Malakaviy amaliyot — o’quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko’nikma va malaka hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan bir qismi.
Malaka oshirish — mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish jarayoni.
Malaka talablari — uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo’yiladigan talablar.
Marketing — bozor xolatini chuqur o’rganish, oldindan baholarni bilgan holda tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar tashkil qilish, g’oyalar yaratish va ularning sotuvini tashkil qilish orqali yuqori foyda olishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |