Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi.
Garchi so’nggi vaqtda pedagogik tajribada yassi va hajmiy elementladan tuzilgan ko’pgina ko’rsatma qo’llanmalar (dinamik plakatlar, hajmiy sxemalar, elektrlashtirilgan sxemalar va shu kabilar) paydo bo’lgan bo’lsada, tasviriy ko’rsatma qo’llanmalrni yassi hamda hajmiy qo’llanmlarga bo’lish mumkin (6.1- rasm).
6.1-rasm. O’quv jarayonida foydalaniladigan ta’lim vositalarining turlari Yassi tasviriy ko’rsatma qo’llanmalar jumlasiga o’quv plakatlari (bular
mashina, mexanizm, ish usullariniig rasmiy tasvirlarini, sxema, jadval, raqamli va
teksli, grafik ko’rinishidagi hamda aralash matriallarni o’z ichiga oladi); fotografiya va fotoplakatlar; kitob, jurnal hamda albomlardagi rasmlar; o’qituvchi sinf doskasiga chizadigan tasvirlar kiradi.
Hajmiy tasviriy ko’rsatma qo’llanmalar jumlasiga model va maketlar kiradi. Model ishlaydigan ko’rsatmali qo’llanma bo’lib, tasvirlangan mashina yoki qurilma qismlari hamda mexanizmlarinint kinematikasini va o’zaro ishlashini
ko’rsatadi.
Model tasvirlangan originalning tashqi ko’rinishini aks ettirishi shart emas, unda o’zaro ishlaydigan asosiy detallari ajratib ko’rsatiladi. Maket, aksincha, tasvirlanadigan originalning tashqi (ichki) ko’rinishini iloji boricha aniq aks ettiradi. Maketlar, ko’pincha, ishlamaydigan ko’rsatmali qo’llanma bo’lib, ishlov berish oson bo’lgan va arzon materiallar: pape-mashe (elim, gips hamda bor aralashtirilgan qog’oz massa), gil, gips, yog’och penoplast va shu kabilardan tayyorlanadi. Maketlar originalning ichki tuzilishini ko’rsatish uchun, ko’pincha, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Ular, odatda, originalga nisbatan kichik yoki katta qilib yasaladi.
Mulyaj (fransuzcha mouler so‘zidan - qoliplamoq, quymoq) — birorbir ob’ektdan gips, mum, papemasheda olingan nusxa; odatda bo‘yalgan, asosan, ko‘rgazmali qurol vazifasida xizmat qiladi. Mulyaj naturadan olingan qolipda quyiladi yoki o‘lchovlar asosida qo‘lda tayyorlanadi.
Mulyajlar maketlarning bir turi hisoblanadi. Maxsus va umumkasbiy fanlarning o’qituvchilari harakatlanuvchi ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia)dan keng foydalanadilar. Bu qo’llanmalarda yassi tasvirlar bilan birga harakatchan elementlar ham bo’lganligi tufayli ba’zi jarayonlar dinamikasini ko’satishga imkon beradi.
Ammo o’qituvchilarga, ko’pincha, ko’rsatmali qo’llanmalar loyixalash, tayyorlash yoki bunday qo’llanmalar yaratishga rahbarlik qilishga to’g’ri keladi. Bunda quyidagn talablarga rioya qilish talab etiladi:
ko’rsatma qo’llanma barcha talabalar yaxshi ko’ra oladigan darajada katta bo’lishi kerak;
qo’llanmadagi yozuvlar o’quv xonasining istagan joyidan bemolol ko’rsa bo’ladigan darajada yirik, qora harflar bilan yozilishi lozim;
muhim detal va joylar bo’lishi zarur haddan tashqari yorqin va kontrast bo’yoq tanlash yaramaydi; fon bilan tasvirlar ranglarining eng yaxshi nisbatlari quyidagilar: oq-ko’k, qora-sariq, yashil-oq, qora-oq plakatlardagi tasvirlar imkoni boricha ob’ektning rangiga bo’yalishi kerak; tasviriy vositalar kompleksi, qo’llanmaning mazmunini ochib berish uchun tanlangan bo’yoqlar, qo’llanmaning bajarilishi ta’lim oluvchilarda estetik did hosil qilishi va bu didni rivojlantirishi lozim;
ko’rsatma qo’llanmada tekst haddan tashqari ko’p bo’lmasligi kerak;
plakatlarda tasvirlar soni, haddan tashqari ko’p bo’lmasligi zarur;
plakatlarda tasvirlanadigan ob’ektlar tabiiy vaziyatda ko’rsatilishi lozim;
ko’rsatmali qo’llanma masshtabga rioya qilgan holda bajarilishi kerak; bu narsa, ayiqsa, muhim detallarning proportsiyalariga taalluqlidir;
qo’llanmaning va uni ishlatish uchun xizmat qiladigan moslamalarniig konstruktsiyasi qo’llanmaning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlashi zarur (doka, mato yoki kartonga - elimlab yopishtirilishi, lok bilan qoplanishi, plakatlar bir-biriga lenta tarzida elimlab yopishtirilishi darkor va hokazo).
Talabalarga yangi materialni bayon etishda ko’rsatma qo’llanmalardan to’gri va o’z vaqtida foydalanish katta ahamiyatga ega. Pedagogika fani va ilg’or tajriba darsda ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilishga oid metodik talablar ishlab chiqdi, bu talablarga rioya qilish ularning didaktik qimmatini oshiradi.
Avvalo, hamma vaqt shuni esda tutish zarurki, ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish — maqsad bo’lmay, balki vositadir. Qo’llanmani ko’rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak.
O’rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan hollardagina ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. darsda namoyish qilinadigan qo’llanmalar soni talabalar o’quv materialini sifatli o’zlashtirishi uchun optimal bo’lishi lozim; darsda qo’llanmalardan haddan tashkari ko’p foydalanish yaramaydi.
Namoyish qilinayotganlarni idrok etish jarayonida talabalar sezgi organlarining (analizatorlarining) ko’rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa ta’m bilish va hid bilish organlarining ko’pini jalb etish kerak.
O’qituvchi so’zi bilan ko’rsatmalilikning to’g’ri qo’shib olib borilishi katta ahamiyatga ega. Ko’rsatma qo’llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal sistemadir, ammo ikkinchi signal sistemaning signallariga tartibga soluvchi ta’sir etadi. Har qanday ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinganda hamma vaqt izoh berib turiladi. Ana shu izoh ta’lim oluvchining e’tiborini qo’llanmadagi aosiy va muhim tomonlarga qaratishga, kuzatilayotgan model, ob’ekt yoki hodisalardan ularning mohiyatini tashkil etuvchilarni ajrtib olishga yordam beradi. Qo’llanmani namoyish qilishdan oldin nimani va qanday maqsadda ko’rishlari to’g’risida ta’lim oluvchilarga aytib o’tish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |