O’qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash.
O’qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturi o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.
O’quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo’ljallangan o’quv faoliyat davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2017-2018 o’quv yili.
O’quv fanlari bloki - ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi.
O’quv rejasi - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mautaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |