quruq foyda va moddiy boyliklarning ketidan quvish xudbinlik 
va molparstlikka, ma‘naviy qashshoqlikka olib kelgani kabi dinni biryoqlama 
tushunish mutaassiblikkning rivojlanishiga sabab boʻladi. Dinsiz odam esa 
oʻzini qonundan tashqa‘rida his etadi. Insoniyat tarixidan turli davrlarda 
jamiyatning bunday biryoqlama rivojlanishining salbiy oqibatlarini aks 
ettiruvchi misollarni koʻplab keltirish mumkin. 
Ma‘naviylikning eng asosiy tomonlaridan yana biri milliy oʻzini-oʻzi 
anglashdir. Milliy oʻzini-oʻzi anglash ijtimoiy ongning alohida koʻrinishi 
boʻlib, unda milliy hayot oʻz aksini topadi. Millatlarning hayotida yuz 
berayotgan oʻzgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki 


281 
oʻtmishdagi ma‘naviyatlarining ham qanday boʻlganligi toʻgʻrisida oʻylashga 
majbur qiladi. 
Milliy oʻzini-oʻzi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi boʻlib, u
insonning faqat oʻzini-oʻzi tushunib, anglab etishi boʻlmasdan, uning oʻz 
oʻziga, imkoniyatlariga, holatlariga boʻlgan munosabatini ham bildiradi. 
Bular toʻliq ma‘noda milliy oʻzini-oʻzi anglashga ham tegishlidir. Demak, 
milliy oʻzini-oʻzi anglash – bu oʻzini-oʻzi baholashi hamdir.
Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, koʻp 
tadqiqotchilar milliy oʻzini-oʻzi anglash bu millatning zaruriy, muhim 
belgilari deb hisoblamoqdalar. 
Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotida nafaqat tabiiy-geografik muhit, balki 
axoli, uning intellektual sa‘lohiyati, moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni ishlab 
chiqarish ham muhim ahamiyatga ega. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish