Sinov savollari.
Yarim o’tkazgich deb nimaga aytiladi?
“P-n” o’tish qanday hosil bo’ladi va u qanday XVsusiyatga ega?
Tranzistorning tuzilishi va ishlashini tushuntiring?
To’g’rilagichlar sxemalarini chizib, ularning ishlashini tushuntiring.
15-Mavzu: To’g’rilagichlar va tekislovchi filtrlar
Reja:
Bir yarim davrli to’g’rilagichlar.
Ikki yarim davrli to’g’rilagichlar.
Uch fazali va o’rta nuqtali to’g’rilagichlar.
Tekislovchi filtrlar va ularning turlari.
Tayanch so’z va iboralar.Yarim o’tkazgich, toza yarim o’tkazgich, aralashmali yarim o’tkazgich, elektron o’tkazuvchanlik, kovak o’tkazuvchanlik, “p- n” o’tish, yarim o’tkazgichli diodlar, tranzistor, to’g’rilagich, bir davrli to’g’rilagich, to’liq davrli to’g’rilagich, bir fazali va uch fazali to’g’rilagichlar.
Elektron to’g’rilagichlar o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun ishlatiladi.
Bir yarim davrli to’g’rilagich
15.1, a-rasmda to’g’rilagich sxemasi ko’rsatilgan. O’zgaruvchan kuchlanish
diod VD ga beriladi. Diod bir tomonlama o’tkazgich bo’lgani uchun yuklanish Rю
dan tok faqat musbat yarim davrlarda o’tadi (15.1, b-rasm). SHuning uchun to’g’rilangan tok pulslanuvchi shaklga ega bo’ladi.
To’g’rilagichlar quyidagi parametr bilan tavsiflanadi:
To’g’rilangan quchlanishningdoimiy qismi. Bittayarimdavrli to’g’rilagich uchun:
Bunda:
U2 - diodga berilgan o’zgaruvchan kuchlanishning qiymati;
U0 -
to’g’rilangan kuchlanish.
Teskari kuchlanish - bu diodga manfiy yarim davrda qo’yilgan kuchlanish. Bitta yarim davrli to’g’rilagich uchun:
Bunda:
Uтес - teskari kuchlanishning maksimal qiymati. Demak, diodlarni
tanlashda ularning teskari kuchlanish
3,14 U 0
dan katta bo’lishi shart
Uтес 3,14U0 .Agar kerakli diod topilmasa bir necha diodlarni ketma-ket ulashmumkin.
To’g’rilangan tok qiymati. Bitta yarim davrli to’g’rilagich uchun:
Bunda:
I2m - tokning maksimal qiymati;
I0 - to’g’rilangan tokning qiymati.
15.1-rasm. Bir yarim davrli to’g’rilagich:
а) sxemasi, b) tok va kuchlanishlarining diagrammasi
To’g’rilagichlar hisoblashganda quyidagi shartni bajarish kerak:
I0 Id
Id - diod uchun ruxsat etilgan tok.
Agar tanlangan diod uchun bu shart bajarilmasa bir nechta diodlarni parallel ulashga to’g’ri keladi.
Pulslanish koeffitsienti (to’g’rilagichning eng muhim parametri):
Bunda:
0
U1M - to’g’rilangan kuchlanishning birinchi garmonikasi maksimal
qiymati. Bitta yarim davrli to’g’rilagichning pulslanish koeffitsienti juda katta:
Kn 1,57 . Bu to’g’rilagich uchun eng yirik kamchilik hisoblanadi.
Ikki yarim davrli to’g’rilagichlar. Ko’prikli ikki yarim davrli to’g’rilagich
Ikki yarim davrli to’g’rilagichlarning ko’prik sxemasi keng tarqalgan (XVIII. 2-rasm). Sxema transformator va to’rtta dioddan iborat. Ko’prikning bitta-
15.2-rasm. Ikki yarim davrli to’g’rilagichlar: а) sxemasi, b) tok va kuchlanishlarining diagrammasi
diagonaliga transformatorning ikkilamchi chulg’ami, ikkinchi diagonaliga esa
yuklanish
Rю ulangan.
O’zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida diodlar (VD1 va VD2)
ochiq bo’lib, tok quyidagi zanjir bo’yicha o’tadi: diod VD1 yuklanish
Rю , diod VD3,
tarnsformatorning ikkilamchi chulg’ami. O’zgaruvchan tokning manfiy yarim davrida diodlar VD2 va VD4 ochiq bo’lib, tok quyidagi zanjir bo’yicha o’tadi: diod
VD2, yuklanish
Rю , diod VD4, transformatorning ikkilamchi chulg’ami. SHunday
qilib, yuklanishdan o’tayotgan tokning yo’nalishi o’zgarmaydi. To’g’rilagichning tok va kuchlanish grafiklari 15. 2, b-rasmda ko’rsatilgan.
To’g’rilagich parametrlari:
to’g’rilangan kuchlanish:
U 0
U2 - ko’prikka berilgan o’zgaruvchan kuchlanish qiymati.
to’g’rilangan tok qiymati:
0,9 U 2
(15.5)
teskari kuchlanishi:
pulslanish koeffitsienta:
I0 0,636 I 2М
Uтес
1,57 U0
(15.6)
(15.7)
15.3-rasm. O’rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to’g’rilagich
15.3-rasmda o’rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to’g’rilagich ko’rsatilgan. Transformatorning ikkilamchi chulg’amidan o’rta nuqta chiqarilgan. VD1 va VD2 diodlar transformatorning ikkilamchi chul-g’amlarining uchlariga ulanadi. YUklama transformatorning ikki-lamchi chulg’amining o’rta va diodlarning umumiy nuqtalari orasiga ulangan. O’zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida diod VD1 ochiladi va tok quyidagi zanjir bo’yicha utadi: diod VD2 yuklanish
Rю tansformatorining 0 nuqtasidan a nuqtasigacha. O’zgaruvchan tokning manfiy
yarim davrida diod VD2 ochiladi va tok quyidagi zanjir bo’yicha o’tadi: diod VD2,
yuklanish
Rю - transformatorning 0 nuqtasidan V nuqtaga. SHunday qilib,
yuklanishdan o’tayotgan tokning yo’nalishi o’zgarmaydi. Bu to’g’rilagichning tok va kuchlanish grafiklari ko’prikli to’g’rilagichning grafiklariga o’xshaydi. To’g’rilagichning diodlarga qo’yilgan teskari kuchlanishi ko’prikli to’g’rilagichga nisbatan ikki marta katta, ya’ni:
U тес
3,14 U0
Qolgan parametrlar ko’prikli to’g’rilagichning parametrlari bilan bir xil bo’ladi.
O’rta nuqta bilan ikki yarim davrli to’g’rilagichning yutug’i, unda to’rtta diod o’rniga ikkita diod ishlatilishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |