Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

sivilizatsiya 
koʻproq turli mamalakatlarning moddiy taraqqiyotdagi umumiylikni, 
madaniyat e
sa ma‘naviytaraqqiyot sohasidagi oʻziga xoslikni aks ettiradi. 
Madaniyatning rivojlanishida fan, texnika va texnologiyadagi sifatiy 
oʻzgarishlar muhim ahamiyatga ega. Insoniyat tarixida 
yozuvning paydo 
boʻlishi, kitob nashr etishning
ixtiro qilinishi eng buyuk texnologik 
kashfiyotlardan boʻlib, madaniy qadriyatlarni saqlash, ularni ayriboshlash, bir 
avloddan boshqasiga etkazib berish imkoniyatini yaratgan boʻlsa, 
hozirgi zamon 
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari
(radio, kino, televidenie, axborot kompyuter 
texnologiyalari, internet va hoka‘zolar) tufayli ulardan foydalanish jarayoni
rivojlanib, ommaviy tus oldi. Lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatiga mos 
keladigan umumiy madaniy saviya‘ning keskin oʻsishi hali yuz bermadi. 
Chunki madaniy saviya shaxsning ma‘naviy madaniyatini shakllanishi bilan 
bogʻliq murakkab jarayon boʻlib, u ma‘rifat, ta‘limi, tarbiyaga borib taqaladi. 
Madaniyatning keyingi rivojlanishi esa sivilizatsiya yutuqlaridan gumanistik, 
ya‘ni shaxs va jamiyatning ravnaqi yoʻlida, avvalo tinchlik va barqarorlikni 
ta‘minlash maqsadlarida foydalanishga bogʻliq. 
Jamiyat rivoji – tabiiy-tarixiy jarayondir. Tarix falsafasida jamiyatning 
chiziqli va chiziqsiz, formasion va sivilizasion rivojlanish konsepsiyalari 
mavjud. Masalan, chiziqli rivojlanish gʻoyasiga koʻra, jamiyat ma‘lum vaqtga 
qadar quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga ilgarilanma, progressiv 
rivojlanib boradi. 
Progress
(lot. progressus – ilgarilanma harakat) – 
obyektning tashkillik darajasining oshib borishi bilan bogʻliq orqaga qayt-
maydigan sifatiy oʻzgarishdir. Bunda muayyan sivilizatsiya‘ning paydo 
boʻlishi, rivojlanib takomil bosqichiga etishi va ma‘lum vaqtdan keyin esa 
soʻnib, intihosiga etishi – regress tarzida tushuniladi. 
Regress 
(lot. regressus – 
orqaga yoʻnaltirilgan harakat) –obyektning tashkillik darajasining pasa‘yib 
borishi bilan bogʻliq orqaga qaytmaydigan sifatiy oʻzgarishidir. 
Jamiyatning formasion konsepsiyasi inqilobiy rivojlanish gʻoyasiga 
asoslangan. Lekin tarixda jamiyatning inqilobiy rivojlanish usuli ham nazariy, 
ham amaliy jihatdan oʻzini oqlamagan. Mashhur tarixchi va faylasuf olimlar 
Arnold Toynbi, Nikolay Berdyaev, Vladimir Solovevlar ijtimoiy inqilobni 
jamiyat rivojining tormozi, tadrijiy rivojlanishga nisbatan ancha past, hech 
qanday ijobiy samara bermaydigan, koʻplab yoʻqotishlarga olib keluvchi, 
sivilizatsiya‘ni tanazzulga yuz tutayotganligining koʻrsatkichi sifatida
tavsiflaganlar. 
Bugungi kunda falsafada jamiyat rivojini sinergetik metodologiya 
asosida, oʻzini-oʻzi tashkil etuvchi, tadrijiy rivojlanuvchi murakkab tizim


285 
sifatida tahlil etish ustuvorlik qilmoqda. Bunday yondashuvga koʻra, tashqi 
muhit yoki boshqa ta‘sirlar natijasida tizimning alohida elementlarida yuz 
beradigan"nosozliklar"ning oldini olish uchun uni doimo yangilash, 
modernizatsiyalash 
yuqori 
samara 
beradi. 
Modernizasiya
(fran. 
moderisatio,moderne – yangi, zamonaviy)

jamiyatni zamonaviy talablarga 
muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil oʻzgartirishlarni amalga 
oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodolovchi tushunchadir. 
 
XX asr oʻrtalariga kelib, Gʻarbda insoniyat tarixi rivojlanishini 
sivilizasion yondashuv asosida tushuntirish shakllandi. Unga koʻra, har bir 
jamiyat oʻz tarixiy rivoji dovomida uchta: agrar, industrial va postindustrial 
bosqichlarni bosib oʻtadi. Soʻnggi postindustrial bosqich ayrim mutaxassis 
olimlar tomonidan axborotlashgan sivilizatsiya deb ham yuritiladi. 
Jamiyatning eng takomil bosqichi bunday atalishi bejiz emas. Chunki, XXI 
asrga kelib, ilm-fan, texnika va texnologiyalar tezkor rivojlanib, buning 
natijasida ilmiy axborot har besh yilda ikki baravar koʻpayib, yangilana 
boshladi. Inson mazkur axborotlarni oʻzlashtirmasdan turib oʻz hayot 
faoliyatini samarali tashkil eta olmasligi tufayli jamiyatda sifatli ta‘limi va 
tarbiyaga ehtiyoj oshib, ma‘naviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan yuqori 
malakali mutaxassislar sivilizatsiya ravnaqining belgilovchi omiliga aylandi. 
Shunday qilib, uchinchi ming yillikka kelib, insoniyat yangi, shu bilan 
birga, turfa ma‘noli reallik bilan yuzma-yuz kela boshladi. Bu avvalo, fan, 
texnika, yangi texnologiyalarning jadal rivoji va jamiyatning bir qator 
sohalari taraqqiyoti bilan bogʻliq boʻlsa, boshqa jihati – hal etilishi 
murakkab umumbashariy muammolarga oiddir. Bu muammolarning zaminini 
madaniyatning oʻz axloqiy asoslaridan ajralib qolishi, moddiy boyliklarga 
ortiqcha ruju qoʻyilishi, hayotning ma‘nosini tor utilitar-pragmatik tarzda 
tushunish kabi shaxs ma‘naviyatiga tegishli sabablar tashkil etadi. Shuninng 
uchun ham yangi strategiyalarni tanlash muammosi bilan toʻqnash kelgan 
insoniyat ularning yechimini topish maqsadida Sharq falsafasiga murojaat eta 
boshladi. Negaki, ma‘naviy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxs kamolotiga oid 
masalalar aynan Sharq falsafasi, xususan, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar 
tomonidan mukammal bayon etilgan.
Shunday qilib, jamiyat va tarix falsafasini oʻrganish natijasida 
quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Jamiyat – bu insonlar oʻrtasidagi munosabatlarning yaxlit oʻz–oʻzini 
tashkil etuvchi tizimi. Jamiyatning asosini insonning muayyan maqsadga 
muvofiq ravishda atrof muhitni qayta qurishga yoʻnaltirilgan faoliyati tashkil 
etadi.
2. Jamiyat doimo rivojlanuvchi tizim boʻlib, ijtimoiy hayotini harakatga 
solib turuvchi bosh omil insonning ehtiyojlaridir. 


286 
3. Jamiyatning barcha: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalari
oʻzaro uzviy aloqadorlikda mavjud. Bu aloqadorlik madaniyat va sivilizatsiya 
tushunchalarning oʻzaro bogʻliqligida oʻz ifodasini topadi. 
4. Jamiyat rivojini oʻzini-oʻzi tashkil etuvchi, tadrijiy rivojlanuvchi 
murakkab tizim sifatida tahlil etib, tashqi muhit yoki boshqa ta‘sirlar 
natijasida uning alohida elementlarida yuz beradigan"nosozliklar"ning oldini 
olish maqsadida uni doimo yangilash, modernizatsiyalash zarur. 
5. Bashariyat tarixi betakror madaniyat va sivilizatsiyalar tarixidir. 
Lekin ular uchun umumiy boʻlgan jihat – sivilizatsiya tanazzul har doim 
ma‘naviy tanazzulning boshlanishidir. Demak, ma‘naviyat doimo 
jamiyatning diqqat markazida turuvchi asosiy masalalardan boʻlishi kerak. 
6. XXI asrga kelib, ilm-fan, texnika va texnologiyalar tezkor rivojlanishi, 
inson mazkur axborotlarni oʻzlashtirmasdan turib oʻz hayot faoliyatini 
samarali tashkil eta olmasligi tufayli jamiyatda sifatli ta‘limi va tarbiyaga 
ehtiyoj oshib boradi, ma‘naviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan yuqori 
malakali mutaxassislar sivilizatsiya ravnaqining belgilovchi omiliga aylanadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish