O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim



Download 1,11 Mb.
bet77/139
Sana06.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#433723
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139
Bog'liq
GF4nZhkCOAqWyKdoTbQ1Jk6hOl9PY18iIKcSATyj-converted

Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (“inter” - bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular fakat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orkali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:

  • talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

  • talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlshdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir matssadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirshgan va kafolatlangan natija berishiga tsaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda talaba larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq.
SHu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va shiroitni, eng asosiysi, talabalarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. SHundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish jarayonida “Juftlikda ishlash”, “Kontseptual xarita”, “Hamkorlikda ishlash”, “FSMU”, “Blits-so’rov”, “Zig-zag”, “Davra suhbati”, “Nilufar guli”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “Pinbord”, “Bumerang”, “Debatlar”, “Insert”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kubik”, “Tushunchalar tahlili”, “T-sxema”, “Venn diagrammasi”, “BBB strategiyasi”, “Ikki qismli kundalik”, “Esse”, “Taqriz”, “Keys-stadi”, “Baliq skleti”, “Assesment”,”Zinama-zina”, “Rolli o’yinlar” va shu kabi yuzlab
har xil innovatsion ta’lim texnolgiyalari ishlab turibdi va pedagoglar o’z dars mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra ulardan samarali foydalanmoqdalar.



      1. Download 1,11 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish