Metodist (uslubchi) — biror o’quv fanini o’qitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasi sohasidagi mutaxassis.
Metodologik — metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish. Metodologiya — bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot.
Motiv – odamni o’qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig’indisi.
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarning alohida jihatlari, belgilari xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil qilish.
Oliy ma’lumot darajasi - shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan ta’lim dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda, o’zlashtirishi natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |